6
Standartnidunyobo'yichakengtarqatishmaqsadida 1990 yilda ANSI va Dunyo
Standartlar Tashkiloti (ISO) hamkorlikda C ning ANSI/ISO 9899:1990 standartini
qabul qilishdi. Shu sababli C da yozilgan dasturlar kammiqdordagi o'zgarishlar yoki
umuman o'zgarishlarsiz juda ko'p kompyuter platformalarida ishlaydi.
C++ 1980 yillar boshida Bjarne Stroustrup tomonidan C ga asoslangan tarzda
tuzildi.C++ juda ko'p qo'shimchalarni o'zichiga olgan, lekinenga sosiysi u ob'ektlar
bilan dasturlashga imkon beradi.
Dasturlarni tez va sifatli yozish hozirgi kunda katta ahamiyat kasb etmoqda.
Buni ta'minlash uchun ob'ektli dasturlash g'oyasi ilgari surildi.Huddi 70-chi yillar
boshi dastrukturalida sturlash kabi, programmalarni hayotdagi jismlarni
modellashtiruvchi ob'ektlar orqali tuzishda sturlash sohasida inqilob qildi.
C++ dan tashqari boshqa ko'p ob'ektli dasturlshga yo'naltirilgan tillar paydo
bo'ldi. Shulardan eng ko'zga tashlanadigani Xerox ning Palo Altoda joylashgan
ilmiy-qidiruv markazida (PARC) tuzilgan Smalltalk dasturlash tilidir.Smalltalk da
hamma narsa ob'ektlarga asoslangan. C++ esa gibrid tildir.Unda C ga o'xshab
strukturali dasturlash yoki yangicha, ob'ektlar bilan dasturlash mumkin. Yangicha
deyishimiz ham nisbiydir.Ob'ektli dasturlash falsafasi paydo bo'lganiga ham yigirma
yildan oshayapti.