• CDMA-2000 standarti
  • CDMA-2000 standartining xarakteristikalari
  • Cdma-2000 standarti




    Download 36.61 Kb.
    bet1/3
    Sana31.10.2022
    Hajmi36.61 Kb.
    #28676
      1   2   3
    Bog'liq
    Valiyeva
    Q.Komola fiziologiya, Бумажная Достка Вдохновения Мозговой Штурм Презентация 20240325

    Toshkent Davlat Transport Universiteti

    Kafedra: Radio elektron qurilmalar
    Raqamli Mobil Aloqa Vositalari fanidan
    Mustaqil ish
    Mavzu: CDMA-2000 standartining afzalliklar va kamchiliklari. Ishlash prinsipi.

    Bajardi:


    Tekshirdi:

    Toshkent-2022



    CDMA-2000 standarti

    3GPP-2 loyihasi doirasida amalga oshirilgan tadqiqotlar natijasida CDMA- 2000 oilasi tarkibiga kiradigan standartlar guruhi ishlab chiqildi. O‘z nomidan ma’lum qilganidek, CDMA-2000 standartlarining oilasi (CDMA2000 1X - CDMA2000 EV-DO Rel.0, CDMA-2000 EV-DO Rev.A, CDMA-2000 EV-DO


    Rev.B, - CDMA-2000 3x) kanallarni kod asosida ajratuvchi – CDMA texnologiyasini qo‘llagan holda quriladi. CDMA texnologiyasi o‘zining yuqori spektral samaradorligi tufayli sotali aloqa tizimlarining ikkinchi avlodidan uchinchi avlodiga o‘tish uchun qat’iy echim bo‘ldi. CDMA-2000 standarti cdmaOne (IS-95) tarmoqlarining evolyusion rivojlanishida uchinchi avlodi deb hisoblanadi, va shuni uchun xam bu standartlar tarmoqlari o‘zaro ishlay oladi. CDMA–2000 standartlari IS-95A versiyasining asosiy prinsiplarini saqlagan holda uzluksiz rivojlanmokda va takomillashib bormoqda. O‘zining keyingi evolyusion rivojlanishida CDMA-2000 standartlari LTE standarti tomon xarakatlanmoqda.


    CDMA-2000 standartining xarakteristikalari

    CDMA-2000 tizimlarining tijorat yutug‘ining negizida ularning keng xizmat ko‘rsatish hududi, ovoz uzatishning yuqori sifatliligi (deyarli simli tizimlardagiga teng), tizim moslashuvchanligi va yangi xizmatlarni joriy etishda nisbatan kam xarajatliligi hisoblanadi. Bu tizimlar xalaqitdan yuqori darajada himoyani, shuningdek, aloqa kanalini ruxsatsiz ulanish va eshitishlarga qarshi yuqori chidamliligini ta’minlaydi, bu esa abonentlar va operatorlar uchun juda qo‘l keladi. Shuningdek, abonent uskunalarini radio uzatkichlarining nurlanish quvvati pastligi ham muhim axamiyatga ega. Masalan, GSM-900 tizimlari uchun ushbu ko‘rsatkich 2Vt (impulsda), GSM-1800 tizimlari uchun esa 1Vt bo‘lsa, CDMA- 2000 tizimlarida maksimal nurlanish quvvati bor yo‘g‘i 0,25 vattni tashkil etadi.


    CDMA-2000 1X standarti asosidagi mobil aloqa tizimlarida 1,25MGs kenglikdagi chastotalar polosasidan foydalaniladi va 153kbit/sek. gacha bo‘lgan ma’lumot uzatish tezligi ta’minlanadi. Bu esa tovushli aloqa, qisqa xabarlarni (SMS) uzatish, elektron pochta va Internet tarmog‘ida ishlash, ma’lumot bazalari bilan ishlash, ma’lumotlar va harakatsiz tasvirlarni uzatish kabi xizmatlarni ko‘rsatish imkonini beradi.
    Keyingi, CDMA-2000 EV-DO Rel.0 standartida xuddi shu polosa kengligidan foydalanilsada, ma’lumot uzatish tezligi “pastga” yo‘nalishda 2Mbit/sek va “yuqoriga” yo‘nalishda 153kbit/sek gachani tashkil etdi, va bu standartni 3G talablariga javob beradigan qildi va real vaqt rejimida video uzatish bilan birga ko‘shimcha xizmatlar turkumini taqdim etish imkonini berdi.
    CDMA-2000 ctandartlarining keyingi rivojlanishi EV-DO Rev.A fazasi bo‘ldi va unda tarmoq sig‘imini hamda ma’lumot uzatish tezligini (“pastga” yo‘nalishda 3,1Mbit/sek gacha va “yuqoriga” yo‘nalishda 1,8Mbit/sek gacha) oshirishga erishildi. Bu fazada oldingi - Rel.0 fazasida amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan xizmatlarga qo‘shimcha IP-tarmoqlar bo‘ylab keng-eshittirishli ma’lumotlarni uzatish xizmati kiritildi.
    Navbatdagi EV-DO Rev.V fazaning ishga tushirilishi natijasida ma’lumot uzatish tezligini bir chastota kanalida “pastga” yo‘nalishda 4,9Mbit/sek gacha va “yuqoriga” yo‘nalishda 2,4Mbit/sek gacha etkazishga erishildi. Standartning keyingi rivojlanishi ma’lumotlarni uzatish tezligini oshirish uchun bir nechta chastota kanallarini birlashtirish tomoniga (3x, 6x, 9x, 12x, 15x kabi) qaratilgan. Masalan, 15ta chastotalar kanallarini birlashtirish (maksimal amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan qiymat) natijasida “pastga” yo‘nalishda 73,5Mbit/sek gacha va “yuqoriga” yo‘nalishda esa 27Mbit/sekgacha tezliklarga erishildi. Bunday tarmoqlarda endi vaqtdan ushlanishlarga sezgir bo‘lgan VoIP, Push-to-Talk, videotelefoniya, tovush va multimedia xizmatlarini parallel ravishda ishlatish, multisession tarmoq o‘yinlari va boshqa shu kabi xizmatlardan foydalanish mumkin bo‘ldi.


    Download 36.61 Kb.
      1   2   3




    Download 36.61 Kb.