• CDMA-2000 standartining xarakteristikalari
  • CDMA-2000 standarti radiointerfeys texnologiyasi




    Download 36.61 Kb.
    bet2/3
    Sana31.10.2022
    Hajmi36.61 Kb.
    #28676
    1   2   3
    Bog'liq
    Valiyeva
    Q.Komola fiziologiya
    CDMA-2000 standarti radiointerfeys texnologiyasi

    CDMA-2000 oilasi standartlarining asosida yotadigan CDMA (ingl. Code Division Multiple Access - kanallarni kod bo‘yicha ajratish asosida ko‘p-sonli ulanish) texnologiyasi - ajratilgan butun chastota polosasi bo‘ylab har bir aloqa seansiga alohida raqamli kod (mantiqiy kanal) ajratish hisobiga radiomuhitni taqsimlash asosida quriladi. Texnologiya ancha keng polosalardan (1,25MGs) foydalanadi, va signallarni uzatish o‘sha bitta chastota kanalida amalga oshiriladi. Signal kodlari bir-biridan farq qiladi, va shuni hisobiga ular qabul qilish tomonida bir biridan ajratib olinadi. Bundan shu kelib chiqadiki, CDMA texnologiyasi asosidagi tarmoqlarda BSlarni ishlashi sinxron ravishda bo‘lishi kerak.


    CDMA texnologiyasi bir necha eltuvchi chastotalarda (ingl. Multi Carrier – MC) aloqani tashkil etish imkonini beradi. Bitta eltuvchi chastotadan foydalanilganda (CDMA 1xRTT standartida) texnologiya 1,25MGs polosada mantiqiy kanallar sonini 128tagacha va tezlikni 153kbit/sek gacha oshirishi mumkin. Bunga qo‘shimcha, Qualcomm kompaniyasi tomonidan taklif etilgan, 4dan 8-razryadli fazaviy modulyasiyaga o‘tish uslubi (ingl. High Data Rate - HDR) hisobiga, ma’lumot uzatish tezligini bir yarim barobargacha oshirish mumkin.
    Uchta eltuvchi chastotadan foydalanilganda (CDMA-2000 3X standarti) ma’lumot uzatish tezligi 2Mbit/sekdan oshib ketadi. “Pastga” kanalda ma’lumotlar 1,25MGs kenglikdagi uch kanal bo‘ylab (1,25 x 3 = 3,75MGs) parallel ravishda uzatiladi. “Yuqoriga” kanalda esa uzatish DSSS uslubi asosida yaxlit 3,75MGs polosasida amalga oshiriladi.
    CDMA texnologiyasining muhim o‘ziga xos hususiyati CDMA-2000 standartlari fazalari orasida moslashuvchanlikni ta’minlash hisoblanadi. Bunda operatorlarga yangi chastotalar diapazonlari uchun litsenziyalar (ruxsatnomalar) olish hamda texnik uskunalarga sezilarli o‘zgartirishlar kiritish talab qilinmaydi. Ya’ni, IS-95 standartidan to CDMA-2000 EV-DO Rev.B standartiga qadar mavjud tarmoqlarni ketma-ketlik bilan rivojlantirish imkoniyati mavjud.
    CDMA radiointerfeys texnologiyasi ishlashi bo‘yicha W-CDMA radiotexnologisidan farq qiladi, va shu sabab CDMA-2000 va UMTS yoki FOMA tarmoqlari orasida o‘zaro moslashuv na terminallar darajasida, na infratuzilmalar darajasida (MAP/GSM va ANSI-41) ta’minlanmaydi. Binobarin, har ikkala radiointerfeys texnologiyasiham IP-protokolini qo‘llab-quvvatlaydi, va bu ular uchun birlashtiruvchi platforma bo‘lib ishlashi mumkin.
    3GPP-2 loyihasi doirasida amalga oshirilgan tadqiqotlar natijasida CDMA-2000 oilasi tarkibiga kiradigan standartlar guruhi ishlab chiqildi. O‘z nomidan ma’lum qilganidek, CDMA-2000 standartlarining oilasi (CDMA2000 1X - CDMA2000 EV-DO Rel.0, CDMA-2000 EV-DO Rev.A, CDMA-2000
    EV-DO Rev.B, - CDMA-2000 3x) kanallarni kod asosida ajratuvchi – CDMA texnologiyasini qo‘llagan holda quriladi. CDMA texnologiyasi o‘zining yuqori spektral samaradorligi tufayli sotali aloqa tizimlarining ikkinchi avlodidan uchinchi avlodiga o‘tish uchun qat’iy echim bo‘ldi. CDMA-2000 standarti cdmaOne (IS-95) tarmoqlarining evolyusion rivojlanishida uchinchi avlodi deb hisoblanadi, va shuni uchun xam bu standartlar tarmoqlari o‘zaro ishlay oladi. CDMA–2000 standartlari IS-95A versiyasining asosiy prinsiplarini saqlagan holda uzluksiz rivojlanmoqda va takomillashib bormoqda.
    CDMA-2000 standartining xarakteristikalari

    CDMA-2000 tizimlarining tijorat yutug‘ining negizida ularning keng xizmat ko‘rsatish hududi, ovoz uzatishning yuqori sifatliligi (deyarli simli tizimlardagiga teng), tizim moslashuvchanligi va yangi xizmatlarni joriy etishda nisbatan kam xarajatliligi hisoblanadi. Bu tizimlar xalaqitdan yuqori darajada himoyani, shuningdek, aloqa kanalini ruxsatsiz ulanish va eshitishlarga qarshi yuqori chidamliligini ta’minlaydi, bu esa abonentlar va operatorlar uchun juda qo‘l keladi. Shuningdek, abonent uskunalarini radio uzatkichlarining nurlanish quvvati pastligi ham muhim axamiyatga ega. Masalan, GSM-900 tizimlari uchun ushbu ko‘rsatkich 2Vt (impulsda), GSM-1800 tizimlari uchun esa 1Vt bo‘lsa, CDMA-2000 tizimlarida maksimal nurlanish quvvati bor yo‘g‘i 0,25 vattni tashkil etadi.


    CDMA-2000 1X standarti asosidagi mobil aloqa tizimlarida 1,25MGs kenglikdagi chastotalar polosasidan foydalaniladi va 153kbit/sek. gacha bo‘lgan ma’lumot uzatish tezligi ta’minlanadi. Bu esa tovushli aloqa, qisqa xabarlarni (SMS) uzatish, elektron pochta va Internet tarmog‘ida ishlash, ma’lumot bazalari bilan ishlash, ma’lumotlar va harakatsiz tasvirlarni uzatish kabi xizmatlarni ko‘rsatish imkonini beradi.
    Keyingi, CDMA-2000 EV-DO Rel.0 standartida xuddi shu polosa kengligidan foydalanilsada, ma’lumot uzatish tezligi “pastga” yo‘nalishda 2Mbit/sek va “yuqoriga” yo‘nalishda 153kbit/sek gachani tashkil etdi, va bu standartni 3G talablariga javob beradigan qildi va real vaqt rejimida video uzatish bilan birga ko‘shimcha xizmatlar turkumini taqdim etish imkonini berdi.
    CDMA-2000 ctandartlarining keyingi rivojlanishi EV-DO Rev.A fazasi bo‘ldi va unda tarmoq sig‘imini hamda ma’lumot uzatish tezligini (“pastga”yo‘nalishda 3,1Mbit/sek gacha va “yuqoriga” yo‘nalishda 1,8Mbit/sek gacha) oshirishga erishildi. Bu fazada oldingi - Rel.0 fazasida amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan xizmatlarga qo‘shimcha IP-tarmoqlar bo‘ylab keng-eshittirishli ma’lumotlarni uzatish xizmati kiritildi.
    Navbatdagi EV-DO Rev.V fazaning ishga tushirilishi natijasida ma’lumot uzatish tezligini bir chastota kanalida “pastga” yo‘nalishda 4,9Mbit/sek gacha va “yuqoriga” yo‘nalishda 2,4Mbit/sek gacha etkazishga erishildi. Standartning keyingi rivojlanishi ma’lumotlarni uzatish tezligini oshirish uchun bir nechta chastota kanallarini birlashtirish tomoniga (3x, 6x, 9x, 12x, 15x kabi) qaratilgan. Masalan, 15ta chastotalar kanallarini birlashtirish (maksimal amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan qiymat) natijasida “pastga” yo‘nalishda 73,5Mbit/sek gacha va “yuqoriga” yo‘nalishda esa 27Mbit/sekgacha tezliklarga erishildi.
    Bunday tarmoqlarda endi vaqtdan ushlanishlarga sezgir bo‘lgan VoIP, Push-to-Talk, videotelefoniya, tovush va multimedia xizmatlarini parallel ravishda ishlatish, multisession tarmoq o‘yinlari va boshqa shu kabi xizmatlardan foydalanish mumkin bo‘ldi.


    Xulosa
    Men bu mustaqil ish mashg’ulotini tayyorlash jarayonida CDMA-2000 standartining afzalliklari va kamchiliklari, ularning ishlash prinsipi, tarmog‘i, geografik qamrov hududidan tashqarida “mehmon” mobil aloqa tarmog‘idan foydalangan holda avtomat tarzda qanday «rouming» amalga oshirilishi va ovoz qo‘ng‘iroqlarini qanday qabul qilishi, ma’lumotlarni uzatish va qabul qilish yoki boshqa xizmatlarga qanday ulanishi haqida tushunchaga ega bo‘ldim.
    Shunday qilib, mobil aloqa tarmog‘ida «rouming» abonent qurilmasining mobilligini ta’minlash hamda qo‘shimcha tarzda, uzluksiz mobillikni (“xendover”) ta’minlash imkonini berishini bilib oldim.


    Download 36.61 Kb.
    1   2   3




    Download 36.61 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    CDMA-2000 standarti radiointerfeys texnologiyasi

    Download 36.61 Kb.