CHAQIRUVGA QADAR BOSHLANG‘ICH TAYYORGARLIK FANI
O‘rta ta’limda chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik
fanini o‘rganish bosqichlari
Ta’lim bosqichi
|
Bitiruvchilar
|
Standart darajasi
|
Daraja nomlanishi
|
O‘rta ta’lim
|
Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik faniga chuqurlashtirilmagan o‘rta ta’lim bitiruvchilari
|
A1
|
Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanini o‘rganishning umumiy darajasi
|
Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani chuqurlashtirilgan o‘rta ta’lim bitiruvchilari
|
A1+
|
Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanini o‘rganishning kuchaytirilgan umumiy darajasi
|
Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanining maqsad va vazifalari
O‘rta ta’limda chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanini o‘qitishning asosiy maqsadi:
O‘quvchilarga Vatan himoyasi borasida o‘zining konstitutsiyaviy huquq va burchlarini chuqur anglatish, o‘z yurtini har qanday qurolli tajovuzdan himoya qilishdek sharafli burchini ado etishlariga zamin yaratish, harbiy kasbga bo‘lgan e’tiqod va qiziqishlarini orttirish, shuningdek, favqulodda vaziyatlarda o‘zini va boshqalarni himoya qilish, davlatimizning ma’naviy va moddiy ne’matlarini saqlash yo‘lida oqilona tashabbus ko‘rsata oladigan jamiyatimizning fidoyi va vatanparvar a’zolarini tayyorlashdan iborat.
O‘rta ta’limda chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanini o‘qitishning asosiy vazifalari:
O‘quvchi yoshlarga Qurolli Kuchlarimizda harbiy xizmatni o‘tash davomida o‘ziga ishonib topshirilgan jangovar texnika, qurol-aslahalar va boshqa zaruriy ashyolardan to‘g‘ri foydalanishni qisqa muddatda o‘zlashtirib olishlariga imkon yaratish, shuningdek, yuz berishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri va tartibli harakatlanish, zaruriyat tug‘ilganda o‘ziga hamda yon atrofidagilarga birinchi tibbiy va boshqa zaruriy yordamni ko‘rsata olishni o‘rgatishdan iborat.
Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanidan o‘rta ta’lim bitiruvchilariga qo‘yiladigan malaka talablari
Harbiy qonunchilik va harbiy tartibni bilish kompetensiyasi:
A1
Vatan himoyasi yo‘lida o‘zining konstitutsiyaviy huquq va burchlarini chuqur anglay oladi, burchini sidqidildan ado etadi;
harbiy qasamyod, harbiy intizom, harbiy majburiyat haqida biladi va ularning mohiyatini tushunadi;
O‘zbekiston Respublikasining mudofaa sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarining asosiy talablarini biladi, harbiy jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlik to‘g‘risidagi moddalar haqida tushunchaga ega bo‘ladi;
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari umumharbiy nizomlarining asosiy talablarini biladi va ularga amal qila oladi;
Qurolli Kuchlarning vazifasi, tarkibi, tuzilish tamoyillarini biladi;
harbiy boshqaruv organlari, shuningdek, harbiy ta’lim muassasalari to‘g‘risidagi boshlang‘ich ma’lumotga ega bo‘ladi;
qurolli to‘qnashuvlar huquqiga (xalqaro gumanitar huquqqa) doir asosiy talablarning mohiyatini tushunadi va ularga amal qila oladi.
A1+
Bo‘lajak harbiy shaxs sifatida o‘zining konstitutsiyaviy huquq va burchlarini chuqur anglaydi, o‘z burchini sidqidildan ado etish maqsadida o‘zida harbiy kasbga oid qadriyat va tuyg‘ularni tarbiyalay oladi;
harbiy qasamyod, harbiy intizom, harbiy odob-axloq, harbiy majburiyat haqida biladi va ularning mohiyatini tushunadi;
O‘zbekiston Respublikasining mudofaa sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarining asosiy talablarini o‘zlashtiradi, xizmatni o‘tashga doir va harbiy jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlik to‘g‘risidagi moddalar haqida tushunchaga ega bo‘ladi;
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari umumharbiy nizomlarining asosiy talablarini o‘zlashtiradi va ularga amal qila oladi;
Qurolli Kuchlar qo‘shin turlari va xillarining vazifasi, tarkibi, tuzilishi tamoyillarini o‘zlashtira oladi;
harbiy boshqaruv organlari, shuningdek harbiy ta’lim muassasalari to‘g‘risidagi ma’lumotga ega bo‘ladi;
qurolli to‘qnashuvlar huquqiga (xalqaro gumanitar huquq asoslariga) doir asosiy talablarning mohiyatini tushunadi va ularga ongli ravishda, qat'iy amal qila oladi.
Askarning jangda harakatlanish va jangovar qurol-aslahalardan foydalana olish kompetensiyasi:
A1
zamonaviy jang turlari va ularning tavsifini biladi. Askarning majburiyati, uning jangdagi harakatlanish tartibi va usullarini biladi hamda ularga amal qila oladi;
askarga biriktirilgan shaxsiy qurol va jangovar texnikalardan foydalana biladi hamda ularni asray oladi;
harbiy ishga doir boshlang‘ich bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtira oladi;
axborot kurashlari va lokal qurolli to‘qnashuvlar haqida tushunchaga ega bo‘ladi;
chet el armiyalari o‘qotar qurol va jangovar texnikalari namunalarining vazifasi, tuzilishi haqida tushunchalarga ega bo‘ladi.
A1+
umumqo‘shin jang turlari va ularning tavsifini biladi. Jangda harakatlanish tartibi va usullarini to‘liq o‘zlashtira oladi;
shaxsiy qurol va jangovar texnikalardan foydalana biladi hamda ularni asray oladi;
portlovchi uskunalarni qo‘llash, o‘rnatish, niqoblash va zararsizlantirish tartibini biladi;
axborot kurashlari va lokal qurolli to‘qnashuvlar haqida to‘liq tushunchaga ega bo‘ladi;
chet el armiyalari o‘qotar qurol va jangovar texnikalarining vazifasi, tuzilishi, jangovar imkoniyatlarini biladi;
jang olib borishning zamonaviy vositalari imkoniyatlari haqida bilimga ega bo‘ladi;
muhandislik himoya vositalarini jihozlash va niqoblashni tashkil etish tartibini biladi.
Jismoniy sifatlarini namoyon qila olish kompetensiyasi:
A1
harbiy tayyorgarlikka yo‘naltirilgan umumrivojlantiruvchi mashqlar kompleksini bajara olish malakasini egallay oladi;
to‘siqlarni yengib o‘ta oladi;
qo‘l jangi usullarni bajara oladi;
gimnastik snaryadlarda belgilangan me’yorlarni bajara oladi;
qisqa, o‘rta va uzoq masofalarga yugurish texnikasini egallaydi va unga amal qila oladi.
A1+
harbiy tayyorgarlikka yo‘naltirilgan umumrivojlantiruvchi mashqlar kompleksini bajara olish malakasini to‘liq egallay oladi;
to‘siqlarni yengib o‘tish malakasini egallay oladi;
qo‘l jangi usullarni to‘liq o‘zlashtira oladi;
gimnastik snaryadlarda belgilangan me’yorlarni bajara oladi;
qisqa, o‘rta va uzoq masofalarga yugurish texnikasini mukammal egallaydi va unga to‘liq amal qila oladi.
Favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri va tezkor harakatlanish kompetensiyasi:
A1
O‘zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasi va favqulodda vaziyatlarda harakat qilish Davlat tizimlari haqidagi bilimga ega bo‘ladi.
favqulodda vaziyatlar to‘g‘risida biladi hamda bunday holatlarda to‘g‘ri yo‘l tutadi va oqilona tashabbus ko‘rsata oladi;
ommaviy va oddiy qirg‘in qurollaridan himoyalanish usullari va vositalari haqida biladi;
Favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish qoidalarini o‘zlashtiradi, o‘ziga hamda yon atrofidagilarga birinchi tibbiy va boshqa yordamni ko‘rsata oladi.
A1+
O‘zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasi va favqulodda vaziyatlarda harakat qilish Davlat tizimlari haqidagi to‘liq bilimga ega bo‘ladi;
favqulodda vaziyatlar to‘g‘risida biladi hamda bunday holatlarda to‘g‘ri va tezkor yo‘l tutadi hamda oqilona tashabbus ko‘rsata oladi;
ommaviy va oddiy qirg‘in qurollari jangovar xususiyatlarini hamda ulardan himoyalanish usullari va vositalarini biladi hamda ulardan foydalana oladi;
favqulodda vaziyatlarda o‘ziga hamda yon atrofidagilarga birinchi tibbiy va boshqa zarur yordamni ko‘rsatish bo‘yicha chuqur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladi;
favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri va tartibli harakatlanishni tashkil qila oladi.
Vatanparvarlik va burchga sodiqlik kompetensiyasi:
A1
yurt manfaatlarining doimo ustuvor ekanligini tushunadi;
vatanparvarlik tadbirlarining faol ishtirokchisi bo‘la oladi;
o‘zida harbiy xizmatchiga xos sifatlarni shakllantira oladi;
buyuk ajdodlarimiz merosini, Qurolli Kuchlarimizning jangovar an’analarini qadrlay oladi.
A1+
yurt manfaatlarining doimo ustuvor ekanligini biladi va unga qat’iy amal qila oladi;
vatanparvarlik tadbirlarining faol tashkilotchisi bo‘la oladi;
harbiy xizmatchiga xos sifat va fazilatlarga ega bo‘ladi;
buyuk ajdodlarimiz merosini, Qurolli Kuchlarimizning jangovar an’analarini qadrlaydi va ularga munosib bo‘lishga harakat qila oladi.
Qo‘shimcha izoh: o‘g‘il bolalar alohida guruhda harbiy tayyorgarlik fanini o‘rganish davrida qiz bolalar uchun alohida guruhda (faqat o‘g‘il va faqat qizlardan shakllangan guruhlar) «Tibbiy bilim asoslari», «Hayot va turmush odobi (Oilashunoslik)» bo‘limlari o‘qitiladi.
Unda, «Tibbiy bilim asoslari»:
Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish kompetensiyasi:
A1
birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi va qoidalarini biladi;
turli jarohatlanish, shikastlanish, epidemiologik kasalliklarning oldini olish tushunchalariga ega bo‘ladi;
jarohatlanganda, kuyganda, kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar, epidemiologik kasalliklar tarqalganda va nurlanishdan shikastlanganlarga, favqulodda vaziyatlarda ruhiy zo‘riqish holatlarida birinchi tibbiy yordam ko‘rsata oladi.
Hayot va turmush odobi (Oilashunoslik):
Milliy urf-odatlar, o‘zaro muloqot, oilada ota-ona o‘rni, farzand tarbiyasi va burch tushunchalariga ega bo‘lish kompetensiyasi:
A1
Milliy urf-odatlar, marosim va an’analarning shaxsning kamolotidagi o‘rnini, farzandlik burchi va uni ado etishni, ota-onani hurmat qilish, odob-axloq va reproduktiv salomatlik, hayo, ibo tushunchalariga ega bo‘ladi;
muloqot qoidalari, kun tartibini rejalashtirish, etiket me’yorlari va ko‘rkamlik sirlarini, kiyinish odobi va ozodalik, gigiyena qoidalari, uy-ro‘zg‘or yumushlari, kelinlik odobi hamda farzand tarbiyasini biladi.
O‘RTA VA O‘RTA TA’LIMNING
CHAQIRUVGA QADAR BOSHLANG‘ICH TAYYORGARLIK FANIDAN O‘QUV DASTURI
(10-11-SINF)
UQTIRISH XATI
Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik o‘quv fani O‘zbekiston Respublikasi “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq tashkil etilib, olib boriladi.
Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik o‘quv dasturi chaqiruvgacha va chaqiruv yoshida bo‘lgan yoshlarni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar safida xizmatni o‘tashga yondashib, chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik asoslari bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni beradi.
O‘rta ta’lim muassasalarida chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik o‘quv fanini o‘qitishning asosiy maqsadi – o‘quvchilarga Vatan himoyasida o‘zining konstitutsiyaviy burchlarini anglatish, o‘z yurtini har qanday qurolli tajovuzdan himoya qilishdek sharafli burchini ado etishlariga zamin yaratish, harbiy kasbga bo‘lgan e’tiqod va qiziqishlarini orttirish, shunindek, favqulodda vaziyatlarda o‘zini va boshqalarni himoya qilish, davlatimizning ma’naviy va modiy ne’matlarini saqlash yo‘lida oqilona tashabbus ko‘rsata oladigan jamiyatimizning fidoiy va vatanparvar a’zolarini tayyorlashdan iborat.
Ushbu maqsadlarga erishish va amalga oshirish uchun quyidagi ta’limiy, tarbiyaviy, ruhiy va jismoniy tarbiya vazifalarini amalga oshirish lozim bo‘ladi.
O‘quvchi yoshlarga Qurolli Kuchlarimizda harbiy xizmatni o‘tash davomida o‘ziga biriktirilgan jangovar texnika, qurol-aslahalar va boshqa zaruriy ashyolardan to‘g‘ri va mohirona foydalanishni qisqa muddatda o‘zlashtirib olishlariga imkon yaratish, jang maydonida taktik jihatdan to‘g‘ri harakatlanish, shunindek, yuz berishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri va tartibli harakatlanish, zaruriyat tug‘ilganda o‘ziga hamda yon atrofdagilarga birinchi tibbiy va boshqa zaruriy yordamni ko‘rsata olishni o‘rgatishdan iborat.
O‘quvchi yoshlarga harbiy ish asoslarini berishda ularga harbiy qismlarning jangavor o‘quv faoliyatida bajariladigan mashqlar, harakatlar va amallarni harbiy qismlardagi bo‘linmalarining jangavor o‘quv faoliyatlariga mumkin qadar yaqinlashtirilgan holda o‘rgatish kuzda tutiladi.
O‘rta ta’lim tizimida o‘quvchilarda fanga oid umumiy kompetensiyalar bilan birgalikda tayanch kompetensiyalar shakllantirilishi belgilab berilgan. Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarda tayanch kompetensiyalar shakllantirilib boriladi.
Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani mazmunidan kelib chiqqan holda o‘quvchilarda fanga oid umumiy kompetensiyalar ham shakllantiriladi.
Harbiy qonunchilik va harbiy tartibni bilish kompetensiyasi;
Askarning jangda harakatlanish va jangovar qurol-aslahalardan foydalana olish kompetensiyasi;
Jismoniy sifatlarini namoyon qila olish kompetensiyasi;
Favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri va tezkor harakatlanish kompetensiyasi;
Vatanparvarlik va burchga sodiqlik kompetensiyasi;
Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish kompetensiyasi;
Milliy urf-odatlar, o‘zaro muloqot, oilada ota-ona o‘rni, farzand tarbiyasi va burch tushunchalariga ega bo‘lish kompetensiyasi.
Ushbu fanga oid umumiy kompetensiyalar o‘quv dasturlarining yil oxirida keltirildi.
Me’yoriy hujjatlarni yuritishda tayanch va fanga oid kompetensiyalar quyidagicha yozilishi tavsiya qilinadi:
I. TK – tayanch kompetensiyalar
TK1 – kommunikativ kompetensiya;
TK2 – axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi;
TK3 – o‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi;
TK4 – ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi;
TK5 – milliy va umummadaniy kompetensiya;
TK6 – matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi.
II. FK – fanga oid kompetensiyalar
FK1 – Harbiy qonunchilik va harbiy tartibni bilish kompetensiyasi
FK2 – Askarning jangda harakatlanish va jangovar qurol-aslahalardan foydalana olish kompetensiyasi
FK3 – Jismoniy sifatlarini namoyon qila olish kompetensiyasi
FK4 – Favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri va tezkor harakatlanish kompetensiyasi
FK5 – Vatanparvarlik va burchga sodiqlik kompetensiyasi
Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish kompetensiyasi
Milliy urf-odatlar, o‘zaro muloqot, oilada ota-ona o‘rni, farzand tarbiyasi va burch tushunchalariga ega bo‘lish kompetensiyasi
Tayanch kompetensiya elementlari:
Kommunikativ kompetensiya:
ijtimoiy vaziyatlarda, eng avvalo, ona tilida hamda birorta xorijiy tilda o‘zaro samarali muloqotga kirisha olish, muloqotda muomala madaniyatiga amal qilish, ijtimoiy moslashuvchanlik, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
mediamanbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olish, saralash, qayta ishlash, saqlash, ulardan samarali foydalana olish, ularning xavfsizligini ta’minlash ko‘nikmalarini egallash hamda mediamadaniyatga ega bo‘lish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy va intellektual rivojlantirish, kamolotga intilish, hayot davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, bilim va tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini adekvat baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarni egallash.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilishi, ularga rioya qilishi, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
Vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lishni, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy me’yorlarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:
aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy rejalarni tuza olish, kundalik faoliyatda turli formula, model, chizma va diagrammalarni o‘qiy olish, inson mehnatini yengillashtiradigan, mehnat unumdorligini oshiradigan, qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan foydalana olish.
10-sinf
T/r
|
Dastur bo‘limlari
|
soatlar
|
1.
|
Kirish
|
1
|
2.
|
Harbiy xizmat asoslari
|
24
|
3.
|
Harbiy ish asoslari
|
18
|
4.
|
Otish tayyorgarligi
|
9
|
5.
|
Amaliy harbiy jismoniy tayyorgarlik
|
8
|
6.
|
Nazorat darsi
|
8
|
Jami
|
68
|
Kirish
1-mavzu. “Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik” fanining maqsadi va vazifalari, bugungi kundagi ahamiyati.
O‘zbekiston Respublikasida boshlang‘ich harbiy tayyorgarlikning fanining tarixiy zaruriyati hamda uning bugungi kundagi ahamiyati. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Vatan himoyasi to‘g‘risida. (nazariy, 1 soat)
Harbiy xizmat huquqiy asoslari
26 soat
2-mavzu. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa va harbiy xizmat to’g’risidagi qonunlar asosi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Vatan himoyasi to‘g‘risida. O‘zbekiston Respublikasining “Mudofaa to‘g‘risida”gi Qonuni, Mudofaa tushunchasi. (nazariy. 1 soat)
3-4-mavzu. Harbiy xizmatning huquqiy asoslari.
O‘zbekiston Respublikasining “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi Qonuni. Umumiy harbiy majburiyat tushunchasi va uning mohiyati. Harbiy xizmat turlari. Harbiy xizmatga chaqirilish muddatini kechiktirish. Harbiy xizmatga chaqirilishdan ozod etish. Fuqarolarni chaqiruv uchastkalarida qayd etish. Fuqarolarning harbiy ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha majburiyatlari. (nazariy. 2 soat)
5-6-mavzu. Harbiy xizmatni o‘tash. Rezervdagi xizmat.
Harbiy xizmatni o‘tash. Zahiradagi xizmat. Muddatli harbiy xizmatchilarga beriladigan intiyozlar. (nazariy. 2 soat)
7-8-mavzu. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari – davlatning harbiy tashkiloti, O‘zbekiston Respublikasi mudofaasining asosi.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining tashkil etilishi. Qurolli Kuchlarga rahbarlik. Harbiy okruglar. Qurolli Kuchlarning harbiy-stretegik vazifalari, tarkibi va qurilish tamoyillari. Harbiy boshqaruvning asosiy organlari. (nazariy. 2 soat)
Harbiy xizmatchilar va ular orasidagi munosabatlar. Harbiy intizom
9-10-mavzu. Harbiy xizmatchilarning umumiy majburiyatlari. Harbiy unvonlar va farqlovchi belgilar. Boshliqlar va bo‘ysinuvchilar. Kattalar va kichiklar, to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bevosita boshliqlarning huquqlari va majburiyatlari. (nazariy. 2 soat)
11-mavzu. Harbiy qadriyat qoidasi va harbiy xizmatchilarning xushmuomalaligi. Buyruq berish va uni bajarish tartibi. Komandirlar va boshqa to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshliqlarga murojaat etish qoidalari. Harbiycha salom berish. (nazariy. 1 soat)
12-mavzu. Harbiy intizomning mohiyati. Harbiy xizmatchilarning unga rioya etish bo‘yicha majburiyatlari. Vaqtning taqsimlanishi va kundalik tartibi. (nazariy. 1 soat)
13-mavzu. Askar va matroslarga qo‘llaniladigan rag‘batlantirishlar. Harbiy xizmatchilarga qo‘llaniladigan intizomiy ta’zirlar. (nazariy. 1 soat)
O‘zbekiston Respublika Qurolli Kuchlarining Ichki xizmat Nizomi.
14-mavzu. Kundalik naryad, vzvod boyicha posbonning vazifalari. Vzvod boyicha posbonning majburiyatlari. (nazariy. 1 soat)
15-mavzu. Navbatchilikdagi posbon o‘z vazifalarini bajaradigan joy va uning jihozlanishi. Trevoga e’lon qilinganda, yong‘in paytida, to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshliqlar, boshqa vzvoddagi harbiy xizmatchilar kelganda, vzvod komandirini chaqirishda posbonning xatti-harakatlari. (nazariy. 1 soat)
O‘zbekiston Respublika Qurolli Kuchlarining Garnizon va qorovullik xizmatlari Nizomi.
16-17-mavzu. Qorovullik xizmati va uning tashkil etilishi. Qorovul va uning tarkibi. (nazariy. 2 soat)
18-19-mavzu. Qorovullarni tayyorlash. Soqchi va uning majburiyatlari. (nazariy. 2 soat)
20-21-mavzu. Post va uning jihozlanishi. Soqchining postdagi harakatlari. Soqchi qo‘lidagi qurol bilan harakatlanishi va qurolni qo‘llash usullari. (nazariy. 2 soat)
22-23mavzu. Soqchilarni almashtirish. Qorovulxonadagi ichki tartib-intizom. (nazariy. 2 soat)
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Saf Nizomi.
Yakka tartibta saf tayorgarligi.
24-25-mavzu. Saf Nizomining asosiy qoidalari. Askarning saf oldi va safdagi majburiyatlari. Saf va uning elementlari. (nazariy. 2 soat)
26-27-mavzu. Dastlabki bajariluvchi komandalar. Safta turganda salomga javob berish. Safta turish. Joyida turib burilish. Saf qadami bilan harakatlanish. (amaliy. 2 soat)
Harbiy ish asoslari
18 soat
Umumqo‘shin jangi asoslari.
28-mavzu. Jang haqida tushuncha. Zamonaviy umumqoshin jangi tavsifi, uning maqsadi. Umumqo‘shin jangining asosiy turlari. (nazariy. 1 soat)
29-mavzu. Askarning jangdagi majburiyatlari. Askarning shaxsiy quroli va anjomlari (ekipirovkasi). Moto‘qchi seksiyasining tashkiliy tarkibi, hal etiladigan jangovar vazifalari, uning qurol-aslahasi va imkoniyatlari. (nazariy. 1 soat)
30-31-mavzu. Ozbekiston Respublikasi qoshinlarining qurol-aslaha va harbiy texnikalari. (Zirhli mashinalar, tanklar, vertalyotlar, samalyotlar va artileriya vositalari). (nazariy. 2 soat)
32-mavzu. Chet el armiyalarning tanklari va uning zaif joylari, vertalyotlari. (nazariy. 1 soat)
33-34-mavzu. O‘q uzish – jangda dushmanni yoq qilishning asosiy vositasi. O‘t ochish turlari. Jang manyovri haqida tushuncha. Manyovr turlari. Guruhlarning jangovar harakatlarini ta’minlash. Artileriya olov turlari. (nazariy. 2 soat)
Askarning va bo‘linmalarning jangdagi harakatlari.
35-36-mavzu. Mudofaada olovlo pozitsiya haqida tushuncha. Uni tanlashning tartibi, holatini egallash, jihozlanishi. Mudofaaga mahalliy predmetlarni moslashtirish, o‘q otish sektorini tozalash va okopni niqoblash. (amaliy. 1 soat)
37-38-mavzu. Pozitsiyaga yorib kirgan dushmanni yo‘q qilish. Tankka qarshi granatalarni uloqtirish usullari. Askarning tungi hujumdagi harakati va suv to‘siqlaridan o‘tishi. (amaliy. 2 soat)
Razvedka.
39-40-mavzu. Kuzatish uchun joy tanlash. Ko‘rinish cheklangan sharoitda joy va joydagi predmetlarni organish. (nazariy, amaliy. 2 soat)
41-mavzu. Joyda predmetlar va nishonlargacha bo‘lgan masofani aniqlash. Uzoqlikni o‘lchash. (nazariy, amaliy. 2 soat)
Muhandislik jihozlash va ularni ko‘zdan yashirish.
42-43-mavzu. Muhandislik jihozlash va ularni ko‘zdan yashirish. Okoplar va kovaklar. (nazariy, amaliy. 2 soat)
Qurolli kuchlarda qo‘llaniladigan minalar.
Tankka qarshi minalar. Piyodalarga qarshi minalar. (nazariy, amaliy. 1 soat)
Joyda xaritasiz oriyentirlanish.
44-45-mavzu. Ufq tomonlarini aniqlash. Turgan joy haqida axborot. (amaliy. 2 soat)
Otish tayyorgarligi
10 soat
O‘qotar qurollarning vazifasi, tuzilishi, ishlash tamoyili va jangovar xususiyatlari. Qo‘l granatalari.
46-mavzu. Qurol-yarog‘ va o‘q-dorilar bilan ishlaganda xavfsizlik choralari. Kalashnikov avtomati ishlash tamoyili va jangovar xususiyatlari. (nazariy. 1 soat)
47-mavzu. Kalashnikov avtomatining asosiy qism va mexanizmlari hamda ularning vazifasi.
48-mavzu. Kalashnikov avtomatini noto‘liq qismlarga ajratish va qayta yig‘ish tartibi. (amaliy. 1 soat)
49-mavzu. Qo‘l granatalarining vazifasi, jangovar xususiyatlari, umumiy tuzilishi va ishlash tamoyili. Granatalarni uloqtirishga tayyorlash. Qo‘l granatalarini qo‘llayotganda xavfsizlik choralari. (nazariy. 1 soat)
50-mavzu. Dragunov merganlik miltig‘i hamda tankka qarshi qo‘l granatamyotining tuzilishi, ishlash tamoyili va jangovar xususiyatlari. Kichik kalibrli miltiqning vazifasi, tuzilishi va jangovar xususiyatlari. (nazariy. 1 soat)
Quroldan otishning asoslari va qoidalari.
51-mavzu. Otish hodisasi va uning davrlari. O‘qning boshlang‘ich tezligi va uning otish jarayoniga ta’siri. Qurolning silkinishi. (nazariy. 1 soat)
52-mavzu. O‘q trayektoriyasi (harakatlanish yo‘li)ning hosil bo‘lishi. O‘qning teshib o‘tish va shikastlash ta’siri. Тo‘g‘ri o‘q otish va uning ahamiyati. Yashirin joy, o‘q tegadigan (shikastlantiradigan) maydon va o‘q tegmaydigan maydon. (nazariy. 1 soat)
53-mavzu. Mo‘ljalga olish usullari. Mo‘ljalni tanlash va mo‘ljallangan nuqtaga, qo‘zg‘almas nishonga o‘t ochish. (amaliy. 1 soat)
54-mavzu. Nishongacha bo‘lgan masofani aniqlash usullari. Nishonning burchak kattaligi yordamida nishongacha bo‘lgan masofani aniqlash. Minglik formulasi va uni amalda qo‘llash. (nazariy. 1 soat)
Аmaliy harbiy jismoniy tayyorgarlik
8 soat
55-mavzu. Harbiy xizmatga chaqiriluvchilarning yuqori darajadagi jismoniy tayyorgarligi zaruriy sharti. (nazariy. 1 soat)
Umumjismoniy tayyorgarlik.
56-mavzu. Umumjismoniy mashqlarni bajarish. Turnikda bajariladigan mashqlar: tortilish; turnikda ko‘tarilib aylanish; kuch bilan chiqish. Brusda bajariladigan mashqlar: chayqalgan holda qo‘lni bukish va to‘g‘rilash. Oyoq va qo‘llar yordamida hamda faqat qo‘llar yordamida arqonga chiqish. (nazariy. 1 soat)
57-mavzu. Kuch mashqlarini bajarish. Arqonga tirmashib chiqish usullarini bajarish. (nazariy. 1 soat)
To‘siqlardan o‘tish.
56-mavzu. Yagona to‘siqlar maydoni bilan tanishish. Alohida to‘siqlar va to‘siqlar guruhidan o‘tish. Yagona to‘siqlar qatoridan o‘tish. (amaliy. 1 soat)
57-mavzu. Turli holatlarda granata uloqtirish texnikasini o‘rganish. Yotgan holda granatani uloqtirish. (nazariy. 1 soat)
Qo‘l jangi.
58-mavzu. Qo‘l bilan beriladigan zarbalar. Dushman siquvidan ozod bo‘lish. Bo‘yinni orqa tomonda tutib olgan dushman siquvidan xalos bo‘lish. (nazariy. 1 soat)
59-mavzu. Тanani orqadan tutib olgan dushman siquvidan xalos bo‘lish. Тanani old tomondan tutib olgan dushman siquvidan xalos bo‘lish. Raqibni yelka uzra yerga uloqtirish. (nazariy. 1 soat)
60-mavzu. Oyoqlarni old tomondan tutib olgan dushman siquvidan xalos bo‘lish. Oyoqlarni orqa tomondan tutib olgan dushman siquvidan xalos bo‘lish. Oyoqlarni orqa tomondan chalish. (nazariy. 1 soat)
O‘rta ta'limda chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani bo‘yicha o‘quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan o‘quv dasturi loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha ijodiy guruh tarkibi
T/r
|
F.I.Sh
|
Ish joyi va lavozimi
|
1
|
Ubaydullayev Shuhrat
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti apparati xodimi
|
2
|
G‘afurov Bahodir
|
Zahiradagi podpolkovnik
|
3
|
Ubaydullayev Dilmurod
|
Zahiradagi podpolkovnik
|
4
|
Ortiqov Odiljon
|
Zahiradagi kapitan
|
5
|
Ziyayeva Mavluda
|
Toshkent shahar Chilonzor tibbiyot kolleji direktori
|
6
|
Qulto‘rayev Odil
|
Jahon iqtisodyoti va diplomatiya universiteti qoshidagi Shayxontohur akademik litseyi ChQBT o‘qituvchisi
|
Ekspertlari
|
1
|
Sotboldiyev Abduhoshim
|
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti harbiy kafedrasi dotsenti
|
2
|
Rahmonov Temur
|
Toshkent radiotexnika va avtomatika kolleji chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik rahbari
|
3
|
Odilov Mansur
|
Toshkent 1-Tibbiyot kolleji chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik rahbari
|
|