Chet (ingliz, nemis, fransuz) tillar fanlaridan o‘quv dasturi




Download 35.18 Kb.
bet2/21
Sana25.01.2021
Hajmi35.18 Kb.
#13074
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
M U Q A D D I M A

O‘zbekiston Respublikasida demokratik prinsiplar ustuvor bo‘lgan yangi jamiyat qurish, bozor munosabatlariga asoslangan kuchli iqtisodiyotga ega davlat barpo yetishga yo‘naltirilgan bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida ta’lim va tarbiya sohasiga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Hayotga chuqur tatbiq etilayotgan hamda dunyoda “O‘zbek modeli” deb e’tirof etilgan taraqqiyot yo‘limizning ajralmas tarkibiy qismi sanalgan “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” bugungi kunda ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy sohalardagi rivojlanishni ta’minlayotgan asosiy omillardan biri sifatida yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Mazkur hujjatlarda, birinchi navbatda, inson manfaatlari ustuvorligi, uning zamon talablariga mos holda ortib borayotgan ehtiyoj va qiziqishlari, imkoniyatlarini to‘liq yuzaga chiqarish hamda amalga oshirish uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish belgilab qo‘yilgan.

Mamlakatimizda inson kapitaliga yo‘naltirilayotgan investistiyalarning yildan-yilga o‘sib borishi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari jadallik bilan rivojlanayotgan, globallashuv, dunyo bozorida raqobat tobora kuchayib borayotgan bir davrda, demokratik taraqqiyot, modernizatsiya va yangilanish borasida belgilangan maqsadlarga erishishda eng muhim qadriyat va hal qiluvshi kuch bo‘lgan bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash muhim omil bo‘lmoqda.

Ta’lim tizimida o‘quvchilarning nafaqat keng bilim va professional malakalarni egallashi, zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda o‘qitishning ilg‘or uslublarini joriy etish yo‘li bilan, o‘sib kelayotgan yosh avlodga chet tillarni o‘qitish, shu tillarda erkin muloqot qila oladigan mutaxassislarni tayyorlash hamda buning negizida, ularning jahon sivilizatsiyasi yutuqlaridan keng ko‘lamda foydalanishlari, ulkan intellektual boylikni egallashlariga katta imkoniyatlar yaratiladi.

Mamlakatimizning dunyo hamjamiyatiga integrastiyalashuvi, fan texnika va texnologiyaning rivojlanishi yosh avlodning ko‘p madaniyatli dunyoda raqobatbardosh bo‘lishi bir necha chet tillarni mukammal egallashni taqozo etadi, bu esa O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimiga chet tillarni o‘rgatish bo‘yicha xalqaro standartlarni joriy etish orqali ta’minlanadi.

Yevropa Kengashining “Chet tilni egallashning umumyevropa kompetensiyalari: o‘rganish, o‘qitish, baholash” to‘g‘risidagi hujjati (CEFR) umume’tirof etilgan xalqaro me’yorlardan biridir. Ushbu hujjatning ayrim holatlarini nazarda tutgan holda O‘zbekiston Respublikasining uzluksiz ta’lim tizimida chet tillarni o‘rganish bo‘yicha yangi Davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturi ishlab chiqildi.





Download 35.18 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Download 35.18 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Chet (ingliz, nemis, fransuz) tillar fanlaridan o‘quv dasturi

Download 35.18 Kb.