|
Chilangari kasbi bo’yicha
|
bet | 92/162 | Sana | 12.10.2024 | Hajmi | 5,07 Mb. | | #274795 |
Bog'liq B C toifa tuzil OMT Elmuratov XIsh tormoz tarmog’i. Avtomobil har xil sharoitda harakatlanganda uning tezligini kamaytirish yoki darxol to’xtatish vazifasini o’taydi.
Ehtiyotkorlik tormoz tarmog’i. Ish tormozi ishlamasdan qolganda avtomobilni to’xtatish uchun kerak.
To’xtatish turish tormoz tarmog’i. To’xtab turgan avtomobilni o’z joyida qo’zg’almasdan turishini ta’minlaydi. Bu tormoz bazan qo’l tormozi deb yuritiladi.
Yordamchi tormoz tarmog’i. Avtomobilning harakatlanishini uzoq muddat bir xil tezlikda saqlab turish yoki juda kichik tezlikda harakatlanishni rostlash vazifasini bajaradi.
Ko’pchilik avtomobillarda yordamchi tormoz tarmog’i vazifasini dvigatelni tormozlash maromida ishlatib bajariladi. og’ir yuk avtomobillarida, avtobus va tirkamalarda, bu maqsada maxsus tormoz tarmog’i sekinlatgich qo’llaniladi. Avtomobillarda qo’llaniladigan tormoz tarmoqlari qanday vazifani bajarishidan qat’iy nazar, ular energiya manbai va bitta yoki bir nechta tormoz mexanizmlaridan iborat bo’ladi.
Avtomobillarning harakatlanishiga majburiy qarshilik ko’rsatish va qarshilik kuchini o’zgartirish uchun mo’ljallangan tuzilma tormoz mexanizmi deb ataladi. Demak, avtomobil tezligini kamaytirish uchun tormozlash natijasida uning kinetik energiyasining bir qismini, batamom to’xtatish uchun esa bu energiyaning hammasini ishqalanish hisobiga yo’qotish kerak.
Tormoz mexanizmi avtomobil g’ildiraklarida yoki kuch uzatmaning kardanli valida o’rnatiladi. Avtmobillarda asosan friktsion tormoz mexanizmi qo’llanilib, ularning aylanuvchi detallari barabanli yoki diskli, aylanmaydigan detallari esa kolodka yoki tasma shaklida bo’ladi. Diskli tormoz mexanizmlarining aylanmaydigan detallari faqat kolodka shaklida bo’ladi.
Baranbanli tormoz mexanizmi mutanosib ravishda joylashgan ikkita kolodkalardan tashkil topib, tashqi tsilindrik yuzasida friktsion tormoz ustqo’ymasi mazkamlangan. Gidravlik yuritmali ish tormoz tarmog’ida bitta keruvchi gidravlik tsilindrli va kolodkalari bitta yoki ikkita tayanch barmoqqa o’rnatilgan tormoz mexanizmi qo’llaniladi. Bazan ikkita keruvchi gidravlik tsilindrli tormoz mexanizmi ham ishlatiladi. Pnevmatik yuritmali asosiy tormoz tarmog’ida esa bitta keruvchi mushtchali va kolodkalari bitta yoki ikkita tayanch barmoqqa tayangan tormoz mexanizmi ko’proq ishlatiladi.
Barabanli tormoz mexanizmiga ta’sir etuvchi kuchlarning soddalashgan sxemasi rasmda keltirilgan. Keruvchi yuritma vositasida kolodkalarning erkin o’rnatilgan uchlariga ta’sir etuvchi P1 va P2 kuchlar kolodkalarni burchak tezligi bilan aylanuvchi tormoz barabaniga siqiladi. Natijada barabandan kolodkaga N1 va N2 kuchlari ta’sir etadi. Bu kuchlarning ta’sirida hosil bo’lgan T1 va T2 ishqalanish kuchlari umumlashgan tormoz momentini hosil qiladi. Ustquyma va baraban orasida hosil bo’lgan ishqalanish kuchlari kolodkaga har xil yo’nalishda ta’sir etadi. Ishqalanish kuchi T1 keruvchi kuch P1 bilan birga kolodkani siqishga yordam beradi; T2 keruvchi kuch esa P2 ga teskari ta’sir etadi.
Demak, ishqalanish kuchi ta’sirida bita kolodka barabanga ko’proq, ikkinchisiga esa kamroq siqiladi. Bundash tashqari, ishqalanish kuchi ta’sirida kolodkalar tayanchida aks P1 va P2 kuchlari hosil bo’ladi. Avtomobillarda asosan kolodkali baraban turidagi g’ildirak tormozi ishlatiladi.
|
| |