• Mehnatga ruhiy tayyorlash
  • Mehnatga axloqiy tayyorlash




    Download 4.3 Mb.
    bet8/99
    Sana07.01.2023
    Hajmi4.3 Mb.
    #37687
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   99
    Bog'liq
    texnologiya va uni oqitish metodikasi2021 2 kurs umk-2
    5-9-sinf-qizlar-texnologiya-fanidan-r, Web dastrulewden oz betinshe, ис реже февраль, Muzammas janri tahlili, 6-7 lab, Statistika HEMIS Student axborot tizimi (1), ....., Pedagigika Psixologiya Mustaqil ishlari, Xursand O\'tamov, ТАРБИЯ ЖУРНАЛЫ (1), ustaz shakirt, Qońırat sanaat texnikumı Ashiq sabaq 1semestr rtazasi, Od 2 AQ, Документ Microsoft Word
    Mehnatga axloqiy tayyorlash – o‘zaro do‘stona yordamni berishni, ijodiy tashabbuskorlik, tashkilotchilik qobiliyatlarini namoyish qilishni, mehnat kishilari va mehnat natijalarini hurmat qilishni o‘rgatishdan iboratdir.
    Mehnat ta’limi va tarbiyasini tashkil etishda jamoa asosidagi mehnatni uyushtirish muhim masalalardan biridir. Zero, jamoa ishtirokida o‘tkazilayotgan mehnat jarayonida o‘quvchilarda do‘stlik, o‘rtoqlik, o‘zaro yordam va hamkorlik, jamoa mehnat samaralaridan quvonish kabi xislatlar tarbiyalanib boradi. Shuningdek, ularda tashabbuskorlik, tashkilotchilik, mehnatga ijodiy yondashish, jamoa manfaatini shaxsiy manfaatdan ustun qo‘yish singari axloqiy sifatlarning shakllanishiga poydevor qo‘yiladi.
    Mehnat jarayonida o‘quvchilarda mehnat madaniyatining unsurlarini hosil qilib borish muhim talablardan biri sanaladi. Mehnat madaniyati - bajarilayotgan ishga ongli munosabatda bo‘lish, uni ilmiy jihatdan to‘g‘ri tashkil etilishi (puxta rejalashtirish, vaqtdan unumli foydalanish), ish o‘rnini ozoda tutish, mehnat (ish) qurollariga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish, boshlangan ishni natijalash, uning samarali bo‘lishiga erishishga yo‘naltirilgan faoliyat ko‘rsatkichidir. Mehnat madaniyati tushunchasi o‘zida yana o‘quvchining mustaqil harakat olib borishini, mehnat qilishi va dam olishini to‘g‘ri tashkil eta olishni ham aks ettiradi.
    Mehnatga ongli munosabatni tarbiyalashning yana bir talabi o‘quvchilarni ilm-fan, madaniyat, texnika va texnologiya borasidagi yangiliklardan boxabar etish, ularda mehnatga nisbatan qiziqishni hosil qilish, bu boradagi layoqat, qobiliyat va iqtidorlarini oshirib borishdan iborat
    Mehnatga ruhiy tayyorlash – o‘quvchilarning yoshiga mos keluvchi ongli va ijobiy xususiyatlarni tarkib toptirish, o‘quvchilarning mehnat malaka va ko‘nikmalarini egallashga qiziqishini shakllantirishdan iboratdir. O‘qituvchining vazifasi o‘quvchilarga yoshligidan boshlab mehnat malaka va ko‘nikmalarini shakllantirish bilan birga o‘quvchilarning mehnatga qobiliyatini shakllantirish, jamiyat rivojlanishi uchun ishlab chiqarishda qatnashish zarurligini tushuntirish juda muhimdir.
    Mehnatga ruhiy tayyorlash o‘quvchilardagi turli psixologik jarayonlarni rivojlantirishni va takomillashtirishni nazarda tutadi. Bular: sezib-anglash, psixomotor, emotsional-idrok, diqqat, xotira, taffakkur – mehnatning psixologik komponentlaridir.
    O‘quvchilarni mehnatga o‘rgatishda uning ruhiy imkoniyatlarini nazarda tutib, hissiy bilish jarayonini takomillashtirish zarur. Bundan tashqari bolaning xotirasini o‘stirish ham alohida ahamiyatga ega. Chunki, mehnat faniga oid materiallarni eslab qolish va amaliy ishlarni bajarish boshqa predmetlarga nisbatan o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Barcha yangi asboblar, materiallarni, amaliy ishlarning nomini boshlang‘ich sinf o‘quvchilari predmetni ko‘rib idrok etish bilan fikran biriktirib, tinglab o‘rganadilar, tushunib oladilar.
    O‘qituvchi mehnat darslarida amaliy ishlarni tushuntiribgina qolmay, balki asosiy materiallar va buyumlar namunasini, asboblarni materialga ishlov berish usullarini, ish bosqichlarining izchilligini ko‘rsatadi. Shu bois mehnat ta’limida eshitish, ko‘rish xotirasi va harakatlanuvchi xotira muhim ro‘l o‘ynaydi. O‘quvchilarda mehnat darsidan mehnat darsigacha yangidan-yangi bilim va ko‘nikmalar mujassamlashib boradi, ularni esa anglash va xotirada saqlab qolish kerak.
    Mehnat ta’limini to‘g‘ri tashkil etish o‘quvchilarni qiyinchiliklarni еngishga, qo‘yilgan maqsadga erishish yo‘lida qat’iyat bilan mehnat qilish, boshlangan ishni chala tashlab ketmay, balki oxiriga еtkazishga o‘rgatish lozim. Bu o‘rinda o‘quvchilarda ijobiy natijalar: mehnatdan quvonish, lazzatlanish va qoniqish hissiyotlarining namoyon bo‘lishi juda muhimdir .

    Download 4.3 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   99




    Download 4.3 Mb.