I bob. Geografiya darslarida mustaqil ishlarning elementlari




Download 190 Kb.
bet2/9
Sana18.10.2022
Hajmi190 Kb.
#27415
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
asatillayeva Geografiya darslarida innovatsion texnologiyalardan
talaba-varaqasi-354181100131-3
I bob. Geografiya darslarida mustaqil ishlarning elementlari.
1.1.Geografiya darslarida mustaqil ishlarni yozish turlari
“Mustaqil ish deb nimaga aytiladi?” degan savolning vujudga kelishi tabiiy.
Ayrim metodistlar, o’qituvchining bevosita yordamisiz sodir bo’ladigan o’quvchilar faoliyatini mustaqil ish deb hisoblaydilar. Buni to’liq ta’rif deb bo’lmaydi.
Ko’pchilik geograf metodistlar: o’qituvchining topshirig’i asosida, muayan ajratilgan vaqt mobaynida bajariladigan, aqliy faoliyat talab etadigan ishlarni mustaqil ish deb biladilar.
Yuqoridagi fikrlarni nazarda tutib, bilim va ko’nikmalarni ijodiy tadbiq etib, yangi bilimlarni egallashga harakat qiladigan ta’limni mustaqil ish deb tushinish mumkin.
Yirik metodist geograf M.K. Kovalevskaya fikricha: “O’quvchilar yangi fakt, hodisalarni aniqlash uchun o’z bilim va tajribalarni tadbiq etsalar, ilgari ularga ma’lum bo’lmagan sabab va oqibatlarini izlasalar, yoki masalani hal etishning yangi usullarni topsalar (ya’ni bilim va ko’nikmalarga yangi natijalarga erishsalar) bunday ishni mustaqil ish deyish mumkin”.
Ayrim o’qituvchi va metodistlar “Mustaqil ish” bilan “Amaliy ish” ni bir xil deb tushunadilar. Har qanday amaliy ishni ham mustaqil ish deyish qiyin. Amaliy ishning asosiy maqsadi – o’quvchilarga, geografiya o’quv faniga xos bo’lgan (karta bilan, raqamli ko’rsatgichlar bilan ishlash, tabiat xodisalarini kuzatish kabi) ko’nikma va malakalarni hosil qilishdan iborat. Olingan bilimlarni mustahkamlash amaliy ishlarining asosini tashkil etadi.
Amaliy ish o’qituvchi bilan o’quvchilar faoliyatining nisbatini belgilaydi. Amaliy ishlar o’quvchilar tomonidan ommaviy tarzda ham, o’qituvchining ishtirokida ham bajarilishi mumkin. O’quvchilar amaliy ishlarning bajarish usullari (masalan: kartani o’qish, karta asosida biron hududga geografik xarakteristika berish)ni egallaganlaridan keyin ishlarini mustaqil bajarish imkoniyati vujudga keladi. Amaliy ishlarning xarakterli xususiyati egallagan bilimlarni amalga tadbiq etish, mustahkamlash bo’lsa, mustaqil ishlarning asosini yangi bilim va ko’nikmalarni egallash, yangi bilimlarni izlashga ilgari egallangan bilimlarga tayanish tashkil etadi.
Mustaqil ishlar o’quvchilar faoliyatini amaliy ishlarga nisbatan ko’proq qamrab oladi. Ular amaliy ish bilan birga turli bilim manbalari bilan ishlashni o’z ichiga oladi.
Mustaqil ishning asosiy maqsadi - o‘quvchilarning mustaqilligini rivojlantirish, ularning mustaqil bilim olishga, ijodiy fikrlashga tayyorlash, yani vaqtida yoshlarni hayotga tayyorlashdan iboratdir. Demak, mustaqil ishni – yangi bilim va ko’nikmalarni egallash, egallangan bilim va tajribalarni takomillashtirish deyish mumkin.
Mustaqil ish bir necha qismlardan iborat bulib, ular bir – biri bilan o’zaro boglangan. Mustaqil ishni tashkil etganda ularning bir – biri bilan aloqadorligini nazarda tutish taqazo etiladi.
O’quvchilarga tayyor bilim berish amalda keng tarqalgan ta’lim tarzidir. Ta’limning bunday tarzi o’quvchilarning bilish qobiliyatlarini rivojlantira olmaydi. Psixologlar: “…bunday bilim keraksiz yuk bo’lib qoladi” deydilar.
O’quvchi qanday bilim olayotganini, qanday bilayotganini, bilish usullarini qanday egallayotganini tushunib yetsa, uni mustaqil ta’lim olish deyish mumkin. Demak, geografiya ta’limidagi mustaqil ishning didaktik vazifasi – o’quv ishlarining o’ziga xos usullarini egallash, binobarin, fanning tadqiqot metodlarini egallashni ta’minlashdan iborat.
Geografiya darsidagi mustaqil ish turli didaktik maqsadlarni nazarda tutishi mumkin. Mustaqil ish asosan yangi materialni o’rganish jarayonida va mustahkamlashda yangi bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirish maqsadida tashkil etilishi kerak. Darsda o’qituvchi rahbarligida yangi materialning muayyan qismini o’quvchilar mustaqil o’rganishlari ham mumkin.
Yangi materialni o’rganish jarayonidagi o’quvchilarning mustaqil ishlari ikki xil yo’l bilan olib boriladi:

  1. O’qituvchi yangi materialni tushuntirib boradi, o’quvchilar esa ayni vaqtda, o’qituvchini tinglash bilan birga muayyan mustaqil ish bajaradilar. Masalan: ifoda etilayotgan yangi material asosida konspekt olishlari yoki o’rganilayotgan geografik ob’yekt va hodisalarni yozuvsiz kartaga tushirib boradilar.

  2. O’qituvchi mustaqil ish uchun o’quvchilarga topshiriq beradi, so’ngra yangi materialni tushuntiradi, keyin o’quvchilar mustaqil ish bajaradilar.

Umuman mustaqil ishlar katta ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega. Mustaqil ish o’quvchilarning aqliy faoliyatini rivojlantiradi, o’rganilgan masalani chuqurroq o’ylashga, uning eng muhim qismini izlashga, yakun yasab xulosalar chiqarishga imkon beradi. Mustaqil ishsiz mustahkam va ongli bilim berish, tegishli ko’nikma va malakalarni hosil qilish, mustaqil bilim olishni ta’minlab bo’lmaydi.
Fan – texnika ulkan odimlar bilan rivojlanib borayotgan jadallashtirish davrida, maktab quchog’ida olingan bilimlar ko’p o’tmay eskirib qolishi hech gap emas. Binobarin, mehnat faoliyati davomida o’z bilimlarini muttasil to’ldirib, boyitib borish taqozo etiladi. Bunga tinmay mustaqil bilim olib, o’z ustida ishlab borish bilangina erishish mumkin.
Mustaqil ishlar o’quvchilarning o’quv faoliyatlarida, turli didaktik masalalarni hal etishda, nazariy bilimlarni shakllantirishda, geografik qonuniyatlarni aniqlashda, bilim va ko’nikmalarni egallash va amalda tadbiq etishda olib boriladi.
Mustaqil ish ta’lim jarayonining barcha bosqichlarida, o’quvchilarning bilim va ko’nikmalarni tekshirishda, yangi materiallarni o’rganishda, uni mustahkamlashda, takrorlashda, shuningdek ekskursiyada tadbiq etilishi mumkin.
Maydoni va kattaligi jixatidan o‘rta sayyora bo‘lgan – Yer planetamiz insoniyat jamiyatni XXI – asr boshlarida siyosiy va iqtisodiy , ijtimoiy xarakterdagi murakkab muammolarga boy bo‘lishi bilan ta’riflanmoqda.
Mazkur muammolarning aksariyat ko‘pchiligi xududiy jixatlari bilan geografik va ekaolgik muammolar tarzida namoyon bo‘lmoqda. Fan texnika inqilobi bilan bog‘liq jahon xo‘jaligining hozirgi rivojdanish bosqichida har bir davlatning va mintaqaning rivojlanish bosqichida boshqa umumplanetar muammolar bilan bog‘lanib ketmoqda. Demak , xududiy geografik o‘z mazmun mohiyati bilan , umumplanetar muammolarning bir xalqasidir. Orol dengizi maydoning qisqarishi munosabati bilan paydo bo‘lgan regional xududiy muammo butun jahon hamjamiyatini tashvishlantirayotganligining boshi ham shunda. Shu ma’noda olganda geografiya fani tasviriy fandan tobora amaliy o‘zgaruvchi fanga aylanmoqda. U geografik muhit, geografik qobiqning yangi holatini o‘zgarish va amaliy bashorat qilish, tabiatni inson tomonidan tubdan o‘zgartirishning oxirgi chegaralarini belgilash, tabiat bilan jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni optimallashtirish bilan shug‘ullanadi, aholi xo‘jalikni oqilona xududiy joylashtirishda ishtirok etadi.
XXI – asr boshlarida dunyo xalqlari oldiga ko‘plab o‘tkir va murakkab masalalarni ko‘ndalang qilib qo‘ymoqdaki, bu muammolar umulashma global muammolar deb nom olgan. Insoniyatning bunday umumplanetar muammolari o‘rta maktab geografiya darslarida shunday ta’riflangan: “ Global muammolar deb shunday muammolarga aytiladiki, ular ko‘lami jihatidan butun dunyo , butun insoniyatni qamrab olib, uning hozirgi va kelajagi uchun xavf tug‘diradi hamda o‘zlarining yechimi uchun barcha davlat va xalqlar kuchlarining birlashuvi, birgalikda jipslashib harakat qilishni talab etadigan muammolar global muammolar deb ataladi”.
Global muammolarning yechimi xalqaro mamlakatlar birinchi navbatda Birlashgan Millatlar Tashkilotining fan , maorif va madaniyat ishlari bilan shug‘ullanadigan – YUNESKO tashkiloti rahbarligida butun dunyo olimlarining ilmiy izlanishlari hamda ularning natijalarini hayotga tatbiq etishni talab etadi. Chunki global muammolar butun insoniyatga barcha mamlakatlar , xalqlar, ijtimoiy tabaqalari manfaatlari va taqdirolariga ta’sir kо‘rsatadi. Qolaversa iqtisoliy va ijtimoiy sohalarda katta talofatlarga sabab bо‘luvchi chuqurlashgan taqdirda emas svelizasiyasining mavjudligiga ham xavf solishi mumkin. Global muammolar umum sayyora miqyosidagi hamkuorlikni barcha mamlakatlar va xalqlaning birgalikda harakat qilishini talab etadi. Quyidagilar global muammolar sanaladi:

  1. Rivojlanayotgan mamlakatlarning qoloqlikdan chiqarish muammosi.

  2. Tinchlik va qurolsizlantirish, yangi jahon urushini oldini olish muammosi

  3. Ekologik muammo

  4. . Energetik muammo

  5. Xom ashyo muammosi

  6. Oziq ovqat muammosi

  7. Dunyo okeanidan foydalanish muammosi

8. Koinotdan tinch maqsadlarda foydalanish muammosi.
Paydo bо‘lishi , amal qilishi, yechimi, bir biri bilan bog‘lanib ketgan bu global muammolar zamonida geografik tatqiqotlarning tub mohiyatini tashkil etuvchi tabiat-jamiyat-aholi zanjirining tо‘g‘ri hal etilish masalasi yotadi. Zero , rivojlangan davlatlarning qoloqlikdan chiqarish uchun tabiiy resurslarni ishga solish va ulardan oqilona foydalanish, enegetika muammosini asrash , aholining kо‘payishi odamlarning ish bilan bandligini rag‘batlantirish lozim. Aholini oziq -ovqat bilan ta’minlashning ikki yо‘li haqida о‘quvchi chuqurroq ma’lumot beritsh lozim.
Atrof – muhitda tabiat manbalarining kо‘p oz bо‘lishi ya’ni miqdori , sifati ishlab chiqruvchi kuchlarning qay darajada yashashida ham qanday yо‘nalishda taraqqiy etishiga ham bog‘liqdir. Global muammolarning uchburchakning geografik muammo ekanligi mohiyati ham shundaki , makonda ya’ni xududda ruy beradi - ruy berish esa о‘zaro aloqa , о‘zaro ta’sir va bir birining bо‘lishini taqazo etadi. Tabiatda ham , jamiyatda tuzimli tarzda ruy beradi, tabit va jamiyat о‘zaro munosabatlari ma’lum bir tizimning ya’ni zanrjirning halqalari – halqaning biri – tabiiy xududiy komplekslar bо‘lsa zanjirning unga tutash halqasi – xududiy ishlab chiqarish komplekslaridir. “Geotizim ” atamasidagi sо‘zning birinchi qismi – xududiylikni ta’kidlaydi. Albatta, har qanday “sistema – tizim” xududiy bо‘lavermaydi, organizmlar tizimi, tillar tizimi, mexanik uskunalar tizimi kabilar xududiy emas. Geotizimda xududiylik birinchi darajali xususiyat bо‘lganligi uchun ham geografik muammodir. Shu boisdan ham V.B.Sochava, A.G.Isachenko kabi tatqiqotchilar har qanday tabiiy kо‘rinmani (pribodnoye – obrazovaniye) geosistema degan mazmunga ega deb talqin qilindi. A.A.Mins, V.S Preobrajenkiylar muayyan xududda shakllangan tabiiy, ijtimoiy, tabiiy – ijtimoiy tuzilmalarni geosistema deb hisoblaydilar, shunday qilib, xududiylik va о‘zaro chambatchas bog‘liqlik chinakam tub geografik mazmunga ega , birobarin ular umumgeografik va umumplanetar muammolar sanaladi. О‘rta maktab geografiya ta’limining tub mohiyati xududiydik va bir butunlikni tashkil etadi. Tabiat ham, jamiyat ham , aholi ham geogarfik qobiqning tarkibiy qismi sifatida shu qobiqda mavjud bо‘la oladi, rivojlana oladi, geografik qobiq esa bir nusxada namoyon bо‘ladigan eng katta tuzilmadir degan g‘oyalarni maktab geografiyasi kursida о‘quvchilar ongiga singdirish maktab geogarfiyasining bosh maqsadidir. Haqiqatdan ham , botanika – о‘simlikni geolog, yer pо‘stining mineral tarkibini zoologiya – hayvonot olamini о‘rgansa geografiya fani– yer pо‘stini strukturasini tashkil etgan iqtisodiy ijtimoiy va tabiiy ijtimoiy – komplekslarni о‘rganadi. Masalan 9 – sinf “Chet mamlakatlarning ijtimoiy geografiyasi ”ning “Jahon tabiiy geografiyasi– atrof muhitning ifloslanishi nomli 2– mavzusida” tabiat resurslari va ekologik muammolar... masalasi hozirgi zamon geogafiya fanining harakatga keltiruvchi bosh masala bо‘lganligi uchun ham ayniqsa muhimdir

Download 190 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 190 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I bob. Geografiya darslarida mustaqil ishlarning elementlari

Download 190 Kb.