• Reja va karta”
  • Mustaqil ishlarga qo’yiladigan metodik talablar




    Download 190 Kb.
    bet3/9
    Sana18.10.2022
    Hajmi190 Kb.
    #27415
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    asatillayeva Geografiya darslarida innovatsion texnologiyalardan
    talaba-varaqasi-354181100131-3
    1.2.Mustaqil ishlarga qo’yiladigan metodik talablar.
    Mustaqil ish avvalo geografiya o’qituvchisidan, shuningdek o’quvchilardan muayyan tayyorgarlik talab etadi. Mustaqil ishga o’quvchilarni dars jarayonida oddiy, elementar ishlardan, sekin-asta murakkablashtirib o’rgatib borish lozim. O’qituvchi o’quvchilarni dastlab darslik matni, illyustratsiyalari, topshiriqlari bilan ishlashga, kartani o’qiy olish va undan mustaqil foydalanishga, rasm va chizmalar bilan ishlashga, spravochnik va lug’atlar, geografiya atlaslari oxiridagi nomlar ko’rsatkichidan foydalanishga, tabiat hodisalarini kuzatish va kuzatish natijalarini ishlab chiqishga, biron geografik ob’yektga reja asosida xarakteristika berishga, konspekt tuzishga o’rgatib borish lozim. Yuqoridagi ishlarni bajarishga oid muayyan ko’nikma egallangach, o’quvchilarga boshqa, murakkabroq mustaqil ishlarni tavsiya etish mumkin.
    Agar o’quvchilar mustaqil ishlarni bajarishga oid yetarli tayyorgarlikka, muayyan ko’nikma va tajribaga ega bo’lmasalar, ular mustaqil ishlarni bajarishda qiynaladilar, kutilgan samaraga erishib bo’lmaydi.
    O’quvchilar bajaradigan mustaqil ishlarga quyidagi metodik talablar qo’yiladi:

    1. Mustaqil ish o’quvchilar qobiliyati va tayyorgarligiga mos, ular uddasidan chiqa oladigan, ayni vaqtda ularning fikrlash qobiliyatini, ijodiy tashabbusini rivojlantiradigan bo’lishi kerak.

    2. O’quvchilarning mustaqil ishlari ilgari egallagan bilim, ko’nikma, shuningdek tajribalaridan foydalanishini taqozo etadigan hamda, ularni yanada rivojlantiradigan bo’lishi lozim.

    3. Mustaqil ishlarning turi va mazmuni o’quvchilarning yosh xususiyatlari, ularning tayyorgarligiga va induvidual xususiyatlariga mos kelishi shart.

    4. Mustaqil ishlar mazmuni xilma – xil va qiziqarli bo’lishini nazarda tutish kerak. Ularning natijasi o’quvchilarga yangilik berishi shart.

    5. Har bir mustaqil ish natijasi o’z vaqtida tahlil qilinishi, muhokama qilib baholanishi, mustaqil ish natijalaridan esa ta’lim jarayonida foydalanish maqsadga muvofiqdir.

    Mustaqil ishlar quyi sinflardan yuqori sinflarga asta - sekin murakkablashib borishi lozim.
    Tabiiy geografiya boshlang’ich kursida tabiat hodisalarini mustaqil kuzatish bo’yicha quyidagicha topshiriqlar berilishi mumkin:
    a) ob - havoning o’zgarishini;
    b) o’simlik va hayvonlardagi mavsumiy o’zgarishlarni;
    v) quyoshning gorizontdan balandligini mustaqil kuzatish.
    Reja va karta” mavzusida:
    - joyning rejasini mustaqil o’qish;
    - topografik diktant yozish;
    - kompas yordamida azimutlarni belgilash va azimut bo’yicha ob’yektlarni topish;
    - uncha katta bo’lmagan joyni ko’z bilan chamalab rejasini olish;
    - masshtab yordamida globus va O’zbekiston kartasidan oraliqlarni o’lchash.
    Materiklar va okeanlar geografiyasi kursida o’quvchilarning mustaqil ishlari uchun oddiy xulosalar chiqarishga oid topshiriqlar berish mumkin. Masalan: turli iqlim tiplarini xarakterlovchi raqamli ko’rsatkichlar asosida o’quvchilar (ilgari egallagan bilimlarga tayangan holda) iqlim tiplarini aniqlashlari, tegishli xulosalar chiqarishlari mumkin. O’quvchilardan quyidagi topshiriqqa ham javob talab etish mumkin:
    “Atlasdagi tegishli mavzuli kartalarni tahlil qilib, Shimoliy Amerikaning 50o va 60o sh. k. lari oralig’idagi Tinch okean sohilining iqlimi va uning tarkib topishiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlang”.
    O’zbekiston geografiyasi kursida mustaqil ishlar yanada murakkablashib, ta’lim jarayonidagi salmog’i ortib boradi.
    O’quvchilardan sabab-oqibat bog’lanishlarni belgilashni talab etish mumkin. Masalan, Sharqiy Yevropa tekisligi iqlimini xarakterlashda, territoriya iqlimining shimoli g’arbdan janubi sharqqa tomon kontinentlashib borishining sabablarini tushuntirib berishni o’quvchilardan talab etish mumkin.
    O’quvchilarning mustaqil ish bajarishdagi faolligi, ishning samarasi ko’pincha beriladigan topshiriqqa ham bog’liqdir, binobarin, mustaqil ish topshiriqlariga muayyan talablar qo’yiladi:

    1. Muhim tushuncha, sabab - oqibat bog’lanishlar, dunyoqarash, g’oyalarni aks ettirishga, ya’ni kurs mavzularining ta’limiy - tarbiyaviy maqsadlarini bajarishga yo’naltirilgan bo’lishi mumkin.

    2. Topshiriqlar bilimlarning barcha komponentlarini qamrab olgan bo’lishi kerak.

    3. Turli ta’lim vositalari: darslik, qo’shimcha adabiyotlar, turli mazmundagi geografik kartalar bilan birga suratlar, rasmlar, ekranli qo’llanmalar, televideniya eshittirishlari, foydali qazilmalar, namunali gerbariylar, statistik ma’lumotlar bilan mustaqil intilish ko’nikmalarni shakllantirishni ta’minlash.

    4. O’quvchilarning bilim qobiliyatlarini rivojlantirish va ijodiy fikrlashga imkon berish.

    5. O’quvchilarda geografiyaga qiziqish uyg’otish.

    O’quvchilarning mustaqil ishlari o’ylab tuzilgan topshiriqlar sistemasi asosida va muntazam ravishda olib borilgandagina samara beradi. Yo‘naltiruvchi tekst usuli o‘tgan asrning 70-yillarida «Daymler Benz» korxonasining Gaggenau shahridagi (Daimler Benz AG (Gag­genau)) o‘quv ustaxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan. Bu usul tovush va tasvirli prezentatsiyalar bilan jihozlangan mustaqil o‘rganish das­turlari shaklidagi loyihaviy kasb-hunar ta’limiga qo‘shimcha sifatida ish­lab chiqarilgan. Boshlang‘ich shaklida bu usul kasb-hunar ta’limi amaliyotchilari tomonidan ishlab chiqarilgan, keyinchalik esa nazariy ji­hatdan asoslanib, ilmiy asosda takomillashtirilgan. Yo‘naltiruvchi tekst usulida quydagi 6 bosqich farqlanadi; ular doirasimon harakatda al­mashishadi:

    Ma’lumot yig‘ish.


    Rejalashtirish.


    qaror qabul qilish.


    Amalga oshirish.


    Tekshirish.


    Xulosa chiqarish.


    Bu bosqichlarning hammasi o‘quvchi tomonidan amalga oshiriladi.


    Bu usullar ishlab chiqarilishiga sabab loyihalar ustida ish bilan bog‘­liq tashkiliy muammolar edi, chunki o‘quvchilar har xil tezlikda ish­lashlari tufayli butun guruh uchun insruktaj o‘tkazishga qulay vaqtni to­pish qiyin edi. Bir o‘quvchi hammadan tez ishlab, yangi ko‘nikmani o‘r­ganishga tayyor bo‘lgan bo‘lsa, sekinroq ishlagan o‘quvchilar uchun esa yangi instruktajning foydasi juda kam edi. qaytaga, yangi instruktaj ular­ning ishlariga halal berganday yoki keragi yo‘q to‘xtlalish kabi tuyular edi. Ya’ni o‘quvchilar qiziqishi (motivatsiyasi) qisman barbod qi­linadi.


    Yo‘naltiruvchi tekstlar yordami bilan mustaqil instruktaj imkoniyati paydo bo‘ldi va har bir o‘quvchi aynan unga yangi ko‘nikma uchun bi­limlar kerak bo‘lgan paytda shu bilimlarni olishi mumkin bo‘ldi. Eng bi­rinchi yo‘naltiruvchi tekstlar – bu asli og‘zaki ravishda o‘tkaziladigan ins­truktajlarning yozma shakli edi. Lekin baribir barcha maxsus ma’­lumotlar o‘quvchilarga iloji boricha og‘zaki berilar edi.


    Bugungi kunda esa yo‘naltiruvchi tekstlar shunday tuzilganki, o‘quv­­chilar yo‘naltiruvchi savollar yordamida o‘zlari kerakli ma’lu­motlarni (kitob, jadval, instruksiya, videokassetalar yoki kompyuter disk­­laridan olib) ishlab chiqarishni o‘rganishadi.


    Natijada hozir yangi bir o‘rgatish usuli va yangi bir o‘rganishni tash­killashtirish tarzi vujudga keldi. Uning asosiy belgisi – bu o‘quvchi ko‘p­roq mustaqil ravishda o‘rganishidir; Instruktor esa zaifroq o’quv­chilar bilan ko‘proq shug‘ullanishi mumkin bo‘lib qoldi. o’quvchi­larning mustaqil ishlashi esa o‘z navbatida qo‘shimcha foyda keltir­moq­da: yuqoriroq ko‘nikma va qobiliyatlar sohasida, ya’ni birgalikda mu­loqotda bo‘lish, birgalikda reja tuzish, qaror qabul qilish hamda o‘z ishini tekshirish kabi qobiliyatlar rivojlanadi.


    Komandada (birgalikda) ishlash orqali muayan ijtimoiy kompeten­siyalar rivoj topadi va ularga mo‘ljallangan maqsadlar ham belgilanishi mumkin bo‘ldi. Ko‘rib turibmizki, vaqt o‘tgan sari yo‘naltiruvchi tekst usuli qo‘llanishining ma’nosi o‘zgardi, chunki bugungi kunga kelib bu usul aynan o‘sha «poydevor kvalifikatsiyalar» deb atalgan qobiliyatlarni rivojlantirish maqsadida qo‘llanadi. Bu tu­shun­chani Germaniyada ta’limot munozarasiga mehnat bozori tadqiqotchisi D.Mertens kirit­gan. U bu tushuncha bilan asosan uslubiy kompetensiyalarni (ya’ni fikr­lash, tashkillashtirish va rejalashtirish usullarini) atagan.


    Hozirgi kunda esa, bu tushuncha bilan shunday qobiliyatlar, ko‘nik­ma va o‘zini tutish tarzlari ataladiki, ular aynan shu kasb-hunarga oid kva­lifikatsiyalardan tashqari va ularga qo‘shimcha sifatida barcha bosh­qa kasb-hunarlarda kerak bo‘ladigan xatti-harakatlarni bildiradi.


    Bular orasida – mustaqil rejalashtirish, amalga oshirish va o‘z ishini tek­shirish. 4 pog‘ona usuli bilan solishtiradigan bo‘lsak, bu usulda ins­truk­torning faoliyati ko‘proq darsdan oldin va darsdan keyin qilinadigan ishlardan iborat. Lekin bevosita instruktaj jarayonida qilinadigan ishlar emas; o‘quvchilar esa, qaytaga, barcha davrlarda (fazalarda) mustaqil ish­lashadi.


    Germaniyada KHTning eng muhim maqsadi – o‘quvchini malakali kasbiy faoliyatni bajarishga qodir qilish, buning ichiga esa mustaqil reja­lashtirish, amalga oshirish va tekshirish kiradi. Bo‘lajak ishchi-muta­xas­sislar bu talabga kasb-hunarida javob berishlari kerak.


    Albatta, ishchi-mutaxassislar bunday keng malakaga ularning ish joyidagi shart-sharoitlar va imkoniyatlari doirasida javob bera oladilar.


    Shu bois mustaqil rejalashtirish, amalga oshirish va tekshirishni ishchi-mutaxassisning korxonadagi faoliyat vakolatlari bilan adash­tirish mumkin emas.


    Mustaqil harakat qilish degani shu anglatadiki, ishchi-mutaxassis unga topshirilgan ishlarni mustaqil ravishda, ya’ni birovning boshkarib turishisiz amalga oshirishi kerak. Masalan, biror ishni boshlashdan oldin ish tartibini rejalashtirish, ishlab chiqarish usulini belgilash yoki kerakli materiallarni tanlash va ish tugatilganidan keyin natija sifati kontrolini o‘tkazish.


    Bundan tashqari, mustaqil va ma’suliyatli ishlovchi ishchi-mu­taxassislardan kutiladigan narsa shuki, ular ish tartibini iqtisodiy krite­riylar asosida, ya’ni tejamkorlik asosida rejalashtirish va amalga oshi­rishlari kerak. Ya’ni ular, masalan, tejamli ishlab chiqarish usullarini ishlatish, materiallardan yoki energiyadan tejamli foydalanish usullarini bi­lishlari kerak.


    2.2-chizma. Mukammal harakat modeli
    Mukammal harakat modeli – mustaqil kasbiy harakatlanish modeli deb ham atalgan model – ta’rif sifatida kasbiy-texnikaviy sohada uch­raydigan ko‘plab ish faoliyatlariga mos keladi. Masalan, maqsad ko‘­rinarli, o‘lchanarli natijalardan iborat bo‘lgan hollarda. Bu model bir kas­biy harakatni 6 ta alohida harakat bosqichlariga bo‘ladi.

    Mukammal harakat amalga oshirilishining o‘zi o‘rganish bilan teng hisoblanadi. Pedagogik muammo shundan iboratki, har bir alohida bo­s­qich bo‘yicha bir strategiyani tanlash kerakki, o‘quvchi ham xayolida (xa­yolda sinov sifatida harakatni bajarish), ham o‘ngida mukammal ha­rakatlarni bajarishi taminlanishi kerak.


    Yo‘naltiruvchi tekst usuli bu muammoni shunday hal qiladi: bu usul xayolda bajariladigan jarayonlarni deyarli tashqariga chiqaradi. Ya’ni, odatda faqat xayolda bo‘lib o‘tadigan narsalar, bu usul bo‘yicha yo­zilishi yoki ovoz chiqarib aytilishi kerak.


    Shuning uchun bu yerda bir necha teskari aloqa jarayonlari mavjud.


    «Ma’lumot yig‘ish» (1), «Rejalashtirish» (2), «Amalga oshirish» (4) va «Tekshirish» (5) bosqichlarini o‘quvchi deyarli butunlay o‘zi yoki kichik guruhlarda bajarishi mumkin. «qaror qabul qilish» (3) va «Xulosa chiqarish» (6) bosqichlarida erishilgan natijalar esa o‘qituvchi yoki ins­truktor bilan batafsil muhokama qilinishi kerak.


    O‘quv jarayonini bunday bosqichlarga bo‘linishi o‘quvchilarni iloji bo­richa ko‘proq mustaqil o‘rganishga turtki beradi. O‘quvchilarga «Ma’­lumot yig‘ish va Rejalashtirish» bosqichlarida yozma hujjatlar, ma­salan texnik chizmalar, jadvallar, eslatmalar, yo‘riqnomalar yoki o‘qi­tuvchi o‘zi tuzgan hujjatlar berilsa, maqsadga muvofiq. Bunday hujjatlar mustaqil o‘rganish jarayonini juda yaxshi kuchaytiradi.


    Instruktor va o‘quvchilarning uzini tutishi bu usulni qo‘llashda aniq shakllanadi: Instruktor o‘quv jarayonida moderator rolini o‘ynaydi, ya’­ni u har bir bosqich uchun kerakli ma’lumot materiallarini tayyorlaydi va o‘quvchilarga mustaqil Ma’lumot yig‘ishda yordam berib turadi. U o‘quvchilarni aniq maqsadga qaratilgan ish-harakat qilishiga turtki be­radi, ukuvchining progressini nazorat qiladi va o‘quvchilar bilan birgalikda o‘rganishdagi nuqsonlarni bartaraf etish yo‘llari haqida o‘ylaydi.


    O‘quvchi esa o‘z ta’limining faol qatnashchisi bo‘lib qoladi. Endi u fa­qat tinglovchi emas, balki bajariladigan topshiriq uchun kerakli barcha ma’lumotlarni yig‘adi, o‘z ish tartibini va kerakli vaqtni o‘zi reja­lash­ti­radi va qolaversa o‘z ish natijasini o‘zi baholaydi. Bularni hammasini o‘quvchi bitta o‘zi qilishi mumkin yoki boshqa o‘quvchilar bilan bir­galikda bajarishi mumkin, bu esa maqsadga nihoyatda muvofiq bo‘ladi.


    o‘quvchilar shunday rol o‘ynashlari va o‘zlarini shunday tutishlari «poydevor kvalifikatsiyalar» deb atalgan kobiliyatlar rivojlanishiga juda ham katta yordam beradi, ya’ni mustaqil o‘rganish, muloqot tuzish, jamoada ishlash va eng muhimi o‘z natijalarini o‘zi baholash va ish-harakatlarini rejalashtirish kabi qobiliyatlarini rivojlantiradi. Yo‘nal­tiruvchi tekst usuli doirasidagi harakatlar quyidagi tarzda amalga oshadi:


    Didaktik prinsiplar. o‘quv-nazariy va didaktik tajriba asosida gap quyidagi oriyentirlar haqida ketadi:


    o‘rganish/o‘zlashtirish jarayonining asosini iloji boricha mus­taqil bajariladigan yoki xayolda amalga oshiriladigan ish-harakatlar tashkil qi­ladi (ish-harakat orqali o‘rganish);


    ish-harakatlar o‘quvchilar tomonidan iloji boricha mustaqil ra­vishda rejalashtirilishi, amalga oshirilishi, tekshirilishi, zarur bo‘lsa, to‘g‘rilanishi va nihoyat baholanishi lozim;


    ish-harakatlar shuni rivojlantirishi kerakki, o‘quvchilar o‘z kasb-hunarlarida asli hayotda uchraydigan holatni uning yaxlitligida tushu-nishlari, ya’ni ushbu ish-harakatlar o‘ziga tehnik, mehnat hafsizligi, hu­quqiy, ekologik, ijtimoiy aspektlar kabi savollarni qamrab olishlari lozim;


    ish-harakatlar o‘quvchilarning bilim-tajribasiga integratsiya bo‘­lishi va ularning ijtimoiy ta’sirlari jihatidan e’tiborga olinishlari lozim.


    Bu usulda instruktor an’anaviy instruktajlar o‘tkazmasa ham, u ins-truktajsimon harakatlar qiladi. Asosiy urg‘u doim o‘quvchilarning mus-taqil instruktajiga beriladi. Faqat muammolar paydo bo‘lgan paytda Ins­truktor o‘quvchilarga kerakli bilim-ko‘nikmalarni o‘rgatish maqsadida instruktaj o‘tkazish yoki o‘tkazmaslik haqida qaror qabul qilishi mum­kin.


    1 bosqich: Ma’lumot yig‘ish. Bu bosqichda o‘quvchilar o‘zlari o‘z­lariga instruktaj berishlari haqida gap ketyapti. Instruktor buning uchun kerakli barcha manbalarni ularga berib qo‘yadi, ya’ni texnik chiz­malar, darsliklar, texnik jadvallar, formulyarlar hamda maxsus savollar varag‘ini beradi. Savollar varag‘ida o‘quvchilarga ma’lumotlarni qanday qilib qadamba-qadam yig‘ish savollar shaklida ko‘rsatiladi.


    Bu savollar «yo‘naltiruvchi savollar» deb ataladi. Yo‘naltiruvchi sa­vollar asosida har qanday ma’lumot manbasidan «yo‘naltiruvchi tekst» tuzilishi mumkin. o‘quvchilar ularga berilgan hujjatlar asosida barcha ke­rakli ma’lumotlarni iloji boricha mustaqil ravishda yig‘ib olishadi; ular buni yakka tartibda yoki guruhlarda qilishlari mumkin. (Mo‘ljal: mustaqil o‘rganish usullari va hamkorlik, muloqot qobiliyatlari


    Yo‘naltiruvchi savollarga javoblar – bu ish topshirig‘ini bajarish uchun kerak bo‘lgan ma’lumotlar to‘plamidir. Agar bu jarayonda muam­molar yuzaga kelsa, instruktor instruktajsimon harakatlarni amalga oshirib, o‘quvchilarni muammo yechimi sari olib boradi. Faqat niho­yatda katta qiyinchiliklar paydo bo‘lsagina, masalan o‘quvchilarda te­gishli dastlabki bilimlar darajasi juda past bo‘lsa yoki o‘quvchilar tekst­lar bilan ishlashga hali yaxshi o‘rganmagan bo‘lishsa, instruktor muam­mo yechimini o‘zi aytib beradi.


    2-bosqich: Rejalashtirish. O‘quvchilar yo‘naltiruvchi savol­larga javob berishni davom etishadi. Lekin endi ular ish bosqichlarini rejalashtirishga tegishli savollar bo‘lib, o‘quvchilar ish topshirig‘ini hal qilishga qaratilgan o‘zlarining ish bosqichlarini rejalashtiradilar. Buning uchun ular ish rejasi formulyarini to‘ldirishadi. (Mo‘ljal: muammolarni yechish qobiliyati, oldindan nima qilishni o‘ylab chiqish qobiliyati, o‘zaro aloqalarni e’tiborga olib o‘ylash qobiliyati)


    3-bosqich: Qaror qabul qilish. O‘quvchilar o‘z yechimini guruh va instruktor oldida taqdim (prezentatsiya) qilishadi. Ko‘pincha bu holda har xil yechimlar yuzaga keladi. Shuning uchun o‘quvchilar instruktor bilan birgalikda qanday yo‘l eng unumli va hamma o‘quv­chi­lar qanday ketma-ketlikda ishlashi kerakligi haqida qaror qabul qili­sha­di. Instruktor ushbu bahsda ham faqat yordam berib turadi va masla­hat­chi sifatida qatnashadi xolos. (Mo‘ljal: o‘z fikrini ifodalash (argu­men­ta­tsiya) qobiliyati, obyektivlik, muloqot qobiliyati, qaror qabul qi­lish qo­bi-liyati)


    4-bosqich:­ Amalga oshirish. O‘quvchilar o‘z ish topshi­riq­lari­ni yak­ka tartibda yoki guruhlarda bajarishadi, 3-chi bosqich davrida kelishib olingan ish rejasiga muvofiq. Bu tarzda ular amaliy ko‘nikmalarni o‘z­lashtirishadi. (Mo‘ljal: aniqliq (bexatoliq), sistematik ishlash, puxtaliq, chidamliq)


    5-bosqich: Tekshirish. Ish tugagandan keyin har bir o‘quvchi o‘z ishi­ni o‘zi tekshiradi va «Baholash varag‘i»ni to‘ldiradi. Bu «Baholash varag‘i» ham odatda bir formulyar bo‘ladi. Bu yerda u sifat kriteriylarini norma va asli holat bilan taqqoslashni o‘rganadi. (Mo‘ljal: o‘z o‘zini baholash, shaxsiy dissiplina, ishonarlilik). Instruktor kontrol paytida ba’zi bir natijalarni tekshirish bilan cheklansa ham bo‘laveradi.


    Lekin kontrolni boshqa o‘quvchilar ham amalga oshirishi mumkin va shu bilan ular tekshirishni o‘rganishadi.


    6-bosqich: Yakuniy suhbat. hamma o‘quvchilar tayyor bo‘lganidan so‘ng, instruktor yakuniy suhbatni o‘tkazadi va shu suhbatda u hammaning natijalarini baholaydi va kelajakda ish paytida nimaga e’tibor berish kerakligini aytadi.


    (Mo‘ljal: o‘z o‘zini baholash, boshqalarni baholash, sifatga mas’uliyatli munosabat, o‘z o‘zini tanqidlash)


    Instruktor o‘zining nazorat protokollari asosida o‘zining shaxsiy fikr-mulohazasini bildiradi.


    Yo‘naltiruvchi tekst usulining mohiyati shundaki, o‘quvchilar iloji boricha o‘zilari o‘rganishi lozim, shu sababli didaktik va mashq materiallar shunday tuzilishi kerakki, ular mustaqil o‘rganishni rivojlantirishi lozim.


    Odatda, amaliyotda qo‘llanilayotgan didaktik va mashq materiallar (4 pog‘ona usuli bilan qiyoslang) yo‘naltiruvchi tekst usulini qo‘llashda ishlatilishi mumkin, lekin ularni qo‘shimchalar, asosan yo‘naltiruvchi savollar va maxsus tayyorlangan formulyarlar yordamida mukammalashtirish lozim.


    Eng avvalo, amaliyotda uchraydigan topshiriqlar orasidan bunga yaraydigan o‘quv topshiriqlar topilishi lozim. So‘ng bu topshiriqlar ichida poydevor kvalifikatsiyalar sohasidan olingan o‘quv maqsadlar rejalashtirilishi lozim. Agar masalan hamkorlik qobiliyati rivojlantirilishi ko‘zda tutilgan bo‘lsa, topshiriqlar tashkiliy jihatdan shunday qo‘yilishi kerakki, komandalar tuzilishi va shu orqali muloqotga ehtiyoj paydo bo‘lishi kerak. Chunki bu topshiriqlarni o‘quvchilar faqat bir biri bilan kelishib olgan holdagina bajara olishlari mumkin.


    Lekin bu topshiriqlar aniq belgilangan bo‘lishi kerak, ya’ni ularni o‘quv nuqtayi nazardan unumli bajarish mumkin bo‘lishi hamda hajmi va qiyinligi jihatidan belgilangan o‘quv mazmunlarga javob berishi kerak.


    Shuning uchun har xil vaziyatga mos yo‘naltiruvchi tekstlar ishlab chiqarish mumkin:


    buyurtma va buyurtma turiga asoslangan yo‘naltiruvchi tekst


    – korobka peredachni montaj qilish;


    mahsulot yoki loyihaga asoslangan yo‘naltiruvchi tekst;


    – payvandlash uskunasini ishlab chiqish faoliyatga asoslangan yo‘naltiruvchi tekst;


    – rezba ochish korxona bo‘linmalariga mos yo‘naltiruvchi tekst;


    – buxgalteriya ish o‘rniga mos yo‘naltiruvchi tekst;


    – tijorat takliflarni ishlab chiqish bo‘yicha ish o‘rni.


    Kvalifikatsiya (malaka) tushunchasi kiritilishi bilan Germaniyada quyidagi narsa belgilab qo‘yildi: «O‘quvchiga u malakali kasbiy faoliyatni amalga oshirishi uchun kerakli qobiliyatlar o‘rgatilishi lozim, shu jumladan mustaqil ravishda rejalashtirish, amalga oshirish va tekshirish qobiliyatlari. Bu qobiliyatlar o‘rgatilganligi imtihonlarda ham tasdiqlanishi lozim». (Kasb-hunar ta’limi nizomlaridan sitata)


    Bu talabdan kelib chiqqan xulosa shuki, baholashda qo‘shimcha ravishda shaxsiyatga oid qobiliyatlar, masalan rejalashtirish qobiliyati, qaror qabul qilish qobiliyati va boshqa shu kabi qobiliyatlar, ya’ni «poydevor kvalifikatsiyalar» yoki «ustivor kvalifikatsiyalar» deb atalgan qobiliyatlar ham baholanishi lozim. Bu degani, o‘quvchi biror ish topshirig‘iga yozma ravishda tayyorgarlik ko‘rishi, ish rejasini tuzishi va ishni bajarish paytida o‘zini tutishi hamda o‘z-o‘zini baholashi ham baholanadi.


    Bunday baholar uchun maxsus «Nazorat varag‘i» va «Kontrol varag‘i» ishlab chiqiladi va ular yordamida o‘quvchiga yakuniy baho quyiladi.


    Amaliy ko‘nikmalarni baholash bilan birgalikda o‘zini tutish tarzlari ham baholanishi mumkin.


    9.2. Mustaqil ta’lim rejasini tuzish, uni tayyorlashni o‘rganish. Mustaqil ta’limni olib borish bo‘yicha, mavzular, ularning rejasi, shakllari, ma’ruzalar, referatlar, davr-suhbatlari, bibliografiyalar tuzish va boshqalar
    Nazariy darsdan yaxshiroq ravishda, bu holda effektiv o‘quv maqsadlarga erishish mumkin.

    Baholash kriteriylari shunday bo‘lishi mumkin:


    – o‘quvchining ishga munosabati;


    – diqqat-e’tibori va konsentratsiyasi;


    – ish jarayonlarini tushunishi;


    – mehnatda tartibliligi va sistematik ravishda harakat qilishi;


    – o‘rganishga tayyorligi;


    – unumli ish tarzi va hokazo.


    Baholash kriteriylarini tanlash uchun quyidagicha harakat qilish tavsiya etiladi:


    1.Ta’limning boshlanishida

    - ishtiyoq


    - aql-zakovat


    - motivatsiya


    - chidamlilik


    - diqqat-e’tibor


    - konsentratsiya


    2.Ta’limning kechroq davrlarida


    - shaxsiy javobgarlik asosida ish-harakat


    - ishni bajarish paytida puxtalik


    - o‘ziga nisbatan tanqidli nazorat


    - maqsadga qaratilgan ish-harakat


    Kishi haqidagi «birinchi taassurot» eng muhim taassurotdir degan fikr ko‘p uchraydi. Lekin ana shu «birinchi taassurot» ko‘zga ko‘rinmas ba’zi omillarga asoslangan bo‘ladi:


    – ma’lum belgili kishilarga nisbatan salbiy fikrda bo’lish;


    – instruktorning boshidan kechganlari, masalan baholanadigan o‘quvchi unga kimnidir eslatayotgani.


    Birinchi taassurotlar ertami-kechmi baribir tasdiqlanadi degan gap psixologiyaga asoslangan va «o’zi-o‘zini ro‘yobga chiqaradigan bashorat» deb ataladi. Baholovchi shaxs k ko‘pincha o‘zining birinchi taassurotini tasdiqlaydigan barcha narsani qayd qiladi-yu, bu taassurotni tasdiqlamaydigan narsalarga esa odatda e’tibor bermaydi.


    o‘zini oqlagan baholash instrumentlari:


    – erkin tarzdagi baholash (og‘zaki yoki yozma ravishda);


    – belgilangan tarzda baholash (formulyar).


    Bu holda quyidagi klassifikatsiya usullari qo‘llanadi:


    – raqamlar shkalasi asosida, ballar asosida baholash kabi;


    – og‘zaki baholash shkalasi, ya’ni o‘zini tutish tarzlarining qisqa og‘zaki ta’riflari beriladi;


    – og‘zaki ta’riflar ro‘yxat shaklida beriladi, tegishli ta’riflar tagiga chizib quyiladi;


    O‘quvchi va Instruktor ish jarayonini va natijalarini birgalikda yakuniy suhbat davomida tahlil qilishadi (asl ko‘rsatkichlarni norma ko‘rsatkichlari bilan taqqoslash; norma ko‘rsatkichlariga erisha olmaganlik sabablarini aniqlash. Keyingi safar nimalar yaxshiroq qilinishi lozim?).


    Buning uchun Instruktor «Nazorat protokoli» hamda «xulosalar protokoli»dan foydalanadi.


    Kasb-hunar ta’limi pedagogikasi – pedagogikaning bir bo‘limi bo‘lib, u ta’lim psixologiyasi, tarbiya psixologiyasi, sotsiologiya va mehnatshunoslik bilan uzviy bog‘liqdir. Bugungi kunda unga sanoat, ishlab chiqarish va mehnat pedagogikasining maxsus savollari qarashlidir.


    Kasb-hunar ta’limi pedagogikasining bo‘limlari juda keng.


    Bu bo‘limlar umumiy kasb-hunar ta’limi pedagogikasining asoslarini va asosiy savollarini, kasb-hunar maktab ta’limi pedagogikasi, mehnat pedagogikasi, kasb-hunar ta’limi qiyosiy pedagogikasi, hunar yo‘nalishi didaktikasi, mutaxassislikni qayta tiklash (reabilitatsiya), shuningdek, uchinchi dunyo mamlakatlaridagi kasb-hunar ta’limining asosiy masalalarini o‘z ichiga qamrab olgan.


    Bundan tashqari, ular kasb-hunar tarbiyasining ijtimoiy-psixilogik shart-sharoitlarini, kasb-hunar ta’limi nazariyasini, shuningdek, kasb-hunar ta’limi huquqini ham qamrab olgan.


    (qiyoslang: «Kasb-hunar ta’limi pedagogikasiga kirish", Andreas Shelten)


    Ingliz tilida so‘zlashuvchi mamlakatlarda «Educational Technology» (ta’lim texnikasi) deb nomlangan o‘xshash fan mavjud, ammo uning mazmunida hech qanday bevosita o‘xshashlik yo‘q. Bu fanda ham shunday mavzular berilgan: masalan, «audiovizual vositalar», «o‘quv jarayoni», «ta’lim metodlari va strategiyasi», «baholash texnikasi» va boshqalar.


    «Ta’lim texnikasi» - butun o‘qitish va o‘qish jarayonini ishlab chiqish, o‘tkazish va baholashning sistematik yo‘li bo‘lib, u maqsadga erishishga yo‘naltirilgan bo‘lib, insonlar o‘rganish qobiliyati va insonlar o‘rtasidagi muloqot to‘g‘risidagi tadqiqotlar natijasiga va ta’lim jarayonini yanada samarali tashkillash uchun jonli va jonsiz resurslar bilan shug‘ullanishga asoslangan."


    (Commission of Instructional Technology (Ta’lim texnikasining komissiyasi), AQSh). «Didaktika» tushunchasi (grekcha «didaskein») «o‘qitish va o‘qish nazariyasi» degan ma’noni bildiradi. Didaktika nazariy va instruktaj o‘tkazishning maqsadi, mazmuni, metod va shart-sharoitlarini belgilaydi.


    Didaktika instruktor va texnik o‘qituvchiga to‘g‘ri pedagogik munosabat to‘g‘risidagi bilimlarni beradi. Keyinchalik esa gap “nimani va nima uchun o‘qitish kerak?” va «qaysi tarzda va nimalar yordamida o‘qitish kerak?" mavzulari orasidagi munosabat to‘g‘risida boradi.


    Bunda quyidagi savollar asosiy rol o‘ynaydi:


    o‘qish va o‘qitish jarayonida qanday maqsadlarga erishilishi lozim?


    qanday mazmunlarni o‘qitmoq kerak?


    qanday dastlabki shart-sharoitlarga e’tiborni qaratmoq lozim?


    o‘qitish jarayonining qanday shaklini rejalashtirmoq kerak?


    Har qanday sharoitda ham quyidagilarga e’tiborni qaratmoq darkor:


    o‘quvchilar qanday bilimlar zaxirasiga ega?


    Ta’lim beruvchi shaxslarga qanday talablar qo‘yiladi?


    «Nima?» va «nima uchun?» degan savollarga javob o‘qish maqsadlari asosida belgilanadi.


    Shunday qilib, «nima?» degan savol nazariy va amaliy darslardagi mavzular va mazmunlarni anglatadi. Bunday sharoitda eng asosiysi mazmun hisoblanadi.


    «Maxsus didaktika» didaktika va biror aniq yo‘nalishdagi fanning maxsus mazmuni o‘rtasida aloqa o‘rnatishga harakat qiladi.


    Maxsus didaktikada e’tibor o‘quv amaliyotining maxsus muammolariga qaratiladi. «Texnik chizmalar» sohasining maxsus didaktikasi «Matematika» sohasining maxsus didaktikasidan ma’lum detallar orqali ajralib turishi kerak.


    Didaktika va metodika (uslubiyat) bir-biri bilan uzviy bog‘liq.


    Metodika deganda ilmiy usullar haqidagi fan tushuniladi. Bu fan didaktining bir bo‘limidir.


    Didaktika «nima» va «nima uchun» o‘qitish kerak degan savollar bilan shug‘ullansa, u bilan uzviy bog‘liq holda metodika esa «qaysi tarzda» va «nimalar yordamida» o‘qitish masalalari bilan shug‘ullanadi. Bunda amaliy usullar tizimi maxsus sohaning mazmuniga bog‘liqligini hisobga olish zarur.


    Boshqacha qilib aytganda, o‘qitish metodikasi – bu turli xil yo‘llar va usullar tizimi bo‘lib, belgilangan maqsadlarga o‘quv-didaktik mate-riallaridan foydalangan holda erishish maqsadida nazariy dars va ins-truktaj paytida qo‘llanadi.


    Didaktika va metodika bir medalning ikki tomonidir; «Nima uchun va nima», ya’ni didaktika «qaysi tarzda va nimalar yordamida», ya’ni, metodikani belgilaydi.


    Misol uchun, nazariy dars o‘qituvchisi «matematika» darsida bosh-qacha usullarni qo‘llaydi, ustaxonada «Eniga yo‘nish» (prodolnaya obtochka) mavzusi bo‘yicha instruktaj berayotgan instruktor esa bosh-qacha usullarni qo‘llaydi. Ikkala hol ham nazariy bilimlarni berish jarayonlaridir.


    Ya’ni yaqqol ko‘rinib turibdiki, ularning maqsad, mazmun, qo‘llangan usullari hamda o‘quv-didaktik materiallari va qo‘llanadigan baholash usullari bir biridan farqlanadi.


    Didaktik prinsiplar nazariy dars va instruktaj mazmunlari, usuli va tashkiliga tegishlidir. Didaktik prinsiplar o‘qitish va o‘qish jarayonida qoidalar sifatida qo‘llanish uchun ishlab chiqilgan. Ularni har doim ham bir biridan aniq ajratib bo‘lmaydi. quyidagi prinsiplar qandaydir tushunchalar emas, balki o‘qitish va o‘qish vaziyatlarini samarali tashkil qilish bo‘yicha qoidalar bo‘lib, kasb-hunar ta’limi amaliyotining tajribasiga asoslangan. O‘quvchi o‘zi harakat qilgan paytda eng yaxshi o‘rganadi va o‘zlashtiradi. Shuning uchun o‘quv vaziyati shunday tashkil qilinishi kerakki, o‘quvchi bir necha ish-harakatlar qilishi kerak bo‘lsin.


    O‘quvchilar har bir darsda unumli ravishda faol bo‘lishi lozim, chunki o‘zi nimanidir qilayotgan paytda o‘quvchi bu narsani ongliroq ravishda o‘zlashtiradi va bu bilim xotirasida chuqurroq o‘rnashib qoladi.


    Buning natijasida o‘quvchilar bilimlarni yaxshiroq va chuqurroq o‘zlashtiradi va eslab qoladi hamda ularning qiziqishi ortadi. Ba’zi bir kvalifikatsiyalarga esa, masalan mustaqillik va individual ravishda o‘rganish kabi qobiliyatlarga faqat shu tarzda erishish mumkin xolos. Buning uchun, albatta, instruktor yoki o‘qituvchi juda yaxshi uslubiy qobiliyatlarga va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak.


    Nima o‘qitilayotgan yoki o‘qilayotgan bo‘lsa ham, bu narsa albatta amaliyotga taalluqli bo‘lishi shart. Bu o‘quvchilarning o‘qishga ishtiqg‘ini kuchaytiradi, chunki ular kasb-hunar amaliyotida haqiqatdan ham qo‘llaniladigan bilimlarni o‘rganayotganliklarini biladi.


    Nazariy bilimlar doim kasb-hunar amaliyoti bilan bog‘lanishi lozim. Amaliy ta’lim ham o‘z navbatida nazariy bilimlarga asoslangan bo‘lishi kerak. Mashg‘ulot jarayonida o‘quvchilarning individual o‘rganish-o‘zlashtirishini kuchaytirish uchun o‘quv materialini o‘zlashtirish paytida iloji boricha ko‘proq sezgi organlari ishga solinishi kerak. Bilimlarni iloji boricha ko‘rgazmali va real hayotga yaqin qilib taqdim qilish - bir tomondan tilning tushunarliligini va ta’lim jarayonida audio-vizual vositalardan foydalanishni talab qilsa, ikkinchi tomondan, u bevosita ish holatida va real obyektlarda o‘qitishni talab qiladi. Dars jarayonida bilimlarni ko‘rgazmali berilsa, o‘quvchilar bu bilimlarni o‘zlashtirishlari osonlashadi va o‘quv jarayoni yanada qiziqarli bo‘ladi. Real obyektlarda o‘qitish doim eng birinchi o‘rinda turishi kerak.


    O‘quv materialining mazmuni shunday tanlangan va tuzilgan bo‘lishi kerakki, o‘quvchilar uni o‘zlarining avvalgi bilimlari bilan bog‘lay olishlari va uni tushunishda qiynalmasligi lozim. Ya’ni o‘quv materialining mazmuni, shuningdek o‘qituvchi va instruktorning tili va fikrlarini ifodalash usuli o‘quvchining bilim saviyasiga mos kelishi lozim, ammo o‘qituvchi ilmiy tildagi terminlardan foydalanmasligi kerak degani emas. (karang: «Ta’limning asosiy qoidalari")


    o‘qituvchi yoki instruktor o‘quv materialining mazmunini tushuntirish uchun har doim yaxshi namunalarni tanlashga harakat qilishi kerak. Yaxshi model, amaliyotdan tipik misollar, yaxshi hamda yomon mahsulotlar ham kutilgan darajadagi natijaning sifati qanday bo‘lishi yoki bo‘lmasligini aniq ko‘rsatadi. Berilayotgan bilimlarni o‘rgatish uchun bu bilimlar kerakli miqdorgacha qisqartirilishi lozim. O‘quv materialining hajmi juda kattaligi sababli, undan aynan kasb-hunar vazifalarini bajarish uchun kerakli qismlar tanlab olinishi kerak.


    Kompleks (umumiy) va murakkab topshiriqlar doimo didaktik ravishda osonlashtirilishi lozim, lekin ma’nosi o‘zgarmasligi shart.


    Shuning uchun agar faqat boshlang‘ich bilimlar kerak bo‘lsa, o‘quv materialini iloji boricha oddiyroq tushuntirishga va nihoyatda ko‘p va keng o‘quv materiali bilan o‘quvchini qiynamaslikka harakat qilish kerak. Tajribali o‘qituvchi murakkab narsalarni oson so‘zlar bilan tushuntira oladi.


    o‘quv materiali shunday tanlanishi kerakki, u haqiqiy va ilmiy jihatdan aniq tasdiqlangan yoki ilmiy tadqiqotlar asosida sinalgan bo‘lishi kerak, shuningdek, fanning yangi yutuqlari va kashfiyotlarini o‘zida aks ettirishi lozim. O‘qituvchining taxminiga yoki subyektiv fikriga asoslangan material qo‘llanmasligi kerak. O‘qituvchi o‘rgatgan bilimlar albatta nazariy tasdiqlangan va amalda sinalgan bo‘lishi shart.


    O‘qituvchi o‘rgatgan bilimlarni o‘quvchilar amalda ko‘llay bilishlari kerak. Shuning uchun ham bu bilimlar ko‘llanarli va amaliy vaziyatda sinalgan bo‘lishi zarur. Bunday amaliy vaziyatlar o‘qituvchi tomonidan (eksperiment, tajriba… asosida) yaratilishi lozim.


    Kishi ko‘rgan, eshitgan yoki qilgan narsalar tez unutilishi mumkin. Shu sababli albatta mashqlar o‘tkazish va muammo hamda savollar yechimini topish zarur. o‘qishdagi muvaffaqiyat baholanishi va tan olinishi kerak. Bu o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida doimiy o‘zaro aloqa bo‘lishini talab qiladi, natijalar esa maxsus «Baholash varaqlari»da qayd qilinishi kerak.


    Ma’lumki, didaktik prinsiplari bilan bir qatorda o‘qitishning asosiy qoidalari ham bor.


    Ular, umuman olganda, o‘qituvchi faoliyatining yo‘l-yo‘rig‘i sifatida xizmat qiladi, alohida olganda esa tushunarlilik prinsipini qo‘llab-quvvatlaydi.

    O‘qitishning asosiy qoidalari:


    Tushunarlidan tushunarsizga.


    Yaqindan uzoqqa.


    Osondan qiyinga.


    Aniqdan mavhumga.


    Umumiydan xususiyga.


    Umumlashtirilgandan yakkaga.


    Didaktik xatti-harakatlar deganda biz o‘qituvchining ta’lim jara­yo­ni­ni didaktika va metodika bilimlarini qo‘llash orqali tashkillashtirish xat­ti-harakatlarini tushunamiz.


    Ular o‘zaro bog‘liq va aylanma harakatda amalga oshadigan o‘qitish tadbirlari modeliga asoslangan.


    Ya’ni ular mashg‘ulot jararyonida yoki ish o‘rnida o‘qituvchi to­mo­­nidan muntazam ravishda takrorlanadigan tadbirlarni bildiradi. Ular bi­ror jarayonning barcha elementlarini qamrab oladi, misol uchun aniq bir nazariy darsni yoki instruktajni o‘tkazish uchun «Tayyorgar­lik ko‘­rish-o‘tkazish-Baholash» kabi harakatlar kerak.


    Didaktik xatti-harakatlar quyidagi savollar bilan uzviy bog‘liq:


    1. Kimlar o‘qitadi?


    2. Kimlarni o‘qitish kerak?


    3. o‘qitish orkali qanday maqsadlarga erishish kerak?


    4. Maqsadlarga erishish uchun qanday mazmunlarni o‘qitish kerak?


    5. Nazariy yoki amaliy darsda qaysi usullar yordamida o‘qitish kerak?


    6. Nazariy yoki amaliy dars qanday sharoitda o‘tkazish kerak?


    7. o‘qishni qanday tashkil qilish kerak?


    8. Ko‘zlangan maqsadga erishishni tekshirish uchun natijalar qan­day baholanadi?


    Nazariy bilimlarni o‘qitish bo‘yicha quyidagi didaktik xatti-hara­katlarni ko‘rsatish mumkin:


    1. Nazariy dars yoki instruktajga oid dastlabki shart-sharoitlar va tayyorgarlikni baholash.


    2. O‘quv maqsad va o‘quv mazmunlarni belgilash.


    3. Nazariy dars va instruktaj rejalarini ishlab chiqish.


    4. O‘quv-didaktik materiallarni tayyorlash.


    5. Nazariy dars va instruktajlarni o‘tkazish.


    6. Nazariy bilimlarni baholash.


    Didaktik xatti-harakatlar amaliy qobiliyatlar va ko‘nikmalarni o‘qi­tish sohasida tegishli bosqichlarga bo‘linishi mumkin.


    Bu erda bizga «Mukammal kasbiy harakat modeli» ma’lum. Uning 6 bosqichi esa Germaniya ta’lim tizimida «Yo‘naltiruvchi tekst usuli» nomi bilan aytiladi. Bu 6 bosqichni o‘quvchilar har bir amaliy ish-hara­katni bajarish uchun mustaqil amalga oshirishlari kerak, faqat (kerak bo‘lganda) instruktorning rahbarligida:


    1. Ma’lumot yig‘ish:


    O‘quvchi berilgan ish topshirig‘ini tahlil qiladi va kerakli hamma ma’lumotlarni mustaqil ravishda yig‘adi.


    2. Reja tuzish:


    O‘quvchi mustaqil ravishda barcha kerakli ish bosqichlaridan iborat ish rejasini tuzadi.


    3. Qaror qabul qilish:


    O‘quvchi o‘qituvchi bilan birgalikda ish rejasini amalga oshirish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.


    4. Amalga oshirish:


    O‘quvchi ish rejasi asosida ishni mustaqil bajaradi.


    5. Tekshirish:


    O‘quvchi ish natijasini mustaqil tekshiradi va «Baholash varag‘i»ni to‘ldiradi.


    6. Xulosa chiqarish:


    O‘quvchi va o‘qituvchi birgalikda ish jarayonini, shuningdek, ish natijalarini tahlil qiladi va xulosa chiqaradi.


    Instruktor va o‘qituvchining turli xil topshiriqlaridan uning tipik top­shiriqlarini ajratish mumkin. Ular ta’limga qarashli faoliyat bilan o‘zaro bog‘liq.


    O‘zaro bog‘liq bilimlar, strategiya, texnika va tadbirlardan iborat bunday tuzilishni (strukturani) biz «faoliyat sohasi» deb nomlaymiz.


    Ammo buni o‘qituvchi yoki instruktorning yuqorida ko‘rsatilgan didaktik xatti-harakatlar bilan adashtirish mumkin emas, chunki didaktik xatti-harakatlar aynan nazariy dars yoki instruktajlarning sikli bilan bog‘liqdir. Faoliyat sohasi ko‘proq narsani o‘z ichiga oladi.


    Faoliyat sohalarini belgilashning maqsadi – o‘qituvchi va instruk­tor­ning turli xil topshiriqlaridan tipik topshiriqlarini ajratish va ta’riflash. Bun­­day faoliyat sohasi turli topshiriqlar miqdorini o‘z ichiga olishi mum­kin, ya’ni u keng ham tor ham bo‘lishi mumkin.


    Albatta, faoliyat sohasi o‘z ichiga didaktik xatti-harakatlarni qamrab olgan, lekin bu harakatlar uning faqat bir qismini tashkil qiladi.


    Seminarning keyingi bo‘limlarda o‘quv materiali faoliyat sohalarga bo‘lingan. Biz faoliyat sohalarini keng ko‘lamli qilib tuzdik va ulardan mazmunlarni tuzish asosi sifatida foydalandik. Nega deganda, bu shakl bilimlarni amaliyotga yakin ravishda o‘qitishni osonlashtiradi.


    Loyiha usuli doirasidagi tashkiliy shakllar. Amaliy ta’limni «Lo­yiha usuli»ni qo‘llash orqali amalga oshirish uchun 3 xil tashkiliy shakllar qo‘llanadi. Bu tashkiliy shakllar poydevor kvalifikatsiyalar ri­voj­lanishiga ma’lum ravishda ko‘maklashishadi:


    mustaqil rejalashtirilgan individual ish,


    guruhda rejalashtirilgan individual ish hamda


    guruhda bajariladigan ish.


    Tashkiliy shakllar va poydevor kvalifikatsiyalar orasidagi o‘zaro aloqa yaqqol va tushunarli, chunki mustaqil rejalashtirilgan individual ish paytida individual shaxsiyatga oid va kasbiy kompetensiyalar (ish top­shirig‘ini o‘zi tashkillashti­rish va amalga oshirish qobili­yat­lari, mustaqillik va shaxsiy javobgarlik, chidamlilik va ho­kazo) rivojlansa, guruhda reja­lash­tirilgan individual ish ham­­da guruhda bajariladigan ish paytida esa ijtimoiy va kasbiy kom­petensiyalar (mulo­qot va ham­korlik qo­biliyati, reja­lashtirish va qaror qabul qilish qobiliyati, jamoiy javob­garlikni ang­lash va boshqa qobiliyatlar) rivojlanishiga hissa qo‘shishadi.


    Mustaqil rejalashtirilgan in­dividual ish:


    O‘quvchiga loyiha hujjatlari berilgandan keyin u o‘z loyihasini rejalashtiradi, butunlay shaxsiy javobgarlikda individual ravishda ishlab amalga oshiradi va natijalarini o‘zi tahlil qiladi.


    O‘quvchilar orasida Hech qanday muloqot yuzaga kelmaydi.


    Guruhda rejalashtirilgan individual ish:


    Guruhga loyiha hujjatlari berilgandan keyin guruh o‘quvchilari birgalikda „Ma’lumot yig‘ish - Rejalashtirish – qaror qabul qilish" bosqichlarini amalga oshirishadi. Undan keyin esa har bir o‘quvchi individual ravishda ishlab o‘z loyihasini amalga oshiradi. Ya’ni, rejelashtirish paytida u boshqalar bilan birgalikda javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi, lekin amalga oshirish paytida shaxsiy javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi.


    Guruhda bajariladigan ish:


    Guruhga loyiha huj­atlari berilgandan ke­yin guruh o‘quv­hilari birgalikda umu­miy re­jani tuzishadi. Ke­yin loyiha bir necha «qisman loyiha»larga bo‘linadi va ularni bir biriga bog‘lovchi kasbiy bo‘g‘inlar gu­ruhda kelishib olinadi. Detalli rejalashtirishni esa har bir o‘quvchi o‘zi amalga oshiradi. So‘ng har bir o‘quvchi yoki kichik guruh o‘zining qis­man loyihasini tuzadi. Bu holda ularning hammasi qisman loyihalarni ish­lay oladigan yaxlit loyihaga birlashtirish uchun birgalikda javob be­rishadi.


    Instruktorlar va kasb-hunar ta’limi o‘quv yurtlari o‘qituv­chilarining vazifalar doirasi. Instruktor qanday qobiliyat va ko‘nik­malarga ega bo‘lishi kerakligini va u shu qobiliyat va ko‘nikmalarni qan­day o‘rganish mumkinligini aniqlash uchun instruktor o‘zining fao­liyati sohasida bajaradigan vazifalarini o‘rganish zarur. Germaniyada ins­truktorlar hamda KXTBYu (kasb-hunar ta’lim bilim yurti) o‘qi­tuvchilari asosan shunday shaxslar hisoblanadiki, ular ham ishlab chi­qarishda (ya’ni korxona va firmalarda), ham KXTBYuda ham o‘quv­chilarni o‘qitishni olib boradilar.


    Agar instruktorlar o‘quvchilarni korxona va firmalarda o‘qitsalar, o‘qi­tuvchilarga KXTBYuda nazariy bilimlar berish topshirilgan. Instruk­torlarning vazifalar doirasi xilma-xil, ammo ko‘pincha u instruktorning qanday korxonada – kichik yoki katta korxonada ishlayotganiga, qanday ja­vobgarlikni – o‘quvchilar guruhigami yoki faqat bir o‘quvchiga mas’­ullikni olganligiga bog‘liq. Ba’zi korxonalarda o‘qitish uchun maxsus jihozlangan bo‘limlar, ya’ni o‘quv ustaxonalari yaratilgan. Bunday us­taxonada ishlaydigan instruktor vazifalarining doirasi juda keng bo‘ladi. Shu bilan bir qatorda boshqa variantlar ham mavjud, masalan, instruktor ustaxonada amaliy ta’limni o‘tkazgani kabi auditoriyada na­zariy darsni ham o‘tadi. Yoki asosan nazariy darslarni o‘tadigan o‘qi­tuvchi amaliy ta’limning alohida qismlarini ustaxonada o‘tadi.


    Yana shunday instruktorlar borki, ular o‘zlarini bu vazifada anglab bilmaydilar (shuningdek, instruktor kasbida ta’lim olmagan), ammo baribir ularga vaqtincha o‘quvchilarni kuzatib turish topshirilgan.
    Yukorida aytilganlardan kurinadiki, instruktor vazifalarining doira­sini bir ma’noda ta’riflash mumkin emas. Lekin faqat instruktorning aso­­siy vazifalarini bilgandagina, instruktor qanday kvalilfikatsiya va ta’limga ega bo‘lishi kerakligini aniqlash mumkin. Shu sababli, biz bu va­zifalar doirasini aniq ta’riflamoqchimiz va bunda taqqoslash va chegaralash uchun KHTBYu o‘qituvchisining vazifalari doirasini ham ko‘rib chiqishni mo‘ljallaganmiz.

    Instruktor va KHTBYu o‘qituvchilari «ikkiyoqlama kvalifi­ka­tsiya»ga ega bo‘ladilar.


    Bu yerda bir tomon­dan ular «ekspertlar» bo‘­lishi kerak bo‘lgan maxsus sohadagi qobi­liyatlar va ko‘nikmalari ko‘rib chiqiladi. Bun­day holatda «mutaxassislik» kvalifikatsiyasi deb nom­lanadigan kvalifikatsiya ko‘z­da tutiladi.
    Uning qobiliyat va ko‘nikmalarining ikkinchi sohasi «Kasb-hunar ta’lim pedagogikasi» bilim sohasiga kiradi. Bu yerda «pedagogik kvalifikatsiya» ko‘zda tutiladi. Mutaxassislik va pedagogik kvalifikatsiyalar instruktor va o‘qituvchining «ikki yoqlama kvalifikatsiyasi»ni tashkil etadi.
    Ularga o‘xshash munosabatda «kompetensiya» tushunchasi qo‘llaniladi.
    Mutaxassislik va pedagogik kompetensiyalar bilan bir qatorda instruktorda shaxsiyatga oid va ijtimoiy kompetensiyalar ham bo‘lishi kutiladi.
    Bu kompetensiyalar quyidagilarni o‘z ichiga oladi: o‘zini tutishi, o‘quv­chilar bilan munosabati, o‘qitish usuli, tashkilotchilik qobiliyati, odamlar bilan muomalasi va boshqalar.
    O‘qituvchining vazifalari doirasini ta’riflash oson bo‘lsada, instruk­torning kompetensiyasiga qanday vazifalar haqiqatdan kirishini aniqlash qiyinroq.
    Biz buni keng kompleks shaklda tasvirlashga harakat qilamiz. Biz bu ta’rifni ideal holatda, ya’ni katta bir ustaxonada ishlayotgan, ham amaliy ham nazariy bilimlarni o‘qitayotgan instruktorning vazifalari doirasidan ajratib olamiz.

    Bu instruktor o‘quvchilarni kuzatish uchun javobgar va (davlat tomonidan joriy qilingan) rejalash


    Tirish hujjatlari asosida, eng asosiysi «KURRIKULUM», ya’ni ta’­limning reja-dasturlar to‘plami deb nomlangan reja asosida o‘qitishni olib boradi.
    O‘quv tadbirlarni nazariya va amaliyotga bo‘lish qoida bo‘yicha shun­day bo‘ladiki, ta’limga ajratilgan vaqtdan 20% nazariyaga va 80% amaliyotga ajratiladi.
    Rejalashtirish vazifalari
    Kurrikulum asosida ta’limning maqsad va mazmunlarini tanlash va rejalashtirish.
    Kurrikulum asosida ta’limni korxonaning o‘quv rejasi va ins­truktorning o‘quv rejasini ishlab chiqish.
    Ta’limni tashkillash va o‘tkazish bo‘yicha hujjatlarni tayyorlash.
    O‘quvchilarning qobiliyatlarini va bilimlarini baholash bo‘yicha hujjatlarni tayyorlash.
    Korxonaning turli bo‘limlarida o‘quvchilarni o‘qitish joylarini rejalashtirish (o‘qish joylar rejasi).
    Qo‘yilgan maqsadlarga javob beradigan ish topshiriqlari va mashqlarni tayyorlash.
    Amaliy mashqlar hamda loyihalarni o‘tkazish uchun xomashyo va chiqim materiallarni rejalashtirish.
    Ustaxonada o‘qitish uchun kerakli sharoitlarni tayyorlash.
    o‘quv-didaktik materiallarni aniqlash, tanlash va zarur hollarda ishlab chiqish.

    Yangi o‘quvchilarni ish atrof-muhiti bilan tanishtirish.


    o‘quvchilarni mustaqil o‘qishga yoki amaliy topshiriqlarni mustaqil bajarishga jalb etish.
    Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha, shuningdek, amaliy top­shi­riqlar va mashqlarga taalluqli instruktajlar hamda ish o‘rnida o‘quv suhbatlar o‘tkazish.
    Ko‘nikmalarni berish, uskunalarni boshqarish yoki ishlab chiqa­rish va ta’mirlash ishlariga taalluqli demonstratsiyalarni (namoyishlarni) o‘tkazish.
    An’anaviy 4 pog‘ona usuliga yoki ta’limning boshqa muvaf­fa­qiyatli usullariga (masalan, barcha kasb-hunarlarda kerak bo‘lgan kva­lifikatsiyalarni berish bo‘yicha qaratilgan «Loyiha usuli»ga) asoslangan amaliy mashqlarni o‘tkazish.
    Ta’lim vositalari va o‘quv-didaktik materiallaridan foydalanib, nazariy mashg‘ulotlarni o‘tkazish.
    O‘quvchilarning amaliy natijalarini kuzatish, tahlil qilish va baholash.
    O‘quvchilarning o‘zlashtirilgan nazariy bilimlarini baholash.
    O‘quvchilarning ichki qarashlari va o‘zini tutishlarini baholash.
    Ta’limning mavjud sharoitlarining sifatini baholash.
    Rejalashtirish va tashkillashtirish bo‘yicha hujjatlarning sifatini baholash.
    O‘quv-didaktik materiallarning sifatini baholash.
    O‘zi bergan instruktaj va demonstratsiyalarni o‘zi baholash.
    O‘zi berilgan topshiriqlarning sifatini o‘zi baholash.
    Birinchi darajali vazifalar doirasi - poydevor vazifalar

    Nazariy darsni tayyorlash.


    Tegishli o‘quv vositalari va usullaridan foydalanib, nazariy darsni o‘tkazish.
    Og‘zaki yoki yozma testlarni, shuningdek, uy vazifalarini tayyorlash va o‘tkazish.
    Natijalar bo‘yicha hisobot tuzish.
    Ikkinchi darajali vazifalar doirasi
    Korxonalarga ekskursiyalarni rejalashtirish va o‘tkazish.
    O‘quvchilarga kasbiy orientatsiya berish.
    Ota-onalar bilan, shuningdek, korxonalar bilan ta’lim masalalari bo‘yicha aloqa bo‘lishini ta’minlash.
    Yakuniy imtihonlarni tayyorlash va natijalarini tahlil qilish.
    O‘quvchilar guruhi uchun javobgarlikka mos bo‘lgan maxsus vazifalarni bajarish (sinf rahbarining vazifalari).
    Uchinchi darajali vazifalar sohasi – ma’muriy va ishlab chiqish vazifalari
    Maktabdagi konferensiyalarga qatnashish.
    Ma’muriy ishlar uchun, masalan, maktab kutubxonasida, texnik vositalar markazida, shuningdek, boshqa bo‘limlarda, alohida javob­garlik.
    Kurrikulum, shuningdek, texnik vositalarni ishlab chiqishda qatnashish.
    O‘qituvchilar malakasini oshirish bo‘yicha vaqti-vaqti bilan bo‘ladigan kurslarida qatnashish.
    O‘qituvchining birinchi darajali vazifalar doirasidagi yuklamasi aniq bo‘lgani uchun, u o‘quvchilarni bevosita o‘qitadigan soatlar soni aniq­lanadi. Hozirgi kunda Germaniyada u haftasiga taxminan 26 soatni tash­kil etadi, guruhlar esa ko‘pi bilan 20 o‘quvchidan iborat bo‘ladi.
    Qolgan vaqtda o‘qituvchi ikkinchi va uchinchi darajali vazifalari bilan shug‘ullanadi. Buning uchun oldindan vaqt belgilanmagan bo‘lsa-da, ammo u majburiy mashg‘ulotlarni o‘tkazishdan ozod qilinishi mumkin. Bundan tashqari, o‘qituvchilar ihtiyoriy ravishda kechki mash­g‘ulotlarni utkazishlari, boshka o‘quv yurtlarida ma’ruzalar (leksiya) o‘qishlari, shuningdek, publitsistik faoliyat bilan shug‘ullanishlari mumkin.

    Instruktor va o‘qituvchilarning bu yerda ko‘rsatilgan vazifalari doi­rasining tuzilishi va taqsimoti amalda shunday aniq shaklda har doim ham uchrayvermaydi.


    Instruktor va o‘qituvchilarning turli harakatlaridan asosiy vazifalarni ajratish mumkin. Bu vazifalar ta’lim doirasidagi turli harakatlarning ich­ki o‘zaro aloqalar orqali bir-biri bilan bog‘langan.
    Bu munosabatda hozirgi kunda biz «faoliyat sohalari» haqida ga­piramiz. Agar ular aniq belgilangan bo‘lsa, reja tuzish, amalga oshirish va baholash kabi asosiy vazifalarni ta’riflaydi. Shu sababdan bu asosiy vazifalar o‘qituvchilarni tayyorlashda qanday kvalifikatsiyalarga e’tibor berish kerakligini aniqlash uchun yaxshi zamin bo‘la oladi.

    Hozirgi vaqtda Germaniyada instruktorlarni tayyorlashda kasbiy tayyorgarlikning mazmuni ana shunday faoliyat sohalariga asoslanadi.


    Instruktor va o‘qituvchilarning ta’limi. Odatda Germaniyadagi ins­truktorlar o‘z kasbi bo‘yicha bir-necha yillik tajribaga ega bo‘lgan va «Instruktorlikka layoqatlik imtihoni» deb nomlangan imtihondan o‘tgan ishchi-mutaxassislar, guruh rahbarlari, sanoat va hunarmanchilik usta­lari, o‘rta darajadagi menedjerlardir. Bu imtihon Sanoatchilar Palatasi yoki Savdo Palatasi tomonidan o‘tkaziladi, unda instruktorning kasbiy va mehnat-pedagogik yaroqligi tekshiriladi. Imtihonni muvaffaqiyatli top­shirganligi haqida sertifikatga ega bo‘lgan instruktorlargina o‘quv­chilarni o‘qitish xuquqiga egalar.


    Firma o‘quvchilarni o‘qitish xuquqiga faqat shunda ega bo‘ladiki, qachonki shu firmaning birorta hodimi bu sertifikatga, ya’ni o‘qitish xuquqiga ega bo‘lganda. Agar firma o‘quvchilarni o‘qitishga qaror qilsa, unda u tanlangan shaxsni instruklarni tayyorlash kursiga yuboradi. Bun­day kurslar odatda yakshanba kunlari yoki Hafta o‘rtasida 2 kun kech­qurun Savdo yoki Sanoat Palatari tomonidan o‘tkaziladi va taxminan 120 soatga mo‘ljallangan bo‘ladi.
    Kurs mazmunlari Germaniya Federativ Respublikasi Kasb-hunar ta’limi Federal Instituti (BiBB) tomonidan tavsiya qilinadi va «Instruktorlikka yaroqliq bo‘yicha nizom» (AEVO) shaklida joriy etiladi.

    Download 190 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 190 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mustaqil ishlarga qo’yiladigan metodik talablar

    Download 190 Kb.