Mustaqil ishlarning ayrim turlarining bajarilishiga to’xtab o’tamiz




Download 190 Kb.
bet5/9
Sana18.10.2022
Hajmi190 Kb.
#27415
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
asatillayeva Geografiya darslarida innovatsion texnologiyalardan
talaba-varaqasi-354181100131-3, 8-13-ma\'ruza (1), raqali iqtisodiyot qo'llanma, 1-amaliy topshiriq dtst, 1-amaliyot OT
Mustaqil ishlarning ayrim turlarining bajarilishiga to’xtab o’tamiz.
Tabiiy geografiya kurslarida va regional kurslarda o’quvchilar quyidagi mustaqil ishlarni bajarishlari mumkin.
1. Biron mavzuga oid o’quv kinofilmni ko’rib chiqqach, ilgari egallagan bilim va tajribaga tayanib berilgan topshiriqlarga javob berish.
2. O’rganilgan bilim mazmunini aks ettiruvchi misol va xulosalarni darslik matnidan topish.
3. Darslik illyustratsiyasi, sxemalari va raqamli materiallarini tahlil qilib, topshiriqqa javob tayyorlash. Darslik matni bo’yicha hikoya rejasini tuzish.
4. Atlas kartalaridan muhim ob’yektlarni belgilash, kartalarni qiyoslab xulosalar chiqarish.
5. Ta’lim vositalari bilan mustaqil ishlash. O’quvchilar ta’lim vositalarini sinchiklab ko’rib chiqadilar, topshiriqlarga javob beradilar, xulosalar chiqaradilar.
6. Tabiat hodisalarini kuzatadilar, kuzatish natijalarini ishlab chiqadilar, tegishli xulosalar chiqaradilar.
7. Ilgari egallagan geografik bilimlar asosida ob’yekt va hodisalarni mustaqil qiyoslab, tegishli xulosalar chiqarish. Masalan, Yevrosiyo relyefi va iqlimi haqida egallagan bilimlariga tayanib, o’quvchilar G’arbiy Yevropa bilan Sharqiy Osiyo daryolari xususiyatini, rejmini mustaqil aniqlashlari mumkin.
8. Geografik kartalar bilan olib boriladigan mustaqil ishlar hajmi kengaytiriladi, o’quvchilar foydalanadigan kartalar miqdori ko’paytiriladi. Tematik kartalar o’zaro qiyoslanib, xulosalar chiqariladi.
9. Yozuvsiz kartalarga tushirilgan ob’yekt va hodisalarning xususiyatlarini so’zlab berish talab etiladi.
Umuman o’quvchilar bajaradigan barcha mustaqil ishlarni maqsadga ko’ra asosan 3 guruhga bo’lish mumkin.

  1. Ko’nikmalarni amalga tatbiq etadigan va rivojlantiradigan ishlar: adabiyotlar bilan ishlash, hodisalarning asosiy belgilarini va geografik ob’yektlarning o’ziga xos xususiyatlarini aniqlash, nazariy bilimlarini o’quvchilarga hali ma’lum bo’lmagan yangi fakt va hodisalarga tadbiq etish.

  2. O’quvchilarning faoliyati jarayonida ularning faolligini oshiruvchi ishlar: aqliy harakat usullaridan foydalanuvchi mashqlar.

  3. O’quvchilarning bilish faoliyatlarini rivojlantiruvchi va bu jarayonda yangi bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantiruvchi ishlar.

Didaktikada o’quvchilarning mustaqil ishlarini asosan 3 bosqichga bo’lish mumkin. (tayyorgarlik nuqtai nazariyadan)
1. Mustaqil ishga tayyorlovchi dastlabki mustaqil ishlar (ularni bajarish usullari, qoidalari, sinfda o’rgatiladi.)
2. O’qituvchining bevosita rahbarligi ostida bajariladigan yarim mustaqil ishlar.
3. Haqiqiy mustaqil ishlar.
Mustaqil ishlar oddiydan asta-sekin murakkablashtirib boriladi. Mustaqil ishlarning murakkablashib borilishini M.K.Kavalevskaya 3 bosqichga bo’lgan:

  1. Yangi fakt va hodisalarni izlashni talab etuvchi nisbatan yengil topshiriqlar. Bular “qayerda?”, “qay vaqtda?”, “qancha?” degan savollarga javob beruvchi topshiriqlarni o’z ichiga oladi. Masalan: “O’zbekistonning qayerlarida temir, ruda konlari joylashganligini aniqlang”, “O’zbekistonning qayerlarida yirik GESlar va GRSlar qurilgan?”

  2. Geografik hodisalarning sabab –oqibatlarni belgilash va tushuntirishni talab qiluvchi nisbatan murakkabroq topshiriqlar.

  3. Fakt va hodisalarni umumlashtirishni talab etuvchi nazariy yo’nalishdagi muhim va qiyin topshiriqlar. Bunday topshiriqlar umumiy tushuncha, qonuniyatlar va ish usullarini tushintirishni nazarda tutadi.


Download 190 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 190 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mustaqil ishlarning ayrim turlarining bajarilishiga to’xtab o’tamiz

Download 190 Kb.