O’zbekiston geografiyasini o’rganishda mustaqil ishlarni tashkil etish




Download 190 Kb.
bet7/9
Sana18.10.2022
Hajmi190 Kb.
#27415
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
asatillayeva Geografiya darslarida innovatsion texnologiyalardan
talaba-varaqasi-354181100131-3
2.3. O’zbekiston geografiyasini o’rganishda mustaqil ishlarni tashkil etish.
Ta’lim uslublari o’quvchilarning ijodiy faoliyatini rivojlantirishda ularning mustaqil dunyoqarash va e’tiqodini tarbiyalashda muhim rol o’ynaydi.
Geografik qonuniyatlarni tabiat hodisalariga ta’sir etuvchi omillarni yoritishda O’zbekiston hududining rel’yef xususiyatlarini vujudga kelishi, iqlimning tarkib topishi, organik dunyosini moslashishini o’rganishda tushuntirish usulidan foydalaniladi, yoki o’qituvchi geografik ob’yektlarni va landshaftlarni tasvirlashda hikoya usulidan foydalanadi. Uning fikri g’oyaviy va mantiqiy asoslar, ifodali va badiiy bo’lsa yaxshi natija beradi. Hikoya 10-15 minut davom etadi. O’zbekiston tabiiy sharoitini o’rganishda boshqa o’lkalarning tabiiy sharoiti bilan taqqoslab o’rganiladi. Masalan, O’zbekistonning maydonini boshqa mamlakat maydoniga, tog’larning tabiiy xususiyatlarini Al’p, Karpat tog’lariga taqqoslanadi. Iqlimini, daryolarini o’rganishda ham bu usuldan foydalaniladi. Suhbat o’qituvchining va o’quvchining javobi asosida tashkil etiladi. Suhbat davomida o’qituvchi o’quvchilar fikrini o’rganilayotgan geografik ob’yektni o’ziga xos xususiyatlarini xodisalarning asosiy belgilarini aniqlashga jalb qiladi. Suhbat usuli yangi bilimlarni egallash, xulosalar chiqarishda, kuzatish materiallarini ishlab chiqarishda o’rgangan materialni takrorlashda o’quvchilar uchun muhim ahamiyatga ega.
Og’zaki bayon qilish va suhbat usulidan foydalanilganda o’quv ko’rgazmali qurollari, texnika vositalaridan foydalanilganda ham yuqori saviyali bo’lish mumkin.
O’zbekiston tabiiy geografiyasidagi turli mazmundagi: tabiiy, ekologik, iqlim, tuproq, o’simlik kartalaridan foydalanish tabiat mintaqalari landshaftlarini tasvirlovchi rangli suratlar, tog’ jinslari, tuproq namunalari, o’simlik namunalari, o’quv filmlari aniq tasavvur hosil qilishda, bilimlarni ongli ravishda o’zgartirishda yordam beradi.
Darsda sinf doskasidan ham foydaliniladi.bunda geografiyadan nazariy bilimlar chizma va rasmlar bilan boyitiladi. Chizilayotgan rasmlar o’quvchilarning ko’z oldida chiziladi, bu ularning bilim olishini faollashtiradi.

Download 190 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 190 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston geografiyasini o’rganishda mustaqil ishlarni tashkil etish

Download 190 Kb.