Chirchiq davlat pedagogika instituti




Download 190 Kb.
bet8/9
Sana18.10.2022
Hajmi190 Kb.
#27415
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
asatillayeva Geografiya darslarida innovatsion texnologiyalardan
talaba-varaqasi-354181100131-3, 8-13-ma\'ruza (1), raqali iqtisodiyot qo'llanma
Mustaqil ish usullari. Yangi materialni o’zlashtirishda o’quvchilar tomonidan bajariladigan ishlardan biri mustaqil ishlardir. Bu usul yangi bilimlarni amalga tatbiq eta olishdan iborat. Psixolog va pedagoglarning ta’kidlashicha, o’quvchi bilim olishda mustaqil ishlashni o’rganmasa bilimi yuzaki bo’ladi. Mustaqil ish bilan amaliy ish o’rtasida farq bor. Amaliy ish karta bilan ishlash, tabiat xodisalarini kuzatish meteorologik asboblar bilan kuzatish, geografiyaga oid usullar bilan tanishib ko’nikma hosil qilishdan iborat. Amaliy ishdan ko’zlangan maqsad nazariy bilimlarni amalda tatbiq etish o’rganilgan materialni puxtaroq tushunishdir. Amaliy ishlash yakka tartibda va guruhlar tarzida bo’lishi mumkin. Mustaqil ishlar esa yangi materialni o’rganish darslik va qo’shimcha adabiyotlar bilan ishlash kartografik ko’rgazmali qurollar bilan ishlash ma’ruzalar tayyorlash kabilarni o’z ichiga oladi. Mustaqil ishdan maqsad nazariy bilimlarni egallash qonuniyatlarni belgilash bilim olish ko’nikmalarini hosil qilishdan iborat. Yakunlovchi tayyorlashda ham o’quvchilar amaliy ishdan foydalanishi mumkin. O’zbekiston tabiiy geografiyasini o’rganishda mustaqil ishning bir necha turi bor:
1. Darslik bilan ishlash:

  • Matn rejasini tuzish;

  • Ayrim materiallarini mustaqil o’rganish;

  • Darslik matniga bog’langan jadvalni o’rganish;

  • Mashq va topshiriqlarni bajarish;

2. Yozuvsiz karta bilan ishlash:

  • Masshtabni o’qish;

  • Tabiiy geografik oblastlarni karta yordamida tasvirlash;

  • Hududga karta orqali geografik ta’rif berish;

  • Yozuvsiz karta bilan ishlash.

3. O’qituvchi o’quv materiallarini bayon qilayotganda bajaradigan mustaqil ishlar:

  • Hikoya rejasini tuzish;

  • Chizmalar chizish;

  • Yozuvsiz kartani to’ldirish.

4.O`zbekiston yoki o’z o’lkasi tabiatini kuzatish:

  • Ob –havoni kuzatish;

  • Gidrologik tarmoqlarni kuzatish;

  • Fenologik (fasliy) kuzatish

  • Tog’ jinslaridan namunalar to’plash;

  • O’simlikdan namuna olish;

  • Relyefni o’rganish.

5. Ko’rsatmali qo’llanmalar bilan mustaqil ishlash:

  • Rasm va chizma bilan hududning tabiatini tasvirlash

  • O’simlik va foydali qazilma namunalari bilan ishlash

  • Ekranga tushiriladigan qo’llanma bilan ishlash

6.Qo’shimcha adabiyot bilan ishlash:

  • O’qituvchi tavsiya etgan adabiyotni o’qib konspeklashtirish

7. Raqamli materiallar bilan ishlash:

  • Diagramma ,grafik chizmalar chizish;

  • Jadvallarni tahlil qilish;

O’zbekistonni tabiiy geografiyasini o’rganishda profillardan ham foydalaniladi. Uni chizayotganda O’zbekiston tabiiy geografiyasi darsligi va kartalaridan foydalaniladi:

  1. Relyef (profil) kesmasi;

  2. Iqlim (profil) kesmasi;

  3. Tuproq va o’simlik (profil) kesmasi;

  4. Kompleks (profil) majmuali kesma.

Ta’lim tо‘g‘risida”gi О‘zbekiston Respublikasi qonuni “Maktab geografiyasini qayta qurishning ilmiy – uslubi konstitusiyasi ” ga muvofiq umumiy о‘rta ta’lim maktablarining 5–9 sinflarida V sinfda “Tabiat geografiyasi boshlang‘ich kursi” VI sinfda “Materiklar va okeanlar geografiyasi” , VII sinf “О‘rta Osiyo tabiiy geografiyasi va О‘zbekiston tabiiy geografiyasi” , VIII sinf “О‘zbekiston ijtimoiy – iqtisodiy geografiyasi”, IX sinfda “Jahonning iqtisodiy–ijtimoiy geografiyasi” о‘qitiladi. О‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim tо‘g‘risida”gi qonuni talabida asosiy shu geografiya, fanlari saqlanib qolgan edi. О‘rta umumiy ta’lim 5–9 sinf qilib belgilanishi bilan V sinfda “Tabiat geografiyasi boshlang‘ich kursi” VI sinfda “Materiklar va okeanlar geografiyasi” , VII sinf “О‘rta Osiyo tabiiy geografiyasi va О‘zbekiston tabiiy geografiyasi” , VIII sinf “О‘zbekiston ijtimoiy – iqtisodiy geografiyasi”, IX sinfda “Jahonning iqtisodiy–ijtimoiy geografiyasi” о‘qitilishi maqsadga muvofiq.


Akademik va kasb–hunar kollejlarda “Jahonining ijtimoiy–iqtisodiy geografiyasi ” hamda “Markaziy Osiyo mamlakatlarining iqtisodiy–ijtimoiy geografiyasi ” о‘qitilsa tо‘g‘ri bо‘ladi. Shunlay qilib hozirgi maktab geografiyasi darslik va о‘quv qurollarida geografik ta’limning asosiy xususiyati – ma’rifiyligi, ilmiyligi, ommabopligi, qiziqarililigi atrof–muhitni bir butun mushohada etishi tabiatni muxofaza qilishda yetakchiligi– ekologikligi saqlab qolinadi. Shunday ekan darsliklardagi muammoli darslar sifatida qо‘yilishi , insoniyatning global muammolarini о‘qtitishning yо‘nalishida о‘z aksini topadi. Lekin geografik mehnat taqsimoti, geografik muhitning ishlab chiqarish kuchlarini joylashuvi va rivojlanishdagi roli, ishlab chiqarish komplekslarini urbanizatsiya va boshqa tushuncha va atamalar mazmuni va mohiyatiga ba’zi о‘zgarishlar yangi talqinlar paydo bо‘lmoqda. Demak , dastur va darsliklardagi umumgeografik va umumekologik muammolar va ularning asosiy mazmun mohiyati saqlab qolinadi. Bu Kurs ishida о‘rta maktab geografiya kursidagi barcha muammolarning qо‘yilishi batafsil tavsiyalanmay ayrim muhim tomonlari, xususan “tabiiyot” о‘quv fanida umumgeografik va umumekologik muammolarni qо‘yilishini qisqacha ta’riflanish bilan cheklanamiz. “Tabiiyot” kursi kirish va tо‘qqizta mavzudan tarkib topgan bо‘lib, bu fanning barcha mavzulari va mohiyati bilan geografik va ekologik muammolardir. “Tabiat” yozma о‘quv fani bо‘lib, bu kurs tarkibiga biologiya, geologiya– mineralogiya oid ma’lumotlarning boshlang‘ich elimentlarini о‘z ichmga oladi.
О‘quvchilar bu kursda tefarak–atrofdagi tabiat xodisalarning mohiyati olam odam tuzulishinig yaxlit manzarasi, insonning tabiatda tutgan о‘rni haqida tо‘liq tasavvurga ega bо‘lishlari uchun tabiiy bilimlar yagona о‘quv fanida berilishi ma’qul kurildi. Endilikda bu kursni tabiat va jamiyat munosabatlarini uyg‘un tasavvur etadigan geografik mazmunga ega deyish mumkin. Olam tuzilishi tevarak–atrofda sodir bо‘layotgan tabiat xodisalari va texnika jarayonlar mohiyati haqidagi dastlabki tushuncha berish orqali shquvchilarning mantiqiy fikrlashga о‘rgatish, ularda ilmiy dunyoqarash ijtimoiy о‘zlikni anglash qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan.
Bu fanni о‘qitishda tabiiy bilimlarni uzluksizligini bundan sо‘ng о‘qitiladigan biologiya, tabiiy geografiya, fizika, ximiya о‘quv fanlari mazmuni bilan bog‘lanish, predmetlar aro aloqani tushuntirishga yordam berishga qaratilgan. О‘quvchilarning о‘zi yashab turgan tevarak–atrofning va о‘z о‘lkasi tabiatida hamda О‘rta Osiyoning buyuk allomalari tomonidan tabiat ilmi sohasidagi kashfiyotlari va merosi bilan tanishtirish orqali yoshlarga Ona – Vatanga muhabbat va sadoqatni tarbiyalashni maqsadini ham kо‘zlaydi. Shu bilan birga bu kursda jonli va jonsiz tabiatning aloqadorligi, inson tabiatning bir bо‘lagi ekanligi , uning tabiatda tutgan о‘rni, inson tabiatni о‘zgartira olish kuch qudratiga ega ekanligi haqidagi bilimlarni berish haqidagi о‘quvchilarni tabiatni muhofaza qilish ruhida tarbiyalashdan iborat.
Tabiatshunoslik о‘quv fanining “ havo ” “ tabiatda suv ” , “tog‘ jinslari “ “Odam va uning salomatligi” va boshqa mavzulari mohiyati va mazmuni bilan geografik va ekologik muammolardir.
YE.M.Belskaya va O.A.Mо‘minovlar “Tabiatshunoslik” darsliklarida geografik va ekologik bilim va tushuncha shunda ixcham tahlil etilgan har bir mavzudan sо‘ng dasturga binoan “kо‘rgazma va tajribalar” hamda “Amaliy topshiriqlar” о‘qituvchi о‘quvchiga bajartirishi kо‘zda tutiladi. Bu talabni о‘quvchi ta’limning kо‘rgazmali va texnik vosita hamda usullar orqali о‘rgatishi bilan maqsadga erishadi. Ayni chog‘da “tabiiyot” yig‘ma о‘quv fani bо‘lib bundan keyingi sinflarda о‘qitiladigan geografiya kurslarin о‘qtilishi , darsliklardagi umumgeografik va umumekologik bilimlarning hayot bilan bog‘liq ekanligini idrok etishga zamin hozirlaydi. Darhaqiqat , 5 sinfda о‘qitilayotgan “ Tabiiy geografiyaning boshlang‘ich kursi” hamda “ Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi ” fanidagi asl geografik va ekologik muammolarning planeta tarzida dolzarbligini tushunish uchun yordam beradi. Darsliklarda bayon etilgan oliy ta’riflarda butun insonning hayotiy muammolari yig‘rilganligini bilib olishga undaydi.
XULOSA
Geografiya ta’limi orqali bo‘lajak fuqarolarda Yer haqidagi ilmiy dunyoqarash shakllanadi, sotsial iqtisodiy tarkib topadi. Dunyo davlatlari va turli regionlardagi jamiyat va tabiatning o‘zaro bog‘liqligi , geografik obyekt ,jarayon va xodisalar haqidagi bilim tugunchalar bilan yoshlar qurollantiradi bu esa yer kurrasining tabiiy manzarasi, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, aholi turmush darajasini ko‘tarish, atrof muhit holatini yaxshilash vositalari va usullari haqida mantiqiy fikrlashga o‘rgatadi.Geografiya ta’limi o‘quvchilarda umuminsoniy madaniyatning tarkibiy qismi bo‘lgan geografik madaniyatni tarbiyalaydi.2017 yil qabul qilingan Davlat ta’lim standartida asosida ishlab chiqilgan “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni geografiya ta’limining maqsad va vazifalari shunday belgilangan.
Yuksak madaniyatli, har tomonlama yetuk va barkamol yosh avlodni voyaga yetkazish, ulani jamiyatda o‘z o‘rnini topishi o‘z iste’dod va iqtidorlarini to‘la namoyon etishi uchun barcha sharoitlar va qulayliklar yaratildi. Buning uchun mustahkam huquqiy-meyoriy va tashkiliy poydevorga asos solindi hamda u zamon bilan ixchil takomillashtirildi. Xususan Konstitutsiyamizda har kim bilim olish huquqiga ega ekanligi, bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanganligi belgilab qo‘yildi. Shular asosida “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun va
o`quv dasturi, maktab ta’limini rivojlantirish , Davlat umum milliy dasturi , davlatimiz rahbari bir qator farmon va qarorlari hayotga tatbiq etildi. Provardida uzluksiz ta’lim berish yo‘lga qo‘yildi.

Download 190 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 190 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Chirchiq davlat pedagogika instituti

Download 190 Kb.