o’tkazish metodikasi” deb nomlangan uchinchi bobida pedagogik tajriba-sinovni
tashkil etish, o’tkazish va uning tahliliy natijalari keltirilgan.
Tajriba-sinov ishi 2019-2020, 2020-2021, 2021-2022 yillarda Jizzax davlat
pedagogika universiteti, Shahrisabz davlat pedagogika instituti va Toshkent kimyo-
texnologiya institutida olib borildi. Bunda jami bo’lib 519 nafar talabalar ishtirok
etdi. Ulardan tajriba guruhida 257 nafar talaba va nazorat guruhida 262 nafar talaba
qatnashdi. Talabalarga “Informatika" fani kompyuter telekommunikatsiya
texnologiyalaridan foydalanib o’qitildi. Ta’lim jarayonida telekommunikatsiya
texnologiyalarini pedagogik kasbiy faoliyatida qo’llashga qaratilgan vazifalardan
foydalanildi. Talabalarining kasbiy kompetensiyalarini shakllanganlik darajasi
diagnostik usullar orqali o’lchandi. Tajriba-sinov tadqiqotlari quyidagi: qayd
etuvchi, izlanuvchi, ta’lim beruvchibosqichlardan tashkil topdi.
Kasbiy kompetentlik mezonlari va darajalarini o’lchashning oddiy baholash
tartibini tashkil qilish imkonini berdi.Bo’lajak texnologik ta’lim o’qituvchilarining
telekommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishga tayyorgarlik darajalari:
Reproduktiv (past) -talabalarning telekommunikatsiya texnologiyalaridan
foydalanib texnologik ta’lim jarayonini qisman amalga oshirishi, kasbiy
kompetensiyalarini shakllanmaganligi;
Izlanishli (o’rta) - muammoli vaziyatlarni hal qila olishi, talabalarning
telekommunikatsiya texnologiyalaridan o’ kasbiy faoliyatida, ya’ni texnologik
ta’lim jarayonida qo’llay olishi, kasbiy kompetensiyalarini o’rta darajada
shakllanganligi;
Kreativ (yuqori darajadagi kasbiy faoliyat)-talabalarning telekommunikatsiya
texnologiyalari vositasida texnologik ta’lim fanidan ta’lim berishga yuqori darajada
tayyorgarligi, kasbiy kompetensiyalarini yuqori darajada shakllanganligi.
Tajriba-sinov ishini boshlashdan avval va ularni o‘tkazishda fan mazmunini
ochib beruvchi ma’lumotlar, tadqiqotchi hamda professor-o‘qituvchilar bilan
hamkorlikda o‘tkazilgan tajriba-sinov ishlarining natijasi tadqiqot ilmiy natijalarini
tasdiqlashga xizmat qildi. Tajriba-sinov ishlari jarayonida talabalar bilim
darajasining o‘sib borishi tasniflangan mezonni ko‘rsatdi. Fanlar yuzasidan
ma’lumotlarni o‘zlashtirish, tahlil qilish, yangi ma’lumotlarni egallashga intilish,
ularni amaliyotga tatbiq etish qobiliyatlarini shakllantirish, talabalarning
mustaqilligi, ularning ijodiy faolligini, kasbiy kompetensiyani shakllantirish,
informatika fani mavzularini asosiy ko‘rsatkichlari sifatida qabul qilindi.
Tadqiqot mavzusi yuzasidan tajriba-sinov ishlarining talabalar bilim
darajasini tajriba va nazorat guruhlarida aniqlash hamda qiyosiy tahlil qilish
bosqichi amaliyotchi o‘qituvchilar bilan hamkorlikda amalga oshirildi. Har bir
o‘quv yilining boshida tajriba-sinov ishlarining predmeti bilan bog‘liq bo‘lgan
savollar bo‘yicha talabalar bilan suhbatlar va ta’lim muassasalarida olgan bilimlari
asosida test topshiriqlarini bajarish ishlari olib borildi. Tajriba-sinov ishlari ma’ruza,
laboratoriya hamda mustaqil ta’lim jarayonlarida olib borildi va har bir ta’lim turi
bo‘yicha alohida o‘qituvchilar jalb qilindi.
Tadqiqot tajriba-sinov ishlariga tayyorgarlik hamda ularni olib borish davrida
o‘rganilayotgan mavzular bo‘yicha o‘quv materiallarining mazmuni to‘la bayon
19
etilgan - reja va matnlar tuzildi. Tanlab olingan OTMlarida informatika fanidan
interfaol ta’lim texnologiyalari va metodlaridan foydalanilgan holda o‘quv
mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Informatikaga oid fanlar mavzularini bayon etishda
pedagogik texnologiya elementlaridan foydalanish yuzasidan didaktik materiallar va
har bir dars uchun uslubiy ko‘rsatmalar ishlab chiqildi.