Chirchiq davlat pedagogika unversiteti Fizika kimyo fakulteti kimyo guruh 1 kurs talabasi Suyunova Sarvinozning Media savotxonlik fandin slaydi




Download 0,58 Mb.
Sana16.12.2023
Hajmi0,58 Mb.
#120900
Bog'liq
Shaxsga yònlatirilgan axborot

Chirchiq davlat pedagogika unversiteti Fizika kimyo fakulteti kimyo guruh 1 kurs talabasi Suyunova Sarvinozning Media savotxonlik fandin slaydi

Mavzu:Shaxsga yo‘naltirilgan axborot: psixologik, diniy va madaniy taxdidlar Reja. 1.Axborot-psixologik xavfsizlik tushunchasi va tasnifi . 2.Diniy tahdid va ularning kelib chiqish . 3.Ma’naviy tahdid” tushunchasi: yondashuvlar va talqinlar. Milliy nizo turlari va taxdidlar.


Axborotning shaxs va jamiyatga yo‘naltirilganligi. Etnik, milliy, va mintaqaviy muammolarga yo‘naltirilgan psixologik, diniy va madaniy taxdidlar. Milliy nizo turlari va taxdidlar. Axborot tizimida “falsifikatsiya mеtodi” (fеyk)dan foydalanish. Axborot manbalaridan foydalanishda shaxs madaniyatini takomili. Ko‘pmillatli jamiyatda tolеrantlik, bag‘rikеnglik g‘oyalariga tajovuz va taxdidlar. Hozirgi dunyoda tеrrorizm, ekstrеmizm va diniy tahdidlar: moslashuv va mafkuraviy kurash. Axborot almashinuvining rеgulyativ funkцiyasi, xavf-xatar va tahdidlar. Axborot almashinuvida mikro, mеzo, makro darajalari. Globallashuv sharoitida tinchlik va barqarorlikka taxdid soluvchi: milliy, mafkuraviy va axborot xurujlarini bartaraf etishning zamonaviy mеxanizm va tеxnologiyalari. Xavfsizlik tushunchasi bevosita shaxsning jamiyatdagi ijtimoiy, iqtisodiy, texnik, ekologik, biologik tizimlarida normal faoliyat yuritishini kafolatlovchi tushunchadir.
Ijtimoiy tuzilmaning, ya’ni, yaxlit jamiyatning xavfsizligi odamlar hayot tarzining sifatini, uning davomiyligini belgilovchi muhim mezondir. Bu o‘rinda fanda bevosita xavfsizlik tushunchasiga yaqin ishlatiladigan bir qator tushunchalarga izoh berish joizdir.
Milliy xavfsizlik – bu shaxs, jamiyat, iqtisodiyot va davlatchilikning barqaror taraqqiyot etishi uchun xavf solishi mumkin bo‘lgan har qanday tahdidlarning oldini olish va ularni bartaraf etishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar tizimini bildiradi. Milliy xavfsizlik tashqi va ichki xavflardan yaxlit jamiyatni muhofaza qilishni nazarda tutadi. Tashqi xavfsizlik – ikki bosqichni nazarda tutadi: umuminsoniy yoki global xarakterli va davlatlararo xavfsizlik masalalari. Tashqi xavfsizlik tahlil etilganda avvalo ekologik, harbiy, radiatsion, epidimiologik, kriminal-jinoiy, biologik va madaniy-ahloqiy (ekspansiyalar) turdagi xavflarni oldini olish nazarda tutiladi. Ichki xavfsizlik esa mamlakat doirasida inson konstuitutsion xuquq va kafolatlariga aloqador bo‘lgan iqtisodiy diversiyalarning oldini olish va ularga yo‘l qo‘ymaslikka bog‘liq bo‘lgan maxsus choralarni, terroristik xurujlarning oldini olish va ularnii vaqtida bartaraf etish, kelib chiqishi bo‘yicha ijtimoiy, tabiiy, biologik hamda texnik asosli tahdidlardan jamiyat a’zolarini himoya qilishni nazarda tutadi.
Axborot xavfsizligining vazifalari: 1) shaxs va jamiyatning axborot qabul qilish va undan foydalanishga bo‘lgan huquqini ta’minlash; 2) xolis axborotlar makonini ta’minlash (mustaqil OAV tizimini yaratish orqali); 3) informatsion va telekommunikatsion texnologiyalar sohasidagi jinoyatlarni bartaraf etish yo‘li bilan ushbu yo‘nalishda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan terroristik tahdidlar, jumladan, telefon orqali, kompyuter tizimi orqali ro‘y beradigan xavflarni, shu orqali noqonuniy mablag‘larning bir manbadan ikkinchisiga oqim ketishiga yo‘l qo‘ymaslik; Axborot xurujlari turlicha bo‘lgani uchun unga nisbatan xavfsizlik choralarini ko‘rish ham turli sohalarda (siyosat, iqtisodiyot, mudofaa) va turli jabhalarda (davlat miqyosida, xududiy, tashkilish, shaxsiy) amalga oshiriladi. Ya’ni, davlat miqyosida axborot xavfsizligini ta’minlashga aloqador bo‘lgan ishlar muayyan bir tashkilot doirasida amalga oshiriladigan axborot xavfsizligidan farq qiladi. Birinchisiga gap milliy manfaatlarni himoya qilish to‘g‘risida ketsa, ikkinchi xolatda tashkilotdagi muayyan ijtimoiy guruhlararo axborot almashinuvida bo‘hton, to‘xmat, mish-mishlar tarqatishga bog‘liq bo‘lgan salbiy xolatlar nazarda tutiladi. Lekin ikkala xolat ham axborot xurujlariga odamlarning normal faoliyatlari uchun xalaqit beruvchi omil sifatida qaraladi.
Axborot-psixologik xavfsizlik deb – individual, guruhiy psixologik va omma psixologiyasiga, jamiyatning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy, madaniy, ekologik va boshqa sohalariga qaratilgan turli darajalardagi salbiy ta’sir o‘tkazishlardan himoyalanganlik holatini tushunish lozim. Bunda axborot-psixologik tahdidlardan himoyalash asosiy maqsad qilib olinishi hamda maqsadga yo‘naltirilganligi bo‘yicha ularni tabaqalashtirish mumkin:
Diniy tahdid va ularning kelib chiqish Din – jamiyatdagi shaxs munosabatlarini tartibga solib turuvchi, inson ichki dunyosini shakllantirishning eng ta’sirchan vositalaridan biri hisoblanadi. Ammo, bugungi kunda ijtimoiy ong shakli hisoblangan bu tushunchadan turli maqsadlar yo‘lida foydalanish ortib bormoqdaki, natijada inson omiliga qarshi kurashda din birlamchi vosita bo‘lib qolmoqda. Shu nuqtai nazardan olib qaraganda diniy tahdid bu – diniy g‘oya va mafkuralar bilan niqoblangan yovuz niyatli kuchlar o‘rtasidagi manfaatlar tuqnashuvi demakdir. Bu jrayonda asosiy ob’yekt inson ongi hisoblanib, unga ta’sir etish yo‘nalishlari turli tumandir. Bugungi kunda dunyoda mohiyati va udumlar shakliga ko‘ra turli ko‘rinishdagi diniy qarashlar mavjud bo‘lib, ularning umumiy soni ikki yuzga yaqindir. Ular bir xudoli va ko‘p xudoli, urug‘-qabilaviy, milliy va jahon dinlari bo‘lishi mumkin. Ammo asosiy masala, ularning sonida emas balki e’tiqodiy bo‘linishida bo‘lib qolmoqda
.Ma’naviy tahdid” tushunchasi: yondashuvlar va talqinlar. Milliy nizo turlari va taxdidlar.
Mafkuraviy tahdid – jamiyat, davlat, yoki xalq, millat, elat taqdiriga xavf solib turgan, fojiali oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan mafkuraviy xavf-xatarlar majmui. Mafkuraviy tahdid – ijtimoiy-siyosiy harakat, oqim yoki siyosiy kuch o‘z manfaatini ifodalovchi mafkurasini qo‘rqituv, zo‘rlik yo‘li bilan boshqalarga singdirishi. Globallashuv jarayonining chuqurlashib borishi natijasida inson uchun xavfli bo‘lgan turli xil noan’anaviy tahdidlar yuzaga kelmoqda.
Masalan, keyingi yillarda ko‘plab namoyish etilayotgan jangarilik filmlarini olaylik. Bu filmlarni ko‘pchilik, ayniqsa, yoshlar maroq bilan ko‘radi, chunki odamzod tabiatan mana shunday to‘polonlarni tomosha qilishga moyil. Aslida, menining nazarimda, odamning qalbida ikkita kuch- bunyodkorlik va vayronkorlik hamisha o‘zaro kurashadi. Afsus bilan ta’kidlashimiz lozim: tarix tajribasi shundan dalolat beradiki, inson tabiatidagi insoniylikdan ko‘ra vahshiylik, ur-yiqit instinktlari, ya’ni hatti-harakatlarini qo‘zg‘atib yuborish osonroq. Shuning uchun ongi shakllanib ulgurmagan aksariyat yosh tomoshabinlar bunday filmlardan ko‘pincha turli yovuzlik, yirtqichlik, shafqatsizlikni o‘rganadi, xolos. Natijada ularning diydasi qotadi, qalbidan toshbag‘irlik, zo‘ravonlik, axloqsizlik kabi illatlar joy olganini o‘zi ham sezmay qoladi. Hatto shunday tomosha va filmlarning qahramonlariga ko‘r-ko‘rona taqlid qilishni istaydigan yigit-qizlar ham topiladi.
Prezidentmizning fikri naqadar to‘g‘ri ekanligi-ni olimlarimiz tomonidan o‘rganilgan quyidagi ma’lumotlar ham tasdiqlaydi. Bundan еtti –sakkiz yil ilgari AQShning Kolorado shtatiga qarashli shaharchada ikki nafar o‘quvchi sinfdoshini otib o‘ldirgani, oxiri o‘zlarining joniga qasd qilgani haqidagi shov-shuv dunyoga tarqaladi. Kompyuterdagi mashhur “DOOM” o‘yinidan ta’sirlangan bolalar ana shunday mudhish qotillik sodir etdilar. Ma’naviy tahdidlar shaxs axloqiy ongida salbiy tushunchalar, tuyg‘ular, xususiyatlar va sifatlarni hosil qiluvchi illatlar majmuidir. Chunki “Tahdid” so‘zi xavfxatar, xuruj va buzish ma’nolarini anglatadi. Shu ma’noda ma’naviy tahdidlar shaxsni aqliy va axloqiy jihatdan buzishga qaratilgan maqsadli xurujlar hisoblanadi.
Shuni ta’kidlash lozimki, ma’naviy tahdidlar tili, dini va e’tiqodidan qat’iy nazar har bir insonga qaratilgan. Bundan maqsad, birinchidan, shaxsning ma’naviy-axloqiy olamini buzish; ikkinchidan, o‘z vatani va jamiyatiga nisbatan yovuzlik fikrini uyg‘otish; uchinchidan, milliy axloqiy qadriyatlarni aynitish; to‘rtinchidan, o‘zgalar jamiyatini ideal deb bilish ko‘nikmasini hosil qilish; beshinchidan, zararli odatlarga xuruj qo‘yish.
Ma’naviy tahdidning ikkinchi ko‘rinish g‘oyaviy tahdiddir. Bu xuruj ham uch ma’noga ega bo‘lib, bunda asosiy e’tibor shaxs xulq-atvorini aynitish, shaxs axloqiy munosabatlarini izdan chiqarish va shaxs muomalasini buzishga qaratiladi. Zararli xulqatvor, nosog‘lom axloqiy munosabat va qo‘pol muomala shaxsning xulqi zaifligidan dalolat beradi. Ma’naviy tahdidning uchinchi ko‘rinishi informatsion xujumdir. Bunda asosiy e’tibor shaxsga noto‘g‘ri ma’lumot berish, shaxs bilimini primitlashtirish va shaxs faoliyatini zaiflashtirishga qaratiladi. Noto‘g‘ri ma’lumotga ega bo‘lish, sayoz bilimlilik va samarasiz faoliyat shaxsning madaniy oqsoqligidan dalolatdir. Bir so‘z bilan aytganda, ma’naviy tahdidlar jamiyat kishilarini johil kimsalarga aylantiruvchi ma’naviy va axloqiy tubanlik illatlaridir.

Tahdid” fenomeni, uning siyosiy jihatlari sayyoramizning turli mamlakatlarida ijod qilayotgan zamondosh tahlilchilar hamda siyosiy va jamoat arboblarining e’tiborini ham o‘ziga tortib kelmoqda. Shu jumladan, Reyshauer, Nibur, Xantington, Kissinjer (AQSh), Toynbi (Angliya), Turen (Fransiya), Moiseev (Rossiya), qolaversa “Rim klubi” va Paguosh tinchlik harakati kabi ilmiy-amaliy muassasalar rahbarlari va fidoiylari faoliyatini misol tariqasida keltirish mumkin.


Tahdid” tushunchasi to‘la ma’noda siyosiy leksikonga Birinchi Prezident I.Karimov tomonidan 1994 yil 22 sentyabrda Oliy Majlis sessiyasida so‘zlagan nutqida birinchi bor kiritildi. Shunday ekan, mamlakatimizda “Tahdid” va uni barataf qilishning ilmiy va amaliy asoslarini ochib berish, ularga chuqur tahlil berish bevosita I.Karimov nomi bilan bog‘langan. Bugungi kunda bu mavzuga daxldor masalalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi Akademiyasi hamda Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti jamoasi, mamlakatimiz jamiyatshunos olimlari tomonidan chuqur o‘rganilmoqda. Uning mohiyati va funksional jihatlari barqarorlik, xavfsizlik, fuqaroviy hamjihatlik va taraqqiyot kabi global muammolar bilan uyg‘un holda tadqiq etilmoqda.
Download 0,58 Mb.




Download 0,58 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Chirchiq davlat pedagogika unversiteti Fizika kimyo fakulteti kimyo guruh 1 kurs talabasi Suyunova Sarvinozning Media savotxonlik fandin slaydi

Download 0,58 Mb.