• Choy damlash ketma-ketligi
  • Chiziqli algoritmlar




    Download 3.9 Mb.
    Sana11.12.2022
    Hajmi3.9 Mb.
    #34142
    Bog'liq
    Chiziqli tuzilmalarning algoritmlari va ularning dasturi
    SHAXSIY KOMPYUTERGA TXK (amaliyot), Yosh bolalarga Qur\'on o\'rgatishning 10 usuli, 2 5244836847229601455, Айсулу, Tekin Treyding Qo\'llanma Kitob 230403 152046, Himoyaga ruxsat etilsin , IMG 0005, investitsiya-faoliyatiga-ta-sir-etuvchi-omillar-va-ularning-o-ziga-xos-xususiyatlari, Eksperimental psixologiya (1)

    CHIZIQLI ALGORITMLAR
    XX asrning 70-yillarida golland olimi Edsger Deykstra
    (1930 – 2002) har qanday algoritm uning nima maqsadda tuzilganligi va murakkabligidan qat’iy nazar, uchta:
    ketma-ketlik, tarmoqlanish va takrorlanish algoritmik konstruksiyalaridan foydalanilgan holda yozilishi mumkinligi haqidagi g‘oyani ilgari surdi va tо‘liq asoslab berdi.
    Chiziqli algoritm
    deb, barcha ko‘rsatmalari hech qanday shartsiz, faqat ketma-ket bajariladigan jarayonlarga aytiladi.
    Har qanday algoritm mantiqiy tuzilishi,
    ya’ni bajarilish tartibiga ko‘ra uchta asosiy
    turga bo‘linadi: chiziqli, tarmoqlanuvchi
    va takrorlanuvchi.
    Edsger Deykstra
    (1930 – 2002)

    Choy damlash ketma-ketligi:

    Choy damlash ketma-ketligi:


    choynak qopqog‘i ochilsin;
    1
    choynak qaynoq suv bilan chayilsin;
    2
    choynakka bir choy qoshiq miqdorida quruq choy solinsin;
    3
    choynak to‘lguncha qaynagan suv quyilsin;
    4
    choynakning qopqog‘i yopilsin;
    5
    choynak sochiq bilan yopilib, besh daqiqaga qoldirilsin.
    6
    Chiziqli algoritm blok-sxema ko‘rinishida
    1-misol. Sayyoh qishloqdan chiqib, shahar tomon jo‘nadi. U a kilometr yayov yurganidan
    keyin avtobusga o‘tirdi va avtobusda t soatda shaharga yetib keldi. Agar avtobus 60 km/soat tezlik bilan harakat qilgan bo‘lsa, a = 5 va t = 0,5 bo‘lganda, qishloq bilan shahar orasidagi S masofani hisoblash algoritmini tuzing.
    Yechish: Masofani hisoblash formulasini esga olamiz:
    S = v · t. Sayyoh avtobusda
    t soatda S1 = 60t kilometr yo‘l yurgan. Shuning uchun qishloq bilan shahar orasidagi masofa
    S = a + 60t formulasi
    bilan ifodalanadi. a = 5 va
    t = 0,5 bo‘lganda,
    S = 5 + 60 · 0,5 = 35 km bo‘ladi.
    Endi S masofani hisoblash algoritmini so‘zlar va
    blok-sxema orqali ifodalaymiz:
    boshlansin;
    1
    a, t larning qiymatlari kiritilsin;
    2
    sayyohning avtobusda t soatda bosib o‘tilgan yo‘li: S1 = 60 * t hisoblansin;
    3
    qishloq bilan shahar orasidagi masofa: S = a + S1 hisoblansin;
    4
    S ning qiymati yozilsin;
    5
    tugatilsin.
    6
    C++ tilida chiziqli algoritmlarni dasturlash
    1.1-masala. A va B ikkita haqiqy sonlar berilgan. Ularning yig’indisi, ayirmasi va ko’paytmasini hisoblang. Yechish. a va b sonlar yig’indisini S, ayirmasini D, ko’paytmasini K bilan belgilasak, S=a+b, d=a-b, k=a*b formulalar o’rinli bo’ladi.
    C++ da dasturi:
    Natija :
    1.2-masala. Ikkita musbat son berilgan, bu sonlarning o’rta arifmetik va o’rta geometrik qiymatlarini aniqlang.
    C++ da dasturi:
    Natija:
    1.3-masala. Tomonlari A va B ga teng to’g’ri to’rtburchakning yuzi va peremetri hisoblansin.
    C++ da dasturi:
    Natija:
    Download 3.9 Mb.




    Download 3.9 Mb.