Chiziqli polimerlar. Suyuqlanish va erish termodinamikasi




Download 432.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/7
Sana08.11.2022
Hajmi432.63 Kb.
#29507
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3-mavzu
test kalito, 5 chi lab Algoritm, 19 mavzu, A.Shahriyor Cyber Mustaqil
c) Polimerlarning erish kinetikasi. Polimerlarning erish jarayoni uning erituvchi 
muhitida kuchli bo’kishi bilan amalga oshadi. Shu tufayli bo’kish va erish 
jarayonlarini odatda birgalikda tahlil qilinadi. Bu murakkab kompleks jarayon bo’lib, 
uning o’ziga mos jihatlari IV.2.2.4-rasmda keltirilgan grafiklar orqali ifodalangan. 


IV.2.2.4-rasm. Namuna massasining polimer bo’kishi va erishida
o’zgarishi: 1 - kichik tezlikdagi cheklangan bo’kish; 2 -katta tezlikdagi 
cheklangan bo’kish; 3 - past molekulyar fraksiyalar ajraladigan cheklangan 
bo’kish; 4-bo’kish va erish. 
Ko’rinib turibdiki, polimerning erishi, uning namunasini dastlab bo’kishi, 
so’ng massasini kamayishi, ustmolekulyar tuzilishni parchalanishi bilan amalga 
oshadi. Lekin har qanday bo’kish jarayoni ham polimerning erishiga olib 
kelavermaydi. 
Haroratning oshishi bilan polimer namunaning bo’kish jarayoni tezlashadi
lekin muvozantli bo’kish ko’p hollarda pasayishi ham mumkin. Polimerlarning 
cheklanma bo’kishini amalga oshirish muhim jarayon bo’lib, u quyidagi tenglama 
orqali ifodalanishi mumkin: 

-1
ln[i

/(i

-i

)] 

 K (IV.2.2.4) 
bu erda i

 
-maksimal bo’kish darajasi;
 
i

 
- ma’lum 

vaqtdagi bo’kish darajasi; K - 
bo’kish tezligi konstantasi. 
Makromolekularning yuqori molekulyar massaga ega bo’lganligi tufayli, 
ularning erishi to’g’ridan to’g’ri qattiq fazadan erituvchi fazasiga o’tish bilan 
bormaydi. Oldin erituvchi molekulalarining polimer fazani tarkibiga diffuziyasi
keyin bo’kishi amalga oshadi. Bu makromolekulalararo harakatchanlikni oshiradi va 
ular orasida o’zaro ta’sirlashuvni susaytiradi. Natijada polimer molekulalarining 
erituvchi fazasiga diffuziyasi boshlanadi va erish amalga oshadi. Bu ko’pchilik 
polimerlar uchun Fik qonuni bo’yicha ifodalanadi: 
I
ob
 

 DV
p
/

C (IV.2.2.5) 
bu yerda I
ob 
- hajmiy diffuzion oqim; D - diffuziya koeffitsiyentining o’rtacha 
miqdori; Vp-diffuziyalanuvchi moddaning solishtirma hajmi; 

-bo’kkan polimer 
qatlamining qalinligi; 

C-polimer ichki va tashqi qatlamlaridagi diffuziyalanuvchi 
moddaning konsentratsiyalarini farqi. 
Shuningdek, polimerning erish jarayoni kinetikasining haroratga bog’liqligi 
eksponenstial qonun orqali ham ifodalanadi: 
I
ob
 

 (I
ob
)
o
exr(-E
a
 /RT) (IV.2.2.6) 
bu yerda E
a
-erish jarayoni faollik energiyasi. 
Polimerlarni eritishda samarali mexanik aralashtirish ham o’ta muhimdir. 
Chunki uning joriy etilishi polimer-erituvchi aralashmasining hosil bo’lishida 
gidrodinamik maydon ta’sirida makromolekulalarni bir-biridan ajratish va muhit 
bo’ylab tarqalishiga olib keladi.
 

Download 432.63 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 432.63 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Chiziqli polimerlar. Suyuqlanish va erish termodinamikasi

Download 432.63 Kb.
Pdf ko'rish