14
II -BOB. CorelDRAW DASTURI
2.1. Dastur haqida
CorelDRAW xozirda eng ko‗p tarqalgan vektorli grafik muharrirlardan
biri hisoblanadi.
Ishlatish va sozlash qulayligi, tarkibiga kiritilgan ko‗plab
effektlar to‗plami foydalanuvchilarni bu dasturni ishlatishga yanada ko‗proq
jalb qilmoqda. Dastur interfeysining qulayligi qisqa vaqtda uning asosiy
imkoniyatlari haqida tushuncha xosil qilish imkoniyatini beradi.
CorelDRAW dasturini o‗rganishning eng samarali
usuli - bu dasturda
ko‗proq
amaliy
ishlashdir.
Dasturni
endi
o‗rganishni boshlagan
foydalanuvchilar
katta
miqdordagi
murakkab
ma‘lumotlarni
o‗zlashtirmasdan ham kompyuter grafikasi olamiga kirishib ketishi mumkin.
Corel kompaniyasi
CorelDRAW Graphics Suite
dasturlar to‗plamini rivojlantirish yo‗lida ko‗plab ishlar olib
bormoqda, CorelDRAW Graphics Suite X3/X4 dasturlar
to‗plamlari
shular
jumlasidandir.
Kompaniya
mutaxassislarining ta‘kidlashicha, bu dasturlarda o‗nlab
sezilarli o‗zgarishlar va yuzlab qo‗shimchalar kirirtilgan.
Bu o‗zgarishlar dasturni haqiqatdan ham yanada
yaxshilanishiga olib keldi,
ayniqsa dasturni endi ishlatishni boshlagan foydalanuvchilar uchun
qulayliklar ko‗paydi.
2005 yil CorelDRAW foydalanuvchilari
uchun alohida ahamiyatli
bo‗ldi. Dasturning birinchi rasmiy ruscha versiyasi-CorelDRAW Graphics
Suite 12 Russian Edition dasturlar to‗plami ishlab chiqarildi.
CorelDRAW dasturi ishlab chiqaruvchilari
ham odatda pikselli
tasvirlarni
dpi larda o‗lchashadi, shuning uchun ushbu qo‗llanmada ham
o‗lchovlar
dpi larda beriladi.
CorelDRAW dasturi asosan vektorli tasvirlar yaratish va ular bilan
ishlashga mo‗ljallangan bo‗lsada, unda rastrli
tasvirlar bilan ham ishlash
mumkin.
Vektorli tasvir deb, faqat yaqqol ajratilgan nuqta (tugun)lar va bu
nuqtalarni qandaydir qonunlarga asosan tutashtiruvchi chiziqlarlardan tashkil
topgan tasvirga aytiladi.
15
Vektorli figuralar bo‗yalgan (ichki tomondan)
qism va chegaraga
(tashqi tomondan o‗rab turuvchi bo‗yalgan chiziq) ega bo‗lishi mumkin (2.1-
rasm).
chegara bo‗yalgan qism
2.1-rasm.Vektorli tasvirning ichki va tashqi qismlari
CorelDRAW dasturida yaratilgan hujjatlarda
OLE
(
Object Linking and
Embedding
— ob‘yektlarni bir-biriga bog‗lash va joriy qilish) texnologiyasi
orqali yaratilgan maxsus ob‘yektlar ham ishlatilishi mumkin.
Bunday
ob‘yektlarni o‗zgartirish uchun, ob‘yekt ustiga ikki marta sichqoncha chap
tugmasini bosish orqali bu ob‘yekt yaratilgan dasturni ochib o‗zgartirish
mumkin.