76
Ayni paytda elektron jadvalda 123 hafta koʻrsatilgan. Endi bu raqamni kamaytirish kerakligini
tasavvur qiling. Buning uchun haftalik choʻntak pulingiz miqdorini koʻpaytirish kerak boʻladi.
Bu safar 20 000 soʿm deb kiritib koʻring va nima boʻlishini kuzating.
Endi u 48 hafta deb koʻrsatyapti.
Bu juda yaqin raqam, ammo 50 dan kam.
Bu safar olingan pulingiz miqdorini kamaytiring va nima boʻlishini kuzating. Bunda katta
oʻzgarishlar kiritishdan ehtiyot boʻling.
Bu safar 19 000 soʿm deb kiritib koʻring va nima boʻlishini kuzating.
77
3
Elektron jadvaldan maqsadli foydalanish
Endi 52 hafta! Siz uni yana oʻzgartirib, raqamni yanada yaqinlashtirishga
harakat qilishingiz
mumkin. 19 500 soʿm deb yozib sinab koʻrmaymizmi?
Endi 50 hafta deb chiqdi. Nihoyat, bu raqamga erishdik!
Xulosa qilib aytganda, ushbu oʻyin konsolini 50 hafta ichida sotib olish uchun siz choʻntak pulidan
haftasiga 19 500 soʿm olishingiz kerak boʻladi.
Siz
faqat
kerakli natijaga
yaqinlashishingiz
kerak boʻladi. Baʻzan
hech qachon toʻgʻri
raqamga erisha
olmasligingiz
mumkin
va turli xil raqamlarni
sinab koʻraman deb
soatlab sarflashning
hojati yoʻq.
Maslahat
Boshqa
odamlar kabi
bir xil javob chiqmasa,
tashvishlanmang.
Siz haftalik choʻntak
pulini ozroq yoki
koʻproq olishingiz
mumkin
yoki har
hafta koʻproq yoki
kamroq sarflashingiz
mumkin. Bir nechta
turli
xil javoblar
chiqishi normal holat.