110
1988-yilda tugʻilgan barcha superqahramonlarning nomini toping.
“Superqahramon nomi” va “Tug‘ilgan kuni” maydonlarini tanlang. “Tavallud
sanasi” sharti uchun “Like *1988” shartini yozing.
10.8-mashgʻulot
Dekabr oyida tugʻilgan barcha superqahramonlarning ismi va sharifini topish
uchun soʻrov yarating.
Tartiblash
Tartiblash deganda biror narsani tartib bilan
joylash tushuniladi. Masalan, kitoblarni
alifbo yoki mualliflari tartibida saralashingiz
mumkin.
Tartiblar oʻsuvchi yoki kamayuvchi boʻlishi
mumkin.
Oʻsuvchi deganda kichikdan kattaga qarab ortib
borish tushuniladi. Eng kichik raqam birinchi
aks etadi. Agar harflardan foydalanilsa, “a” harfi
birinchi boʻladi.
Kamayuvchi deganda kattadan kichikka qarab
kamayib borish tushuniladi. Eng katta raqam
birinchi aks etadi. Agar harflardan foydalanilsa,
“z” harfi birinchi boʻladi.