|
Cpu ram ddr elektr taminoti blogi Paralel ata
|
bet | 2/3 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 0,58 Mb. | | #240977 |
Bog'liq 631..bloki (ETB) deb ataladi. Elektr ta’minoti kompyuterning barcha qismlariga barqaror
va to’g’ri quvvatni ta’minlash uchun javobgardir. Bundan tashqari, disklarda
ma’lumotlarning saqlanishining ishonchliligi va xavfsizligi ham unga bog’liq.
Ma’lumki, kompyuter standart elektr rozetkaga ulanadi va uning tarkibiy qismlari
ikkita sababga ko’ra to’g’ridan-to’g’ri elektr tarmog’idan quvvat ololmaydi:
Birinchidan, elektr tarmog’ida o’zgaruvchan tok bo’ladi, kompyuter
qismlariga esa o’zgarmas doimiy tok kerak bo’ladi. Shuning uchun elektr ta’minoti
blokining vazifalaridan biri oz’garuvchan tok oqimini o’zgarmas doimiy tokga
aylantirib beradi.
4. PATA – bu parallel ATA demakdir. Qattiq magnitli xotiralarni (vinchester)larni ulash uchun parallel interfeys – AT Attachment. Ushbu standart 1986 yilda Western Digital firmasi tomonidan ishlab chiqilgan. PATA ni IDE interfeys deb xam nomlanadi. PATA shleyf 40 va 80 kontaktdan iborat bulishi mumkin. Umuman olganda PATA deb nomlanishiga yangi texnologiya SATA ning yaratilishi sabab bo'lgan. Chunki undan oldin ATA deb nomlangan.
PATA interfeysi SATA interfeysidan 4 marotaba kattadir. PATA shinasining eng yuqori tezligi 133 MB/s bo'lsa, bu ko'rsatkich SATA1 dan ham past natija edi. Hozirgi kunga kelib ATA interfeys(shinali, razyomli motherboard lar) ishlab chiqarishdan olib tashlangan. PATA shleyf kabeli maksimal uzunligi 46 smdan oshmaydi.
5. SATA – Serial ATA – ketma ket ATA interfeys hisoblanadi. Bu interfeys PATA(ATA) ga nisbatan ixcham va tezligi bilan afzaldir. Uning bugungi kunga kelib SATA1, SATA2 SATA3 kabi versiyalari mavjud. SATA1 ning shina tezligi 1,5 Gbit/s(150MB/s), SATA2 niki 3 Gbit/s (300MB/s)va nixoyat SATA3ning shina tezligi 6 Gbit/s(600M) gacha o'tkazuvchanlik qobiliyatiga ega. SATA ning yana eng muxim afzal va qulay tarafi – djamperning yo'qligidir. SATA shina kabeli 7 kontaktdan iborat, elektr ta'minot kabeli esa 15 kontaktdan iborat. SATA kabellari o'zining ko'rinishi bilan ham ko'p marotaba uzib-ulash uchun qulay hisoblanadi. SATA shleyf kabeli uzunligi oxirgi versiyalarida 2 m gacha boradi.
|
| |