Nizomiy nomidagi TDPU
"Õzbek tili va adabiyoti" fakulteti
Õzbek tili va adabiyoti yõnalishi
405-guruh
talabasi
Abdullayeva Azizaning
Ona tili õqitish metodikasi fanidan tayyorlagan
D A R S I SH L A N M A S I
Mavzu: Tinish belgilarini amaliy o'rgatish usullari
Dars sanasi:_________
Sinf: ___
Fan nomi: Ona tili
Dars mavzusi: Tinish belgilarini amaliy o’rgatish usullari
Dars maqsadi:
a) ta’limiy maqsad: o’quvchilarga mavzuni to’liq yetkazish, mavzuga oid
bilim va ko’nikma hosil qilish
b) tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni chiroyli yozuv qoidalariga rioya qilishga
o’rgatish, ularga estetik tarbiya berish
c) rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini
rivojlantirish, savodli yozish uquvlarini o’stirish
Dars turi: nazorat
Dars uslubi: kichik guruhlarda va yakka holda ishlash
Darsda foydalaniladigan jihozlar: rasmlar, ko’rgazma, tarqatma materiallar,
kesma harflar
Ilmdan bir shu’la dilga tushgan on,
Shundan bilursankim ilm bepoyon.
Darsning jihozi: Kuzgi barglar, rangli rasmlar, test, tarqatma materiallar, darslik.
Dars turi: Aralash, yangi bilim beruvchi.
Dars metodi: Savol-javob, test, „Aqliy hujum“.
Darsning borishi:
1-2 bosqichlar texnologik xarita
asosida tashkil etiladi
O’tilgan mavzuni takrorlash, o’quvchilar bilimini aniqlash va mustahkamlash
maqsadida aqliy hujum savollari beriladi.
1. O’tgan darsda qaysi mavzu bilan tanishgan edik?
2. Gap oxirida qanday tinish belgilar qo’yiladi?
3. Gap nimalardan tuziladi?
4. - Sanoqni bildirgan so’zlar qaysi so’roqqa javob bo’ladi?
5. - Sanoqni bildirgan so’zlarning tagiga qanday chiziladi?
6.Necha? So’rog’iga javob bo’ladigan so’zlarga
misol ayting
7. Nechanchi? So’rog’iga javob bo’ladigan so’zlarga misol ayting