• Fayl – tashqi xotirada biror nom bilan saqlab qo‘yilgan har qanday ma’lumot.
  • -D A R S. FAYL VA PAPKA TUSHUNCHASI




    Download 1.7 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet11/44
    Sana20.10.2022
    Hajmi1.7 Mb.
    #27631
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   44
    Bog'liq
    Informatika. 5-sinf
    bozor-iqtisodiyoti-sharoitida-ijtimoiy-marketingkorxona-muvaffaqiyatining-muhim-omili-sifatida (1)
    4-D A R S. FAYL VA PAPKA TUSHUNCHASI
    Kompyuterda bajariladigan barcha amallarni umumlashtirgan holda,
    uchta asosiy vazifalarga ajratishimiz mumkin: axborotlarni yig‘ish 
    (yaratish yoki kiritish), axborotlarni qayta ishlash (yoki o‘zgartirish) va 
    axborotlarni uzatish.
    Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun axborotlar, dasturlar, 
    ma’lumotlar kompyuter xotirasida o‘ziga xos tartibda tashkil etiladi va 
    saqlanadi.
    Fayl inglizcha so‘z bo‘lib, «hujjatlar jildi», «ma’lumotlar» ma’nosini 
    anglatadi. Kundalik hayotimizda biz ma’lumotlarni ma’lum bir tartib va 
    qoidalarga asosan tashkil etamiz va saqlaymiz. Masalan, sinfi ngizdagi har 
    bir o‘quvchi haqidagi ma’lumotlar alohida jildda saqlanadi (bitta jildda 
    bir necha o‘quvchi haqidagi ma’lumotlar aralashtirib yuborilmaydi). 
    Xuddi shu kabi, sizning sinfi ngizdagi o‘quvchilar haqidagi ma’lumotlar 
    jamlangan jildlar ham boshqa sinf o‘quv chilarining jildlari bilan aralash-
    tirib yuborilmaydi.
    Ma’lumotlar bunday qoida 
    larga asosan tartiblanishi 
    ning asosiy
    maqsadi – kerakli ma’lumotlarni osonlik bilan qidirib topishdir.
    Fayl nomida kompyuter qurilmalari nomi va buyruqlar nomini ishlatish 
    mumkin emas.
    Fayllarni kompyuter xotirasida saqlash uchun ularga alohida nom 
    beramiz. Buning asosiy sababi shundan iboratki, agarda har bir faylga 
    alohida nom berilmasa, chalkashlik yuz beradi.
    Fayllarni yanada tartiblash uchun ularni mazmuniga ko‘ra alohida 
    papkalarga joylaymiz.
    Kompyuterda fayllar yaratishingizdan avval o‘zingizning papkangizni 
    hosil qiling. Ushbu papkangizga yaratgan matnlaringiz, tasvirlaringiz, 
    ovozli va video fayllaringizni saqlab boring.


    19
    Fayl – tashqi xotirada biror nom bilan saqlab 
    qo‘yilgan har qanday ma’lumot.
    Faylda saqlanayotgan ma’lumotlar matn, tasvir, fi lm, musiqa, dastur 
    yoki turli boshqa ma’lumotlar bo‘lishi mumkin. Ular tashqi xotira 
    hisoblanuvchi disketa, magnit tasma, qattiq disk, CD va DVD disklar, 
    flesh-xotira kabi vosita larda fayl ko‘rinishida saqlanadi (1-rasm).
    Egiluvchan magnit 
    disk
    Lazerli (CD,
    DVD) disk
    Flesh disk
    Qattiq disk
    1-rasm.
    Har bir faylning nomi bo‘lib, u 2 qismdan iborat: fayl nomi va uning 
    kengaytmasi.
    Faylning kengaytmasi faylda saqlangan ma’lumot qanday tur 
    dagi 
    ma’lumot ekanligidan darak beradi. Faylning nomi 255 ta belgidan 
    oshmasligi lozim.
    Fayl nomi va uning kengaytmasi nuqta bilan ajratilib yoziladi. Fayllarni 
    ochish yoki qayta ishlash kerak bo‘lsa, unga shu nom orqali murojaat 
    qilinadi yoki qidiriladi.
    Kompyuterda fayllar ustida turli amallar bajarish mumkin:
    • 
    Fayllarni hosil qilish
    • 
    Fayllarni ochish
    • 
    Fayllarni saqlash
    • 
    Fayllardan nusxa olish
    • 
    Fayllarga o‘zgartirish kiritish
    • 
    Fayllarni chop etish
    Bu amallarning ba’zilari bilan tanishib, ular bilan ishlash ko‘nikmalarini 
    hosil qilamiz.


    20

    Download 1.7 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   44




    Download 1.7 Mb.
    Pdf ko'rish