29
4. Funksional tugmachalar maxsus vazifalarni bajarish uchun
mo‘ljallangan. Ularning vazifalari har bir dasturda o‘ziga xos bo‘lishi
mumkin:
5. Raqamli tugmachalar paneli:
{NumLock} indikatori yoqiq holatda –
«kalkulator», o‘chiq
holatda
kursorni boshqarish vazifasini bajaradi.
6. Indikatorlar:
{Power} – kompyuterni o‘chirish;
{PrintScreen} – ekrandagi joriy tasvir nusxasini xotirada saqlab turish;
{Pause/Break} – kompyuterda
ishga tushirilgan musiqa, video,
kliplarni vaqtincha to‘xtatib turish.
Mavzuga doir savol va topshiriqlar
1. Klaviaturaning vazifasini tushuntirib bering.
2. Klaviatura qanday harfl ar guruhidan tashkil topgan?
3.
«Shift» va
«Caps Lock» tugmachalarining farqini izohlab bering.
4. Kursorni boshqarish tugmachalarini aytib bering.
5. Funksional tugmachalarning vazifasini tushuntiring.
6. Kirill va lotin alifbolariga o‘tish usullarini aytib bering.
Mashqlar
I. «Блокнот» dasturini ishga tushiring va quyidagi amallarni bajaring:
1. Aa Bb Cc Dd Ee Ff Gg Mm Nn Ll Oo Pp ....
2. 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10.
3. ! @ # $ % ^ & * ( ) – + < > ‘ ? «» \ | /
4. MAKTAB, OILA, VATAN, TOSHKENT, O‘ZBEKISTON, MUSTAQILLIK.
5. Я
люблю свою школу, свой город, свою страну.
6. 400$, 50%, (bir), «Ekologiya va men», http://www.olam.uz., @mail.ru.
II. «Блокнот» dasturini ishga tushiring. Berilgan
matnlardagi arab raqam lari,
rim raqamlari va belgilarni yozish ko‘nikmasini hosil qiling:
30
1. 1991-yil 1-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasida Mustaqillik bayrami
ilk bor nishonlandi.
2. XXI asr – axborot texnologiyalari asri.
3. Buyuk alloma Muso al-Xorazmiy IX
asrda yashagan va matematika,
infor matika, astronomiya kabi fanlarga o‘zining ulkan hissasini qo‘shgan.
4. Sinfi miz o‘quvchilari barcha fanlarni 100% ga o‘zlashtirdilar.
5. Imtihonda menga 1-raqamli bilet tushdi.