54
Mashqlar
1. Ijodiy vazifa. Yosh arxitektor. Uyning ba’zi tomonlarini akslantirish yoki
cho‘zish orqali yangi tasvirlarni hosil qiling.
Hosil bo‘lgan rasmni «Mening birinchi loyiham» nomi bilan saqlang.
2. Ijodiy vazifa. Kompyuter, kompyuter qurilmalari va ma’lumotlarni
saqlash
vositalari tasvirini yarating.
13-D A R S. PАINTDA RASMLARNI QAYTA ISHLASH
Paint grafi k muharririda rasmlarga o‘zgartirish
kiritish yoki qayta
ishlash imkoniyatlari haqida avvalgi darslarda ko‘rsatilgan edi. Bun-
day imkoniyatlar boshqa grafi k muharrirlarda ham mavjud. Shu sababli
yangi mavzuda beriladigan amaliy bilim va ko‘nikmalar
kelajakda
murak kab dasturlarda ishlashga zamin bo‘lishi mumkin.
Paintda rasmlarni qayta ishlash
yoki o‘zgartirish qanday bajariladi?
Paint dasturida rasmlarga o‘zgartirish kiritish
uchun avval uni ish maydo-
nida ochish zarur bo‘ladi. Buni quyidagi usullarning biri yordamida
bajarish mumkin.
1-usul. Kompyuterda mavjud rasmli
fayllar orasidan biror fayl
tanlanadi va «sichqoncha» yordamida belgilab olinadi.
«Sichqoncha»ning o‘ng tugmasi bosiladi va kontekst-menyu hosil
qilinadi. Ro‘yxatdan
«Открыть c помощью» bandi tanlanadi.
55
Taklif qilingan dasturlar ro‘yxati
orasidan Paint tanlanadi.