• Kompyuter o‘yinlarining zarari
  • D kamolitdinova




    Download 1.7 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet37/44
    Sana20.10.2022
    Hajmi1.7 Mb.
    #27631
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   44
    Bog'liq
    Informatika. 5-sinf
    bozor-iqtisodiyoti-sharoitida-ijtimoiy-marketingkorxona-muvaffaqiyatining-muhim-omili-sifatida (1)
    Bras, Disney kabi kompaniyalar kompyuter o‘yinlarini ishlab chiqarish 
    bo‘yicha oldingi o‘rinda bormoqdalar.
    Kompyuter o‘yinlarining ijobiy tomoni
    Hozirgi kunda kompyuter o‘yinlari bolalar dunyoqarashini, iqtidorini 
    rivoj 
    lantirish bilan birga ularda kashfi yotchilik, yaratuvchanlik xislat-
    larini tarbiyalovchi vosita sifatida keng qo‘llanilmoqda. Ayniqsa, ta’lim 
    sohasida ko‘pgina fanlarni o‘zlashtirishda, xorijiy tillarni o‘rganishda, 
    bolalarning mantiqiy fi krlash qobi liyatini aniqlash va uni rivojlantirishda 
    o‘yin dasturlarining hissasi katta.
    Kompyuter o‘yinlari, shuningdek, bolalarning hissiy va ruhiy holatini 
    kuzatish va ba’zan qaysidir ruhiy muammolarini yechishga yordam beradi. 
    Ayniqsa, olimlarning oxirgi izlanishlari kompyuter o‘yinlari jarrohlik 
    o‘tkazilgan bolalar jarohatining tiklanishiga ijobiy ta’sir etayotganini 
    ko‘rsatmoqda.
    Kompyuter o‘yinlarining zarari
    Bolalarning ko‘p vaqtlarini kompyuter olamiga bag‘ishlashi ularning 
    organiz mida ba’zi fi ziologik o‘zgarishlarga, hatto jiddiy kasalliklarga olib 
    kelishi hech kimga sir emas. Ko‘p vaqt davomida harakatsiz o‘tirish, 
    ko‘zlarni haddan tashqari zo‘riqtirish natijasida ko‘rish qobiliyatining 
    susayishi, tezda holdan toyish, umurtqaning qiyshayish holatlari
    bosh miya va tanada qon aylanishining buzilishi, ruhiy toliqish va tez 
    asabiylashish holatlari kuzatiladi.
    Televizor yoki kompyuter ekranidan chiqayotgan sun’iy nur bizning 
    ko‘zimizga zararli ta’sir etadi. Eng xavflisi – bolalarning qiziqish 
    doirasi torayadi, o‘zining shaxsiy olamini yaratishga intilish hamda real 
    borliqdan uzoqlashish hollari vujudga keladi. Kattalarning gapi, nasihati 
    ularga xuddi ortiqcha gapdek tuyuladi va qanday bo‘lmasin o‘z so‘zini 


    64
    o‘tkazishga harakat qilishadi. Bu esa o‘yinga bog‘lanib, unga tobe bo‘lib 
    qolish alomatlaridan biri hisoblanadi.
    Ayniqsa, o‘quvchi yoshlar uchun bilim olish, maktabga borish, sport 
    bilan shug‘ullanish, uy ishlariga qarashish kabi vazifalar ikkinchi darajali 
    bo‘lib qoladi. Bu esa yoshlarning aqlan va jismonan rivojlanishiga salbiy 
    ta’sir etmay qolmaydi.
    Aziz o‘quvchilar, kompyuter o‘yinlariga tobe bo‘lib qolmang!

    Download 1.7 Mb.
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   44




    Download 1.7 Mb.
    Pdf ko'rish