• Kompyuter dasturlari
  • D kamolitdinova




    Download 1.7 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet8/44
    Sana20.10.2022
    Hajmi1.7 Mb.
    #27631
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   44
    Bog'liq
    Informatika. 5-sinf
    bozor-iqtisodiyoti-sharoitida-ijtimoiy-marketingkorxona-muvaffaqiyatining-muhim-omili-sifatida (1)
    Kompyuterning asosiy 
    qurilmalari
    Kompyuterga 
    ma’lumotlarni kiritish
    qurilmalari
    Kompyuterdan 
    ma’lumotlarni chiqarish
    qurilmalari
    3-D A R S. KOMPYUTERNI BOSHQARISH
    DASTURLARI
    Avvalgi mavzuda kompyuterning asosiy va ba’zi qo‘shimcha 
    qurilmalari, ularning vazifalari bilan tanishib oldik. Kompyuterning asosiy 
    va qo‘shimcha qurilmalari umumiy qilib qattiq qism (ingl. Hardware, 
    hard – qattiq, ware – buyum) deb ataladi.
    Lekin kompyuterlarning ishlashi uchun bu qurilmalarning o‘zi yetar-
    li emas. Kompyuter ishlashi uchun buyruqlar va ko‘rsatmalar, ya’ni 
    kompyuter dasturlari kerak bo‘ladi. Kompyuter dasturlari – kompyuter 
    tushuna oladigan tilda yozilgan buyruq va ko‘rsatmalarning tartibli 
    ketma-ketligidir.
    Kompyuter dasturlari o‘z navbatida:
    • 
    boshqarish dasturlari (operatsion sistemalar);
    • 
    matn bilan ishlash dasturlari


    14
    • 
    rasm, chizmalar bilan ishlash dasturlari;
    • 
    hisob-kitoblarni bajaruvchi dasturlar va boshqa xilma-xil dasturlardan ibo-
    ratdir.
    Bunday dasturlarning to‘plami dasturiy ta’minot (ingl. Software, 
    soft – yumshoq, ware – buyum) deb ataladi.
    Dasturiy ta’minotning asosiy qismi operatsion sistemadir. Operatsion 
    sistema maxsus dasturlar to‘plami bo‘lib, kompyuterni boshqarish hamda 
    kompyuter va odam o‘rtasida muloqot o‘rnatish vazifalarini bajaradi.
    Matn yaratish, rasm chizish, hisoblash, ma’lumot uzatish kabi vazifalar 
    maxsus amaliy dasturlar yordamida amalga oshiriladi.
    Zamonaviy kompyuterlar uchun UNIX, LINUX, WINDOWS, MacOS 
    kabi operatsion sistemalar yaratilgan. Ularni quyidagi maxsus belgilar 
    orqali bilib olish mumkin:
    MS Windows
    UNIX
    MacOS
    LINUX

    Download 1.7 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   44




    Download 1.7 Mb.
    Pdf ko'rish