• Dars jarayoni va texnologiyasi
  • III. Yangi mavzuni tushuntirish
  • 5- mashq
  • Dam olish daqiqasi IV.Yangi mavzuni mustahkamlash
  • Dars ishlanmasi (konspekt)




    Download 47.5 Kb.
    Sana20.10.2022
    Hajmi47.5 Kb.
    #27630
    Bog'liq
    1 sinf tovush va harflar mavzusida da
    PISA TEST, ochiq dars kimyo (2), h1, “Aqlli shahar” konsepsiyasi va uning boshqaruv maqsadlari., 4-Mus ish ASH, 1. Aqlli shahar va uning rus va chet el manbalaridagi asosiy x, паспорт ПОН 3 1, 9-sinfga TEST YANGI, Kompyuter tarmoqlari chuqurlashtirilgan kursi (X.Zayniddinov, S.O\'rinboyev, A.Beletskiy), K O’LCHOVLI TEKISLIK, Yosh davrlari psixologiyasi test savollari, Sun sulasida xitoy, Transmilliy kompaniyalarning jahon iqtisodiyotidagi o\'rni, Operatsion tizimlarda xotirani boshqarish

    DARS ISHLANMASI (KONSPEKT)
    Dars sanasi:_________ Sinf: ___
    Fan nomi: Ona tili
    Dars mavzusi: Tovush va harflar
    Dars maqsadi:

    1. ta’limiy maqsad: o’quvchilarga mavzuni to’liq yetkazish, o’tilgan mavzularni mustahkamlash

    1. tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni chiroyli yozuv qoidalariga rioya qilishga o’rgatish, ularga estetik tarbiya berish

    2. rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, savodli yozish uquvlarini o’stirish

    Dars turi: aralash
    Dars uslubi: kichik guruhlarda va yakka holda ishlash
    Darsda foydalaniladigan jihozlar: rasmlar, ko’rgazma, tarqatma materiallar, kesma harflar
    Ilmdan bir shu’la dilga tushgan on,
    Shundan bilursankim ilm bepoyon.
    Dars jarayoni va texnologiyasi



    Ishning nomi

    Bajariladigan ishning mazmuni

    Metod

    Vaqt

    1-bosqich
    Tashkiliy qism

    Darsni tashkil etish. O’quvchilarning davomatini aniqlash. Sinfning darsga tayyorgarligi tekshiriladi

    Suhbat

    2 minut

    2-bosqich Ehtiyojlarni aniqlash

    O’quvchilarning ehtiyojlarini aniqlab, mavzuga oid tushunchalar beriladi
    Harflarni yozish o’rgatiladi

    Savol-javob

    3 minut

    3-bosqich Yangi mavzu bayoni

    O’tilgan mavzuni mustahkamlash
    Tovush va harflar haqida tushuncha berish
    Harflarni bog’lab yozishni mashq qilish
    5-6 mashqni bajarish

    Tushuntirish, izlanish
    Og’zaki savol-javob

    31 minut

    4-bosqich Mustahkamlash

    Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar O’yinli mashg’ulotlar

    Muammoli izlanish

    6 minut

    5-bosqich rag’batlantirish

    O’quvchilarning darsga ishtiroki hisobga olinib rag’batlantiriladi




    2 minut

    6-bosqich
    Uyga vazifa

    7-mashq 8 bet

    izlanish

    1 minut

    Darsning borishi:


    1-2 bosqichlar texnologik xarita asosida tashkil etiladi
    O’tilgan mavzuni takrorlash, o’quvchilar bilimini aniqlash va mustahkamlash maqsadida aqliy hujum savollari beriladi.
    1. O’tgan darsda qaysi mavzu bilan tanishgan edik?

    1. “Ona tilim” she’rini kim yozgan?

    2. Ona tili fani nimani o’rgatadi?

    4. Ona tilimizda nechta tovush va harf bor?
    Ona tili kitobi o’quvchilarga tanishtiriladi. Ushbu darslikdan o’quvchilar nimalar haqida o’qib o’rganishi, kitobni toza ozoda-tutishi haqida o’quvchilar bilan suhbatlashiladi.
    III. Yangi mavzuni tushuntirish
    O’quvchilar diqqati doskaga jalb etiladi. Yangi mavzu e’lon qilinadi.
    -Ona tilimizda nechta tovush va nechta harf bor?



    -Tovushlarni talaffuz qilamiz va eshitamiz. O’zbek tilida 30 ta tovush bor.
    Tovushlar harflar bilan ifodalanadi. Harflarni yozamiz, ko’ramiz va o’qiymiz. O’zbek yozuvida 29 ta harf bor.



    5-mashq. So’zlarning bitta tovushini o’zgartirib, yangi so’z hosil qiling va daftaringizga yozing.
    Qovun – sovun, ikki – ukki, mart – shart, so’qmoq – to’qmoq
    Savlat – davlat
    Qaysi tovushlar so’zlarning ma’nosini o’zgartiryapti?
    6-mashq. Qovunlar nomini aniqlang va yozing.
    Qovunlar
    Ananas qasir-qusur,
    Pichoqqa ilinmaydi.
    Oqurug’I – mayiz, holva,
    Po’chog’I bilinmaydi…


    O’quvchilarning so’zlarni yozishda qo’l harakatlari kuzatib turiladi.
    Dam olish daqiqasi

    IV.Yangi mavzuni mustahkamlash
    O’quvchilar yozgan matnlarini o’qib beradilar. Ularning fikri umumlashtiriladi. Savollar orqali mavzu mustahkamlanadi.


    . V. O’quvchilar darsga ishtirokiga qarab rag’batlantiriladi.
    Uyga vazifa. 7-mashq.
    Download 47.5 Kb.




    Download 47.5 Kb.