Journal of Innovation, Creativity and Art (ISSN: 2181-4287)
Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
13
“
SAN'AT, TIL VA MADANIYAT MASALALARINI ILMIY O'RGANISHDA FAN VA
INNOVATSIYALAR UYG'UNLIGI
”
DARS JARAYONIDA KOMPYUTER GRAFIKASIDAN
FOYDALANISHNING AHAMIYATI.
Mamurova Dilfuza Islamovna
Buxoro davlat pedagogika instituti Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti
“Musiqa va tasviriy san’at ” kafedrasi dotsenti
Bugungi kunda jahonning qaysi bir rivojlangan mamlakatlarini olmaylik, ta'lim sohasida,
ayniqsa maktab yoshidan boshlab san'at, xususan, tasviriy va amaliy san'at haqidagi bilimlarini
rivojlantirishga katta ahamiyat berib kelinmoqda. Mamlakatimizda o‘rta ta'limning yana o‘n bir yillik
bo‘lishi va unda kasbga yo‘naltirish maqsadida o‘quv markazlarining tashkil etilishi, shuningdek
akademik litsey, kasb–hunar kollejlari, oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan yoshlarning badiiy
va estetik tarbiyasiga katta e'tibor berilmoqda. O‘sib kelayotgan yosh avlodni jahon andozalariga javob
beradigan barkamol etib tarbiyalashda amaliy bezak san’ati fani alohida ahamiyat kasb etadi.
Yoshlarga badiiy ma’lumot berishda tabiat unsurlarini stillashtirish mashg‘ulotlarining ahamiyati
benihoya katta bo‘lib, bu ularning umumiy dunyoqarashlarini o‘stirishda muhim.
Yozuv
kompozitsiyasi, yozuvlarni yozishni o‘rganish, oddiy naqsh namunalarini chizish, boyash va
pardozlash mahoratini rivojlantirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi.
Amaliy va badiiy bezak
san'atini o‘rganish yoshlarga atrofdagi jismlarning stillashtirgan holda, badiiy tafakkur, ijodiy qobilyat,
ko‘rib eslab qolish, fazoviy tasavvurni shakllantirish, san'at asarlariga nisbatan estetik munosabatni,
go‘zallikka bo‘lgan muhabbatni rivojlantirish, amaliy va badiiy bezak san'atida
kompozitsiya
masalalari, naqsh turlari, badiiy naqqoshlikda zamonaviy ramzlar, o‘quv va tarbiyaviy jarayonda
badiiy bezak san'atining o‘rni, amaliy bezak san'atida kompozitsiya, shriftlar, reklama, e'lon, shior,
tabrik matni namunalari, interer va ekstererda badiiy bezash bilan tanishtirish orqali nazariy jihatdan
o‘rgatadi hamda ularning estetik didlarini o‘stirishga xizmat qiladi. Bu esa, o‘z
navbatida, o‘rta
maxsus, kasb–hunar va oliy o‘quv yurtlarida o‘qitilayotgan maxsus fanlarning chuqur va asosli
bo‘lishini taqazo etib, pedagoglar, olimlar, ustalar va rassomlar zimmasiga mashaqqatli va ayni paytda
sharafli va yuksak mas'uliyat yuklaydi.
Talabalarga — amaliy bezak san'ati fanini o‘qitilishida quyidagi texnik vositalardan
foydalaniladi: Amaliy san'at namoyandalari, xalq ustalari, yetuk o‘zbek va xorijiy tasviriy san'at usta
rassomlarining jahon miqiyosida tan olingan san'at asarlari namunalari hamda metodik jihatdan
mukammal reproduktiv ishlari; zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalangan holda
mashg‘ulotlarni tashkil etish taqazo etiladi. Ayniqsa bunda zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan
foydalanishning samarasi katta deyish mumkin. An’anaviy ta’lim jarayoni tajribadan o’tgan va
samarali bo’lishiga qaramasdan, zamonaviy dunyoda yashayotgan talabalar uchun oddiy va zerikarli
ta’assurot qoldirishi mumkin.
Asosiy maqsad talabalarni ta’lim jarayonida samaradorlikka
erishish va ularda tushunish, qabul
qilish jarayonlarini osonlashtirish ekan, biz qanday fan turi bo’lishidan qat’iy nazar zamonaviy
tehnologiyalardan foydalanishni , dars jarayonida tadbiq qilishimiz lozimdir. Zamonaviy kompyuter
Journal of Innovation, Creativity and Art (ISSN: 2181-4287)
Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
14
texnologiyalaridan foydalanish ta’lim oluvchilarda bir muncha qulaylik yaratibgina qolmay bu jarayon
ancha qiziqarlidir.Yuqoridagi fikrlarga asoslangan holda, amaliy bezak san’ati fanlarini o’qitishda ham
zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalanib, amaliy san’at topshiriqlari, naqsh elementlari va
kompozitsiyalarini kompyuter grafikasidan foydalangan holda chizishni dars jarayonida tadbiq etish
mumkin. Bunda kompyuterning grafik dasturlaridan foydalanish mumkin. Kompyuter grafikasi- grafik
display (monitor) ekranida tasviriy informatsiyani vizuallash (“ko’rinadigan” qilish).Tasviriy
qog’ozda, fotopiyonkada, kinolenta va boshqalarda aks ettirish usulidan farqli ravishda kompyuter
grafikasida kompyuterda hosil qilingan tasvirni darhol o’chirib tashlash, unga tuzatish kiritish, istalgan
yo’nalishda toraytirish yoki cho’zish yaqinlashtirish va uzoqlashtirish, burish, harakatlantirish, rangini
o’zgartirishva boshqa amallarni bajarish mumkin. Kitoblarni bezash, rasm va chizmalarni tayyorlash,
buyumlarni loyihalash va modellarni yasashda
teleraklamalar yaratishda, multfilmlarni yaratishda,
kinofilmlarda qiziqarli kadrlar hosil qilishda va boshqa ko’p sohalarda qo’llaniladi.
Kompyuter grafikasi tushunchasi hozirda keng qamrovli sohalarni o’zida mujassamlashtirib,
bunda oddiy grafik chizishdan to real borliqdagi tasvirlarni hosil qilish, ularga zeb berish programma
vositasida yordamida hatto tasvirga oid yangi loyihalarni yaratish ko’zda tutiladi. U multimedia
muhitida ishlash imkoniyatini beradi. Kompyuter grafikasi – bu avvalo keng tarqalib borayotgan
programma ta’minotidir,ya’ni kompyuter grafikasi mavjud va yangi yaratilayotgan programmalarga
tayanadi. U hatto programmalarning o’ziga zeb berishda ham juda keng qo’llaniladi. Uning
rivojlanishi jarayonlarning real uch o’lchovli fazoda qanday kechishini aniq tasvirlash (hattto
harakatdagi) imkonini yaratadi. Shuning uchun hozirda shunday amaliy
programmalar peketlari
mavjudki, ular yordamida ko’rilayotgan masalaning asosiy parametrinigina bergan holda uning
yechimi natijasi grafik shaklidagi olinishi mumkin.
Kompyuter grafikasi nafaqat rassomlar, balki turli soha vakillari reklama bilan shug’ullanuvchi
mutaxasislar, Internet sahifalarini yaratish, o’qish jarayoni uchun va boshqa sohalarda muhim rol
o’ynaydi. Uning ayniqsa poligrafiya sohasida qo’llanilishi keying paytlarda rang-barang, suratli
adabiyotlar, o’quv-qo’llanmalari, badiiy asarlarning paydo bo’lishida yuksak bezash texnikasidan
foydalanishni taqazo qilmoqda. Kompyuter grafikasi bilan ishlovchi dasturlardan bir qanchasini sanab
o’tish mumkin.
Jumladan, Microsoft Paint, Adobe Photoshop, Adobe Illustrator, Corel Draw,
Macromedia va Adobe Freehand, Adobe InDesign, Adobe ImageReady, Macromedia va Adobe Flash,
Discreet va Autodesk 3ds Max,Cinema 4d, Alias va Autodesk Maya, Lightwave, Adobe Brush va
hokazolardir. Ushbu dasturlarda kompyuter grafikasiga oid ishlarni amalga oshirish mumkin.
Ba’zilarida oddiy rasm chizish mumkin bo’lsa, ba’zilarida esa uch o’lchamli modellashtirish va hattoki
to’rt o’lchamli modellashtirish mumkin bo’ladi. Amaliy bezak san’ati fanlarini o’qitishda
ham bu
grafik dasturlardan keng foydalanish mumkin, ularning qulayliklari fanning amaliy ish jarayoni ancha
osonlashtiradi va o’zlashtirishni yanada oshirishga yordam beradi. Bu grafik dasturlarda naqsh
elementlari, kompozitsiyalari, islimiy naqshdan tortib, geometrik va murakkab naqsh turlarini
tasvirlash mumkin. Grafik dasturlar nafaqat o’zlashtirish jarayonini, vaqtni va mablag’ni ham tejashga
yordam beradi. Talaba grafik dasturlar yordamida chizilgan amaliy ishni (topshiriq sifatida berilgan
naqsh, naqsh elementi, kompozitsiya) bemalol o’zgartira oladi, xatolarni tuzatish ham oson kechadi,
istalgan rangga bo’yash va uni bemalol o’zgartirish mumkin. Eng asosiysi vaqt o’tgan sari amaliy ish
sifati va holati o’zgarmaydi. Bu esa talabalarda paydo bo’ladigan
asosiy muammolarning oson
yechimidir.
Xulosa qilib aytganda, grafik dasturlardan foydalanish talabalar uchun bir muncha qulayliklar
yaratadi, ta’lim jarayoni va sifatini yaxshilaydi. Grafik dasturlardagi ko’plab qulayliklar talabalarda