Yangi o’quv materiali bayoni




Download 10.79 Mb.
bet14/62
Sana11.01.2024
Hajmi10.79 Mb.
#134785
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   62
Bog'liq
Apparat va dasturiy ta\'minoti o\'rnatish fanidan o\'quv amalyoti kanspekt mavzulari
BUYURTMALI KALKULYAT SIYA, xalqjon, 59-dars-taqdimod-qismini-yuklab-oling, 7-8-togarak-namuna (2), oraliq, 190-сон буйруқ, Мухаммедов Шухрат Қосимович, Штук, Fizika-uz, 2-CHORAK UCHUN NAZORAT ISHLARI 5-9-SINFLAR UCHUN, Mobil qurilmalarning dasturiy ta O\'quv amalyoti, 1680092991 sbornik molodezhnaja-paradigma elec 2022, amaliy mashg\'ulot dasturlash tillari 5, ingliz tili orqali boshlangich sinf oquvchilarda musiqa savodxodxonlik malakasini shakllantirish
Yangi o’quv materiali bayoni


Ma’lumotlami parallel tarzda uzatuvchi shinalar

  • boshqarish signallari uchun mo‘ljallangan liniyalar (chiziqlar);

  • adreslar uchun mo‘ljallangan liniyalar;

  • ma’lumotlar uchun mo‘ljallangan liniyalardan iborat bo‘ladi.

Shinaga ulangan biron-bir qurilma, masalan - protsessor, boshqa bir qurilmadan, masalan - asosiy xotiradan, ma’lumot olishi (yoki unga uzatishi) uchun, avval boshqarish signallari yordamida uni ogohlantiradi. Protsessor asosiy xotiradan ma’lumotlami o‘qimoqchi bo‘lsa, MREQ (xotiraga murojaat qilish) va RD (xotiradan o‘qish) kabi boshqarish signallari bilan unga murojaat qiladi. Ushbu signallardan so‘ng, xotiraning o‘qilishi kerak bo‘lgan adresi, shina orqali unga uzatiladi. Adresni uzatish parallel tarzda amalga oshiriladi - 16 bit (64 Kbaytli xotira uchun), 20 bit (1 Mbaytli xotira uchun) va 32 bit (4 Gbaytli xotira uchun). Ma’lum bir vaqt oralig‘i o‘tgandan so‘ng (T3 siklining yarim davri) asosiy xotiradan o‘qilgan ma’lumotlami protsessor tomonidan qabul qilib olish amalga oshiriladi. Parallel tarzda qabul qilinayotgan ma’lumotlarning uzunliklari - 8, 16, 32, 64 yoki 128 bit bo‘lishi mumkin.
Ushbu jarayon sinxron va asinxron tarzda amalga oshirilishi mum- kin, ya’ni kompyuter shinalarining sinxron va asinxron xillari mavjud. 12.7 va 12.8-rasmlarda sinxron va asinxron shinalar orqali ma’lumotlami o‘qish jarayonining vaqt diagrammalari keltirilgan.
Sinxron shinada bu jarayon kvarsli generator hosil qilgan taktli im- pulslar yordamida boshqariladi. Generator hosil qilayotgan impulslarning chastotalari 5 MGs dan, 100 MGs gacha bo‘lishi mumkin. Asinxron shi- nalarda taktlar impulslari generatori ishlatilmaydi.
ISA shinasi IBM PC/AT kompyuterlarida qo‘llanilgan, u 8,33 MGs chastotada ishlaydi. SHina orqali bitta sikl davomida ikki bayt uzatiladi, bu esa uning maksimal tezligi 16,7 Mbayt/sek ga teng degani bo‘ladi.
EISA shina ham 8,33 MGs chastotada ishlaydi va u orqali bitta sikl davomida to‘rt bayt uzatiladi. Demak uning tezligi 33,3 Mbayt/sek ni tashkil qiladi.



5.1-rasm. Sinxron shinadagi o‘qish jarayoning vaqt diagrammasi.

5.2-rasm. Asinxron shinaning ishlashi.
ISA va EISA shinalari asosan matnli axborotni ishlash uchun modjallangan, avvalgi kompyuterlar uchun ishlab chiqarilgan edi. Keyin- chalik, kompyuterlarda Windows operatsion tizimlari ishlatila boshlagandan so‘ng, grafik va rangli video axborotlarni ishlash uchun ISA va EISA shinalarining tezliklari etarli bo‘lmay qoldi. Ushbu holatni tushuntirish uchun quyidagi hisoblashlami bajarib ko‘ramiz.

Download 10.79 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   62




Download 10.79 Mb.