|
Darsdan tashqari mashg’ulotlar va ularning me’yoriy hujjatlari. Ishdan maqsad
|
bet | 1/2 | Sana | 28.05.2024 | Hajmi | 34,93 Kb. | | #255514 |
Bog'liq labaratoriya ishi 4 J.J
Darsdan tashqari mashg’ulotlar va ularning me’yoriy hujjatlari.
Ishdan maqsad:
Darsdan tashqari mashg’ulotlar va ularning me’yoriy hujjatlari.
Kerakli jihozlar:
Kompyuter, proyektor,qo’llanmalar, kitoblar.
Nazariy qisim.
Darsdan tashqari vaqtlarda o’qituvchilar yoki chetdan taklif qilingan mutaxassislar o’quvchilar bilan turli xil ta’lim-tarbiya ishlarini olib boradilar. Bunday ishlar sinfdan tashqari ishlar deb ataladi. O’quvchilarning ko’pchiligi sinfdan tashqari ishlarga jalb qilinadi va undan o’quvchini har tomonlama rivojlantirishning muhim vositasi sifatida foydalaniladi.
Sinfdan tashqari ishlar o’ziga xos xususiyatlari bilan o’qish mashg’ulotlaridan farq qiladi. Bu ish ixtiyoriy asosda tashkil qilinadi. O’quvchilar o’z qiziqishlariga va layoqatlariga qarab turli to’garaklarga o’z ixtiyorlari bilan bilan yoziladilar, darsdan tashqari vaqtda o’tkaziladigan ommaviy va individual ishlarga ham o’z istaklari bilan qatnashadilar.
Sinfdan tashqari ishlarning formalari:
a) og’zaki ish usullari:
- konferenstiyalar;
mubohasalar (disputlar, uchrashuvlar va h-zolar).
B) amaliy ish usullari:
V) ko’rgazmali ish usullari:
muzeylar;
vistavkalar;
tematik stendlar va h-zolar.
Sinfdan tashqari ishlarning ba’zilari haqida qisqacha ma’lumot beramiz.
Fakultativ. Kasb-hunar kollejlarida darsdan tashqari tashkil qilinadigan mashg’ulotlarga fakultativlar kiritilgan. Fakultativlar o’qituvchi tomonidan talabalar tanlagan mavzular bo’yicha o’tkaziladi.
|
| |