Dastlabki o’qitish ya’ni “ Kirish yo’riqnovasi va Texnika Havfsizligi qoidalariˮ bilan tanishish Elektr tokining inson organizmiga ta’siri




Download 24.26 Kb.
Sana22.08.2022
Hajmi24.26 Kb.
#25344
Bog'liq
Hisobot
компонента delphi, Python dasturlash tili, Презентация Дистанционные образовательные технологии , informatika 5 rus, лабора бизе корел

Dastlabki o’qitish ya’ni “ Kirish yo’riqnovasi va Texnika Havfsizligi qoidalariˮ bilan tanishish
Elektr tokining inson organizmiga ta’siri
Elektr tokidan inson organizmida termik (ya’ni issiqlik), elektrolitik va biologik ta’sir kuzatiladi.
Elektr tokining termik ta’siri inson tanasining ba’zi joylarida qon tomirlari, nerv va hujayralaming qizishi sifatida kuzatiladi. Elektrolitik ta’sir esa qon tarkibidagi yoki hujayralar tarkibidagi tuzlaming parchalanishi natijasida qonning fizik va kimyoviy xususiyatlarining o'zgarishiga olib keladigan holat tushuniladi. Bunda elektr toki markaziy asab tizimi va yurak-qon tizimini kesib o‘tmasdan tananing ba’zi bir qismlarigagina ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Elektr tokining biologik ta’siri — bu tirik organizm uchun xos bolgan xususiyat hisoblanadi. Bu ta’sir natijasida muskullarning keskin qisqarishi tufayli inson organizmidagi tirik hujayralar to’lqinlanadi, bunda asosan organizmdagi bioelektrik jarayonlar buziladi. Ya’ni inson organizmi asosan bioelektrik toklar yordamida boshqariladi. Bunda tashqi muhitdan yuqori kuchlanishdagi elektr tokining ta’siri natijasida biotoklar rejimi buziladi va oqibatda inson organizmida tok urish holati vujudga keladi. Ya’ni boshqarilmay qolgan organizmda hayot faoliyatining ba’zi bir funksiyalari ba jarilmay qoladi: nafas olishning yomonlashuvi, qon aylanish tizimining ishlamay qolishi va h.k.
Elektr tokining inson organizmiga ta ’sirining xilma-xilligidan kelib chiqib, uni ikki gruppaga bo‘lib qarash mumkin: mahalliy elektr ta’siri va tok urishi.
Mahalliy elektr ta’siri natijasida kuyib qolish, elektr belgilari hosil bolishi, terming metallashib qolishi hollarini ko'rsatish m um ­ kin. Elektr ta’siridan kuyish, asosan organizm bilan elektr o'tkazgichi o‘rtasida volta yoyi hosil bo‘lganda sodir boladi. Elektr o‘tkazgichdagi kuchlanishning ta’siriga qarab bunday kuyish turlicha bolishi mumkin. Yengil kuyish faqat yallig’lanish bilan chegaralanadi, o'rtacha og’rlikdagi kuyishda pufakchalar hosil boladi va ogir kuyish - hujayra va terilar ko‘mirga aylanib, og‘ir asoratlarga olib kelishi mumkin. Elektr belgilari — bu terming ustki qismida aniq kulrang yoki och-sarg’ish rangli 1—5 mm diametrdagi belgi paydo bo’lishi bilan ifodalanadi. Bunday belgilar odatda xavfli emas. Terming metallashib qolishda, odatda erib mayda zarrachalarga parchalanib ketgan metall teri ichiga kirib qoladi. Bu holat ham elektr yoyi hosil boMganda ro‘y beradi. Ma’lum vaqt o'tgandan keyin bu teri ko‘chib tushib ketadi va hech qanday asorat qoldirmaydi.

Download 24.26 Kb.




Download 24.26 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Dastlabki o’qitish ya’ni “ Kirish yo’riqnovasi va Texnika Havfsizligi qoidalariˮ bilan tanishish Elektr tokining inson organizmiga ta’siri

Download 24.26 Kb.