"Dasturiy injiniring" fakulteti




Download 0,61 Mb.
Sana21.05.2024
Hajmi0,61 Mb.
#246972

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
“Dasturiy injiniring” fakulteti
“Аxborot texnologiyalarining dasturiy taʼminoti” kafedrasi
Dasturiy injiniringga kirish fanidan
Topshiriq-1 mavzusi: Abdituriyentlar haqida ma’lumot
Guruh: ISE002-3
Bajardi: Madaminov Bekmirza
Tekshirdi: Ishmuhamedov Aziz
Toshkent 2023
Reja:

  1. Yaratiladigan loyiha va uning vazifasi haqida ma’lumot.

  2. Loyiha uchun kerakli bo’ladigan resurslar.

  3. Foydalanish haqida ma’lumot.

Topshiriq -1 mavzusi: Abituriyentlar haqida ma’lumot





  1. Loyiha haqida ma’lumot.

Mazkur yaratiladigan loyiha asosida oliygohlarga tayyorgarlik ko’radigan abituriyentlar haqida umumiy ma’lumotlar olish mumkin (ularning ismi, familiyasi, tug’ilgan yili, yashash manzili va h.k).


Hozirgi kunda ko’plab abituriyentlarning ro’yhati hali ham qog’ozlarda shakllantirilayotganini ko’rishimiz mumkin. Misol uchun ayrim maktablar hali ham kundalik.com saytiga ulanmagan va hali ham o’quvchilar ro’yhatlari asosan jurnal ro’yhatlarida shakllantiriladi.
Hozirgi axborot asrida bunday holatni ko’rib hayratlanishimiz tabiiy holat. Shuning uchun ham bunday holatni iloji bo’richa kamaytirishimiz kerak. Buning uchun esa bizga yuqorid aytilgan loyiha mahsuli kerak bo’ladi.

Loyiha barcha foydalanuvchilar uchun qulay va ular tushunadigan tilda bo’lishi muhim o’rin tutadi. Dastur tili foydalanuvchiga tushunarsiz va foydalanuvchanligi murakkab bo’lsa bu mahsulotga nisbatan bir qancha qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Misol uchun birorta fan o’qituvchisi foydalanishi kerak bo’lsayu lekin dastur u uchun tushunish qiyin bo’lsa muammolarni keltirib chiqaradi.





Hozir foydalanilayotgan kundalik.com sayti

  1. Loyiha kerak bo’ladigan resurslar.

Biz yaratadigan dastur uchun ma’lumotlar bazasi qurish uchun MySQL tili kerak bo’ladi. SQL inglizcha so’zlarning bosh harflaridan olingan


(Structured Query Language – Strukturalangan so’rov tili)
SQL tilida ma’lumotlar bazasini yaratish uchun PostgreSql, MySQL Workbench va h. k.lar foydalaniladi.
Yaratilgan ma’lumotlar bazasi ustida ishlash uchun bizga ma’lm bir dasturlash tili kerak bo’ladi. Yaratgan ma’lumotlar bazamizni dasturlash tiliga bog’lab boshqaramiz.



MySQL workbench orqali yaratilgan database.

Aslida ushbu so’rov tilida ham ma’lumotlar ustida ishlar amalga oshirsa bo’ladi, lekin bundan foydalanish uchun esa uning ma’lum so’rov funksiyalarini va ingliz tilini bilish talab qiladi. Bu esa bir qancha foydalanuvchilar uchun esa murakkabroq qismi. Shuning uchun ushbudagi ma’lumotlardan foydalanishni dasturlash tili orqali boshqarib bir qancha qulayliklarga ega bo’lish mumkin.


Hozirgi kunda ma’lum bo’lgan dasturlash tillaridan eng ko’p foydalaniladiganlari asosan java, javaScript, c#, c++, python va h. k. lar mavjud. Biz universitet programmasida c# dasturlash tili orqali bog’lagan edik.






C# dasturlash tili.



  1. Foydalanish haqida ma’lumot.

Bunda foydalanuvchi uchun maxsus foydalanish interfeysi yaratilgan bo’ladi. Ushbu interfeys orqali o’zi uchun kerakli bo’lgan amalni bajarishi mumkin.



Dars vaqtida yaratilgan interfeys


Foydalanuvchi yuborgan so’rov asosida interfeys unga kerakli bo’lgan ma’lumotni chiqarib beradi. Dastur foydalanuvchining o’zi tushunadigan tilda ekanligi uchun ham foydalanish qulay va oson.
Download 0,61 Mb.




Download 0,61 Mb.