|
Dasturiy ta’minot xavfsizligi
|
bet | 2/3 | Sana | 28.05.2024 | Hajmi | 16,71 Kb. | | #256019 |
Bog'liq Dasturiy ta’minot ishonchliligi va xavfsizligi Reja-fayllar.orgDasturiy ta’minot xavfsizligi
Ishonchlilikning boshqa qismlari kabi xavfsizlik ham o'zining maxsu atamalariga ega.
Pflegeer tomonidan muhim atamalar quyidagicha ta'riflanadi:
Mulk ( asset ) - himoyalanadigan va biror qiymatga ega bo'lgan narsa. Mulk bu dasturiy ta'minot tizimining o'zi yoki bu tizim tomonidan ishlatiladigan ma'lumot bo'lishi mumkin.
Zararlanish ( exposure ) - Hisoblash tizimi zaralanishi yoki undagi elementlar yo'qotilishi bo'lishi mumkin. Bunda zarar yoki yo'qotish ma'lumotlarda, vaqtda yoki xavfsizlik buzilganda keyingi tiklash ishlariga ketgan mehnatda ko'rinadi.
Zaif himoyalanganlik ( vulnerability ) - Hisoblash tizimi zaifligi, bundan foydalanib tizimga zarar yetkazilishi mumkin.
Hujum ( attack ) - Tizimning himoyasi zaifligidan foydalanib qolish. Odatda bu tashqi tarafdan bo'ladi va bunda zarar qasddan yetkazilishi nazarda tutiladi.
Tahdidlar ( threats ) - zarar yetkazishi mumkin bo'lgan holatlar, vaziyat va sharoitlar. Bularga tizimga hujum uchun yo'l ochib beruvchi zaif himoyaga qaragandek qarash lozim.
Nazorat ( Control ) - tizim himoyasi zaifligini ketkazuvchi chora. Bunga shifrlashni misol qilib keltirish mumkin.
Ixtiyoriy tarmoqqa ulangan tizimda, uch xil asosiy xavfsizlikka qilinadigan tahdidlar uchraydi:
1 Tizim va uning ma'lumotlari maxfiyligiga tahdidlar. Bular axborotlarning autorizatsiyadan o'tmagan shaxslar yoki dasturlarga ochilishiga sabab bo'lishi mumkin.
2 Tizim va uning ma'lumotlari sofligiga tahdid. Bu tahdidlar dasturiy ta'minot yoki ma'lumotlarga zarar yekazishi, ularni buzishi mumkin.
3 Tizim va uning ma'lumotlari tayyorligiga tahdidlar. Bu tahdidlar autorizatsiyadan o'tgan foydalanuvchilarga ruxsatlarni chegaralab qo'yishi mumkin. Albatta bu tahdidlar o'zaro ichki bog'lanishga ega Agar hujum tizim tayyorligiga zarar yetkazsa, unda siz vaqt o'tishi bilan o'zgarib turadigan axborotlarni yangilay olmaysiz. Bu o'z navbatida tizim sofligini yo'qqa chiqaradi.
Siz tizim xavfsizligini kuchaytirish uchun qo'yishingiz mumkin bo'lgan nazoratlar quyidagilardir:
1 Himoya zaifligidan chetlanish. Qilinayotgan hujumlar muvaffaqiyatsiz bo'lishiga ishonch hosil qilish uchun qo'yiladigan nazoratlar. Bu yerda strategiya tizimni xavfsizlikka oid muammolardan chetda loyihalashdan iborat. Masalan, harbiy tizimlar mahalliy tarmoqlarga ulanmagan bo'ladi, shuning uchun ularga tashqi kirish yo'llari berkdir. Ma'lumotlarni shifrlashni ham bu turdagi nazoratlarga kiritish mumkin. Shifrlangan ma'lumotga har qanday autorizatsiyasiz kirishda, bu ma'lumot hujumchilar tomonidan o'qib bo'lmaydigan ko'rinishda bo'ladi. Amalda, kuchli shifrlangan ma'lumotlarni deshifrlash ko'p vaqt talab qiladi va qimmatga tushadi.
2 Hujumni aniqlash va uni bartaraf etish. Bu turdagi nazoratlar hujumlarni aniqlab ularni yo'q qilishga mo'ljallangan. Bu nazoratlar tizimda bajarilayotgan amallarni kuzatib turadi va g'ayrioddiy holatni aniqlaganda chora ko'radi: tizimning ushbu qismini o'chirib qo'yishi yoki aniqlangan foydalanuvchiga kirish yo'lini yopib qo'yishi mumkin.
3 Chegaralar qo'yish va tiklash. Bu nazoratlar muammolardan keyin qayta tiklanishni qo'llab-quvvatlaydi. Talabga javob beradigan xavfsizliksiz, biz tizimning tayyorligi, mustahkamligi hamda himoyalanganligiga ishonolmaymiz. Tizimni ishlab chiqarishdagi xatoliklar keyinchalik xavfsizlikni aylanib o'tilishiga olib kelishi mumkin. Agar tizim ko'zda tutilmagan kiruvchi parametrlarga javob bermasa yoki kiritilayotgan massiv ko'riniishidagi ma'lumotlarning chegarasi aniqlanmasa, hujumchilar bu zaifliklardan tizimga ruxsatsiz kirish uchun foydalanishlari mumkin. Asosiy xavfsizlik buzilish hodisalari ushbu zaifliklar orqali kelib chiqadi. C# tilida tuzilgan dasturlar massiv chegarasini tekshirishni o'z ichiga olmaydi, bu esa tizimga ruxsatsiz kirish orqali xotiraning biror qismini qayta yozishga imkon yaratadi.
Ishonchlilik talablari ikkiga bo'linadi:
1 Nofunksional talablar. Bular tizim normal ishlab turganida yoki tizim ishga tayyor bo'lmaganida qabul qilinishi mumkin bo'lgan nosozliklar sonini aniqlaydi.
2 Funksional talablar. Bular tizim va dasturiy ta'minotning dasturiy ta'minot nuqsonlarini chetlatish, aniqlash va ularga bardosh berish funksiyalarini aniqlaydi va bu nuqsonlar tizim nosozligiga olib kelmasligini ta'minlaydi. Ishonchlilik talablari shunga bogliq bo'lgan funksional tizim talablariga yo'l ochadi. Biror darajadagi ishonchlilikka erishish uchun bu tizimning funksional hamda loyihaviy talablari aniqlanadigan xatoliklarni hamda ular tizim nosozligiga olib kelmasligini ta'minlash uchun ko'riladigan choralarni tavsiflamog'i lozim.
Ishonchlilikni tavsiflash uchun ikkita asosiy miqdordan va bunga qo'shimcha ravishda ishonchlilikka bo'gliq bo'lga xususiyat tayyorlikni tavsiflash uchun yana bitta miqdordan foydalaniladi:
1.Talab qilingan nosozlik ehtimolligi - Probability of failure on demand (POFOD). Agar siz bu miqdorni qo'llasangiz, unda tizim tomnidan biror xizmat uchun belgilangan tizim nosozligi ehtimolligini natija sifatida olasiz. Shunday qilib POFOD = 0.001 ifoda talab bajarilganida nosozlik ro'y berishi imkoniyati 1/1000 ga bo'lishini ko'rsatadi.
2 Nosozliklar sodir bo'lish darajasi - Rate of occurrence of failures (ROCOF) . Bu biror vaqt davomida yoki biror sondagi amallar bajarilish jarayonini kuzatish davomida qayd etilgan nosozliklar soni bilan belgilanadi. Masalan bir soatda ikkita nosozlik yuz bersa unda nosozlik yuz berish oralig'i
yarim soat bo'ladi.
3.Tayyorligi -Availability(AVAIL). Tizimning tayyorligi so'rovlar jo'natilganida xizmatlarni yetkazib berishida aks etadi. Masalan AVAIL = 0.9999 bu tizim har vaqt amallarni bajarishga 99.99% tayyor degani.
Tizimlarning xavfsizligiga qo'yiladigan talablar tavsifi bir jihatdan olib qaraganda himoyalanganlik talablari bilan umumiydir. Shunday bo'lsa ham xavfsizlik himoyalanganlikka qaraganda muhimroq muammodir. Buning sabablari quyidagicha:
1. Himoyalanganlikni olib qaraydigan bo'lsak, siz tizim o'rnatilgan muhitni "dushman" sifatida qaramasligingiz mumkin. Hech kim himoyalanganlik tomonidan muammo chiqarishga urinib ko'rmaydi. Ammo xavfsizlik tarafdan yondashuv mutlaqo boshqa natijaga olib keladi. Bunda tashqaridan tizimning zaif nuqtalaridan yaxshigina xabardor qandaydir g'arazli kimsa tizimga tashqi tomondan ta'sir o'tkazishga harakat qiladi.
2. Agar nosozlik himoyalanganlikdagi tavakkalchilikdan kelib chiqsa, siz nosozlikka sabab bo'lgan xatolarni va bo'shliqlarni ko'rishingiz mumkin. Tashqi hujumlar tizim nosozligini keltirib chiqarganida esa, ildizni topish qiyinlashib ketadi. Chunki hujumchilar nosozlik sababini yashirishga intiladilar.
3. Odatda tizimni o'chirib qo'yish, yoki uning biror xizmatlarini to'xtatsih himoyalanganlik buzilishi natijasida paydo bo'lgan nosozliklar uchun eng ma'qul yechimlardan hisoblanadi. Tashqi hujumlar esa ko'pincha tizimni o'chirib qo'yishga yo'naltirilgan bo'ladi.Tizim o'chirib qo'yilsa hujum muvaffaqiyatli yakunlanibdi deb hisoblayvering.
4. Himoyalanganlik bilan bo'gliq harakatlar aqlli "dushman" tomonidan amalga oshirilmaydi. Tashqi tomondan hujum qiluvhchi shaxs esa bir qancha tizimlarga hujum qilib tajriba orttirgan bo'lishi, tizim va uning javoblari haqida ega bo'lgan bilimlarini qo'llab o'z hujumlarini o'zgartirib turishi mumkin.
Qiyoslashlar natijasida, tizimga duch keladigan turli tahdidlarni o'z ichiga qamrab oluvchi bir necha tur xavfsizlik talablarini keltirish mumkin. Firesmith ( 2003 - yili ) tizim tavsifida mavjud bo'lishi mumkin bo'lgan 10 ta xavfsizlik talablarini keltiradi:
1. Identifikatsita talablari. Tizim o'z foydalanuvchilari bilan muloqotga kirishishdan oldin ular identifikatsiya qilingan yo qilinmaganini tavsiflaydi.
2. Autentifikatsiya talablari. Foydalanuvchilar qanday identifikatsiyalanganini tavsiflaydi.
3. Avtorizatsiya talablari. Identifikatsiyalangan foydalanuvchining imtiyozlari va kirish ruxsatlarini tavsiflaydi.
4. Qarshi turish (immunitet) talabari. Tizim viruslar, vormlar va shunga o'xshash tahdidlardan o'zninqanday himoyalashini ko'rsatadi.
5. Soflik talablari. Ma'lumotlar buzilishidan qanday saqlanish mumkinligini ko'rsatadi.
6. Ruxsatsiz kirishni aniqlash talablari. Tizimga qilinayotgan hujumlarni aniqlashda qanday mexanizm qo'llanishini ko'rsatadi.
7. Rad etilmaslik talablari. Biror xizmat a'zolaridan biri xizmatning o'ziga tegishli qismini inkor etmasligini ko'rsatadi.
8. Sir saqlash talablari. Ma'lumotlarni sir saqlash qanday qo'llab-quvvatlanishini ko'rsatadi.
9. Xavfsiz nazorat talablari. Tizimdan foydalanish qanday kuztilishi va tekshirilishi mumkinligini ko'rsatadi.
10. Tizimni qo'llab-quvvatlashning xavfsizligi talablari. Ilova qanday qilib xavfsizlik mexanizmidagi tasodifiy muvaffaqiyatsizlikdan so'ng autorizatsiyada yuzga keladigan o'zgarishlardan saqlanishini ko'rsatadi.
Albatta siz yuqoridagi xavfsizlik talablarning har birini barcha tizimlarda ham uchratavermaysiz. Bu talablarning qo'llanishi tizim turiga, undan foydalanish holatiga va undan foydalanishi mumkin bo'lgan iste'molchilarga bo'gliqdir.
|
| |