Xizmat ko’rsatuvchi dasturiy ta’minot




Download 0.61 Mb.
bet3/6
Sana22.10.2022
Hajmi0.61 Mb.
#27790
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Dasturiy ta’minot va uning rivojlanib borish tendentsiy
Article 41 0, Loyih a o‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi, жилд инглиз тили, Ms word dasturida ishlash-fayllar.org (1), ehm larning rivojlanish bosqichi, Excel dasturida matematik formulalar bilan ishlash, Хат банкаси, Қурбонов Баходир Дурдиевич, Каримов Шерзод маълумотнома, kollej, 10-sinf-informatika, Mavzu Klient-server arxitekturalari, O‘qituvchi nutqi mutolaa san’ati fanidan-fayllar.org, Хиз хати № 2023-24
Xizmat ko’rsatuvchi dasturiy ta’minot: Bu turdagi dasturiy mahsulotlardan foydalanish orqali foydalanuvchi ish unumdorligini oshirish, OT ishlash holatini yaxshilash, shaxsiy kompyuterdan foydalanish va uni normal ishlashini optimallashtirish mumkin. Bu turdagi dasturlar quyidagi ko’rinishlarda bo’ladi.

  • Utilitalar – foydalanuvchilarga sifat jihatidan yangi interfeys taqdim etadi. OT foydalanuvchi operatsiya va buyruqlarini ikir-chikirigacha bilishdan ozod etadi. Utilitalar foydalanuvchiga qo‘shimcha xizmatlarini (maxsus dasturlar ishlab chiqishni talab etmaydigan) asosan disklar va fayllar tizimlari bo‘yicha xizmat ko‘rsatish ko‘rinishida taqdim etadi.

  • Tarjimon va elektron lug’atlar, bu dasturlar yordamida matnni bir tildan ikkinchisiga avtomat tarzda tarjima qiladi. Masalann, “Lingua Match. Corresponded” paketi ish yozishmalarini 6 ta tilda olib borish imkonini beradi. “Multileks Pro” elektron lug’ati 2 mln rus va ingliz so’zlarini o’z ichiga olgan.

  • Shaxsiy menedjer va organayzerlar. Bu dasturlar insonga, turli ma'lumotlar: telefon raqamlari, manzillar, tug’ilgan kunlarni olgan yon daftarcha va turli uchrashuv, anjumanlar kuni vaqti va h.k.lar belgilangan yozuv daftarini o’rnini bosadi. Shaxsiy menedjer – bu dastur shaxsiy va jamoa faoliyatini rejalovchidir, yoki shaxsiy “budilnik-eslatuvchi” desa bo’ladi, yana bu “bir umrlik kalendar”, pochta dasturi va h.k.larni o’z ichiga oladi. U shaxsiy va ish ma'lumotlarini tashkillashtiruvchidir. Masalan: MS Outlook.

  • Ta'lim, o’rgatuvchi va multimediali ensiklopedia dasturlari. Ta'lim dasturlari paketi turli fanlar: matematika, chet tili, kimyo, biologiya va h.k.lar bo’yicha individual ta'lim berish va o’qitish sifatini tekshirish dasturlaridan iboratdir.

  • Multimedia dasturlari tovush va videoma'lumotlarni ko’rish va eshitishga yordami beradigan dasturlar. Masalan, KM-Plaer, AIMP plaer, Win-AMP, Pot-Plaer.

  • Fayl menejerlari – fayl va kataloglarga hamda disklardan foydalanishda xizmat ko‘rsatish vazifasini amalaga oshiradi. Ularga “Far Manager, Norton Commander, Windows Commander, Total Commander”larni kiritish mumkin.

  • Arxivatorlar – Arxivlash vositalari ya’na fayl va kataloglar asosida arxiv yaratish va yangilash hamda arxivdan chiqarish vazifasini amalga oshiradi. Masalan, Win Rar, Win Zip, Extra Zip, 7-Zip va h.k.

  • Drayverlar – qurilma va OT o’rtasida vositachi rolini amalga oshiradigan dastur va fayllar. Qurilma turi va modeliga mos bo’lmagan daryver o’rnatilsa qurilma normal holatda ishlamaydi.

  • Antiviruslar – kompyuterni viruslardan himoya qilish, viruslarni o’chirish hamda viruslarlangan fayllarni davolashda qo’llaniluvchi maxsus dasturlar. ESET Nod32, Kasperskiy Anti-Virus, Microsoft Security, Doctor Web, Avast va h.k.

  • O’yin va dam olishga yordam beradigan dasturlar. Tizimli va amaliy dasturlar dasturlashtirish tillari yordamida tuziladi. Bu jarayonda yozilgan dastur dasturlashtirish tili translyatori orqali mashina tiliga tarjima qilinadi.


Download 0.61 Mb.
1   2   3   4   5   6




Download 0.61 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Xizmat ko’rsatuvchi dasturiy ta’minot

Download 0.61 Mb.