Dasturlash texnologiyasining uslubiy vositalari




Download 0.61 Mb.
bet4/6
Sana22.10.2022
Hajmi0.61 Mb.
#27790
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Dasturiy ta’minot va uning rivojlanib borish tendentsiy
Article 41 0, Loyih a o‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi, жилд инглиз тили, Ms word dasturida ishlash-fayllar.org (1), ehm larning rivojlanish bosqichi, Excel dasturida matematik formulalar bilan ishlash, Хат банкаси, Қурбонов Баходир Дурдиевич, Каримов Шерзод маълумотнома, kollej, 10-sinf-informatika, Mavzu Klient-server arxitekturalari, O‘qituvchi nutqi mutolaa san’ati fanidan-fayllar.org, Хиз хати № 2023-24
Dasturlash texnologiyasining uslubiy vositalari – bu amaliy dasturchilar deb nomlanadigan kategoriyadagi mutaxassislar uchun ish qurolidir. Uskunali dasturiy ta'minot – turli xildagi, inson faoliyatining turli sohalarida ishlatiladigan dasturlar paketlarini ishlab chiqishga mo’ljallangan. Amaliy dasturchilar, nafaqat ma'lumotlarga ishlov berish usullarini bilishlari, balki dasturlarni ishlab chiqishni ham bilishlari kerak. Ular axborot texnologiyalarini aniq qo’llash sohalari – muhandislik sohalari, matematika, fizika, nashriyot tizimi, buxgalterlik, tibbiyot va h.k.sohalarda yaxshi o’zaro bog’lanishi yoki yaxshi birikishi lozim. Oddiy foydalanuvchilar bu guruh dasturlari bilan, qoida bo’yicha to’qnashmaydilar.
Uskunali dasturlar guruhiga quyidagi dasturlar kiradi: turli algoritmik tillar translyatorlari (ular dastur matnini mashina tiliga o’tkazadi-tarjima qiladi) bog’lovchi muharrirlar – ular dasturning alohida-alohida bo’laklarini bir-biriga birlashtirib, butun holatga keltiradi. Sozlovchilar – ular yordamida dasturni yozishdagi yo’l qo’yilgan xatolar topiladi va bartaraf qilinadi.
Dasturlashtirishning kirish tili, translyator, mashina tili, standart dasturlar kutubxonasi, translyatsiya qilingan dasturlarni sozlash va bir butunlikka jamlash vositalarini o‘z ichiga olgan vositalar majmui dasturlashtirish tizimi deb ataladi. Dasturlashtirish tizimida translyator dasturlashtirishning kirish tilida yozilgan dasturni aniq bir EHMning mashina buyrug‘i tiliga tarjima qiladi. Kirish tilidan tarjima qilish usuliga bog‘liq holda translyatorlar kompilyator va interpretatorlarga bo‘linadi.
Mutaxassis integrallashgan muhiti-hamma keltirilgan komponentalarni dastur ishlab chiqish uchun yagona, qulay tizimga birlashtiradi.


Utilitalar foydalanuvchilarga sifat jihatidan yangi interfeys taqdim etadi. OT foydalanuvchi operatsiya va buyruqlarini ikir-chiqirigacha bilishdan ozod etadi. Utilitalar foydalanuvchiga qo‘shimcha xizmatlarini (maxsus dasturlar ishlab chiqishni talab etmaydigan) asosan disklar va fayllar tizimlari bo‘yicha xizmat ko‘rsatish ko‘rinishida taqdim etadi.
Utilitalar ko‘pincha quyidagi vazifalarini bajaradi;

  • disklarga xizmat ko‘rsatish (axborotni shaklga solish, saqlashni ta’minlash, to‘xtatish va boshqalar yuz berganda uni tiklash imkoniyati);

  • fayl va kataloglarga xizmat ko‘rsatish (huddi qobiqlar kabi);

  • arxivlarni yaratish va yangilash;

  • kompyuter resurslari haqida, diskli makon xususida, dasturlar o‘rtasida TXKni taqsimlash to‘g‘risida axborot taqdim etish;

  • turli rejim va formatlarda matnli va boshqa fayllarni bosish;

  • kompyuterni viruslardan himoya qilish.

Virusga qarshi himoyali dasturiy vositalar viruslarini topish va davolashni ta’minlaydi. Virus atamasi bilan turli noma’qul harakatlarni amalga oshirib boshqa dasturlarga kirib olgan holda ko‘payishga qodir bo‘lgan dastur tushuniladi.
Tizimli va amaliy dasturlar dasturlashtirish tillari yordamida tuziladi. Bu jarayonda yozilgan dastur dasturlashtirish tili translyatori orqali mashina tiliga tarjima qilinadi.

Download 0.61 Mb.
1   2   3   4   5   6




Download 0.61 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Dasturlash texnologiyasining uslubiy vositalari

Download 0.61 Mb.