|
Dasturiy ta’minotga qo’yilgan talablar
|
Sana | 01.05.2023 | Hajmi | 13.8 Kb. | | #55374 |
Bog'liq Dasturiy tz xudo xoxlasa tushadi99%, 3-labarotoriya ishi Saralash usul va algoritmlarini tadqiq qilis, cmd buyruqlari, Incremental model nima, 1matematik, word sAM 1 savol, Документ Microsoft Word (4), Ma\'ruzalar (2), ЛАБОРАТОРНАЯ РАБОТА N1, Dasturlash 2, Ariza, Qalandarova Gulshoda, 1648631455, 1650692784, 1651669892 (2)
Dasturiy ta’minotga qo’yilgan talablar
Dastur ikki qismdan klient va server qismlaridan iborat bo’ladi.
Klient qismi
Dasturiy ta’minot Windows platformasida ishlay olishi kerak.
Dastur kompyuterdan ko’p resurs talab qilmasligi zarur.
Foydalanuvchi interfeysi sodda va tushunarli tarzda shakllantirilishi zarur.
Foydalanuvchi dasturni ishga tushirgach, 300x400 o’lchamdagi sahifa ochiladi. U sahifada login va parol kiritiladi. Login va parol serverda ro’yhatdan o’tkazilgan bo’lsa ‘OK’ aks holda ‘ERROR’ xabari chop etilishi zarur
Foydalanuvchida boshqa sozlanmalarga o’zgartirish kiritish xuquqi mavjud bo’lmaydi.
Dastur qurilma bilan ‘virtual com’ interfeysi orqali aloqa bog’lay olishi zarur.
Lokal tarmoqda TCP/IP protokolidan foydalanib, server bilan aloqa o’rnata olishi zarur.
Qurilmadan kelib tushgan ma’lumotlar bir vaqtning o’zida serverga (aloqa mavjud bo’lganda), hamda excel file ga saqlab borilishi zarur.
Server qismi
Dasturiy ta’minot Windows platformasida ishlay olishi kerak.
Dastur kompyuterdan ko’p resurs talab qilmasligi zarur.
Foydalanuvchi interfeysi sodda va tushunarli tarzda shakllantirilishi zarur.
Foydalanuvchi dasturni ishga tushirgach, monitor o’lchamidagi sahifa ochiladi. U sahifada klientlar ro’yhati va ular to’plagan baxolarning o’rtacha ko’rsatkichi jadval ko’rinishida chop etilishi zarur.
Lokal tarmoqda TCP/IP protokolidan foydalanib, klientlar dan kelgan so’rovlarni qabul qilishi zarur.
Klientlardan kelib tushgan ma’lumotlar vaqt bilan birgalikda MySQL serverga saqlanishi zarur.
|
| |