|
Dasturlash tili
|
bet | 41/59 | Sana | 12.06.2024 | Hajmi | 4,95 Mb. | | #262797 |
Bog'liq Dasturlash tiliarray.itemsize - massivdagi bitta elementning baytdagi hajmini hisoblash uchun ishlatiladi.
array.count(х) - masssivdagi x elementlar sonini qiymat sifatida qaytaradi ;
array.fromlist(ro‘yxat) – masssivga ro‘yxatdagi elementlarni qo‘shish uchun ishlatiladi.
array.index(х) – massivdagi x elementining joylashgan indeksini qiymat
sifatida qaytaradi. Agar bunday element massivda mavjud bo‘lmasa, u holda
ValueError istisno holati ro‘y beradi;
append() – metodi massivning oxiriga yangi element qo‘shish uchun foydalaniladi.
array.remove(х) - massivdan x elementini o‘chirish. Ushbu metod ro‘yxatdagi birinchi uchragan x elementini o‘chiradi. Agar bunday element ro‘yxatda mavjud bo‘lmasa ValueError istisno holati ro‘y beradi.
array.reverse() - massiv elementlarini teskari tartibda joylashtirish uchun qo‘llaniladi . Bundan tashqari, Python massiv bilan ishlashda qo‘llaniladigan bir nechta standart funksiyalarni ham o‘z ichiga qamrab olgan:
array.tolist() -massivni ro‘yxatga aylantirish uchun qo‘llaniladi.
array.tofile(f) - massivni ochiq faylga yozish uchun ishlatiladi.
array.fromfile(F,N) - fayldan N elementni o'qiydi va ularni massiv oxiriga qo‘shib qo'yadi. Ikkilik o‘qish uchun fayl ochilishi kerak. Agar N dan kam element mavjud bo'lsa, ValueError istisnoli tashlanadi, ammo mavjud bo‘lgan elementlar qatorga qo‘shiladi.
|
| |