DASTURLASH TİLLARİ, ULARNİNG TURLARİ VA ASOSLARİ
https://zenodo.org/deposit/new
Yuldash Abdullayevich Kuralov
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti,
Ilhom Do’stnazarovich G’aniyev
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutida katta o’qtuvchi
Saparov Arman Kurmangazi o'g'li
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti 2-bosqich talabasi
Annotatsiya: Kompyuterda dasturlash bu – kompyuter mikroprotsessori uchun
turli buyruqlar berish, qachon, qayerda nimani o'zgartirish va nimalarni kiritish yoki
chiqarish haqida buyruqlar berishdir. Ushbu maqolada,
qanday dasturlash tillari
borligi, eng keng tarqalgan dasturlash tillari va ularning farqi shu boradagi fikr
mulohazalar yoritilgan.
Kalit so`zlar: Java
, C++, C#,
Borland Delphi, Borland C++, Java, Phyhon,
Pascal, Total Commander, COBOL, LISP, ALGOL, FORTRAN
.
KIRISH.
Dasturlash tillari tarixi — dastlabki kompyuterlarni hujjatlashtirishdan tortib,
dasturiy taʼminotni ishlab chiqish uchun zamonaviy vositalarni oʻz ichiga oladi. Ilk
dasturlash tillari juda oʻta tor doirada qoʻllanilishga moʻljallangan boʻlib, ular
matematik belgilarga va shunga oʻxshash tushunarsiz sintaksisga tayangan
[1]
.
Kompyuter texnikasining rivojlanishi dasturlash tillarida algoritmlarni yozib
olish uchun turli xil yangi belgilar tizimlarining paydo boʻlish jarayonini belgilab
berdi. Bunday tilning paydo boʻlishining maʼnosi dastur kodini soddalashtirishdan
iborat edi.
Dasturlash tillarini besh avlodga boʻlish qabul qilingan.
Birinchi avlodga
oʻtgan asrning 50-yillari boshlarida, birinchi kompyuterlar endigina paydo boʻlgan
paytda tuzilgan tillar kiradi. Bu "bir satrda bir buyruq" prinsipi asosida qurilgan
birinchi assembler tili edi.
XX asr davomida kompilyatorlar nazariyasi boʻyicha
olib borilgan izlanishlar
yuqori darajadagi dasturlash tillarini yaratishga olib keldi, ular koʻrsatmalarni
uzatish uchun qulayroq sintaksisdan foydalanadilar.