• BİRİNCHİ YUQORİ DARAJADAGİ DASTURLASH TİLLARİ
  • TARİXİ  Mashina kodlari va assembler




    Download 477.86 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet2/5
    Sana22.12.2022
    Hajmi477.86 Kb.
    #36667
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Arman maqola
    Yetakchi boshqaruvchi shaxslar va jamoalar, SINONIMLAR 37593, ИХ фанидан Мамлака иқтисодий хавфсизлиги, Muammoli ta\'lim, PEDAGOGIK FАОLI, 1-mavzu slayd, БУЛУТЛИ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИ MAVZULArI, 7 mavzu, Kurs ishi yuzi (RUS), 2 laboratoriya, Mustaqil ish, Заявка на бронирование помещения, Fizika attestatsiya 2022 , 3-амалий. Toʻgʻri chiziq va tekislikdagi nuqtaning koordinatalari., 4-амалий. Мatritsalar va determinantlar
    TARİXİ 
    Mashina kodlari va assembler 
    Kompyuterning elektron qurilmalari ishlashning fizik tamoyillari shundan 
    iboratki, kompyuter faqat bir va noldan iborat buyruqlarni — kuchlanishning 
    pasayishi ketma-ketligini, yaʼni mashina kodini idrok eta oladi. Kompyuterlar 
    rivojlanishining dastlabki bosqichida odam kompyuterga tushunarli tilda, mashina 
    kodlarida dasturlar tuzishi kerak edi. Har bir koʻrsatma birliklar va nollarning turli 
    kombinatsiyasi sifatida ifodalangan opkod hamda operand manzillaridan iborat edi. 
    Shunday qilib, protsessor uchun har qanday dastur oʻsha paytda birlar va nollar 
    ketma-ketligi sifatida qaragan. 
    Tez orada mashina kodini yaratish jarayonini avtomatlashtirish mumkinligi 


    maʼlum boʻldi. 1950-yildan boshlab dasturlarni yozish uchun mnemonik til —
     Assembler tilidan foydalanila boshlandi. Assembler tili mashina kodini inson 
    uchun qulayroq shaklda koʻrsatishga imkon berdi: buyruqlar va bu buyruqlar 
    bajariladigan obyektlarni belgilash uchun buyruqning mohiyatini aks ettiruvchi 
    ikkilik kodlar oʻrniga harflar yoki qisqartirilgan maxsus soʻzlar qoʻllanilgan. 
    Masalan, assembler tilida ikkita raqamni qoʻshish boʻyicha koʻrsatma add soʻzi 
    bilan ifodalanadi, uning mashina kodi 000010 tarzida boʻladi. 
    BİRİNCHİ YUQORİ DARAJADAGİ DASTURLASH TİLLARİ 
    1950-yillarning oʻrtalari dasturlashning jadal rivojlanishi bilan tavsiflanadi. 
    Mashina kodlarida dasturlashning roli pasaya boshladi, mashinalar va dasturchilar 
    oʻrtasida vositachi boʻlgan yangi turdagi dasturlash tillari paydo boʻla boshladi. 
    Dasturlash tillarining ikkinchi va uchinchi avlodlari davri boshlandi. XX asrning 
    50-yillari oʻrtalariga kelib, birinchi yuqori darajadagi dasturlash tillari (high-level 
    programming languages)ni yaratishga kirishildi. Ushbu tillar kompyuterning 
    maʼlum bir turiga (mashinadan mustaqil) bogʻlanmagan edi. Ularning har biri uchun 
    oʻz kompilyatorlari ishlab chiqilgandi. Kompilyatsiya — yuqori darajadagi manba 
    tilda yozilgan dasturni mashina kodiga yaqin quyi darajali tildagi ekvivalent dastur 
    (absolyut kod, obyekt moduli, baʼzan assembler tili)ga oʻgirishni anglatadi. 
    Birinchi yuqori darajadagi dasturlash tili 1942-1945-yillarda Konrad Suze 
    tomonidan yaratilgan en:Plankalkül dasturlash tili edi
    [3]
    . Buyruqlarni kompyuterga 
    yetkazish uchun moʻljallangan birinchi ishlaydigan dasturlash tillari 1950-yillarning 
    boshlarida yozilgan. 1949-yilda taklif qilingan Jon Mauchlyning en:Short 
    code elektron kompyuter uchun yaratilgan birinchi yuqori darajadagi tillardan biri 
    edi
    [4]
    . Mashina kodidan farqli oʻlaroq, Short code matematik ifodalarni tushunarli 
    shaklda ifodalaydi. Biroq, dastur har safar ishga tushirilganda mashina kodiga 
    tarjima qilinishi kerak edi, bu jarayon ekvivalent mashina kodini ishlatishdan ancha 
    sekinroq davom etardi. 

    Download 477.86 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 477.86 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    TARİXİ  Mashina kodlari va assembler

    Download 477.86 Kb.
    Pdf ko'rish