• Fazo va shakl
  • O‘zgarishlar va munosabatlar




    Download 33.76 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet14/76
    Sana23.10.2022
    Hajmi33.76 Mb.
    #27911
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   76
    Bog'liq
    пизаҚўлланма
    Mavzu Ona plata bilan tanishish uning turini, imkoniyatlarini a, Vebinar platformasida konfrensiya yaratish va unga foydalanuvchi-fayllar.org, 2-мавзу. ПСИХОДИАГНОСТИКА ТАРИХИ, Guruhlar dinamikasi Reja, Бино ва иншоотларни техник холатини бахолаш фанидан ОБ саволлари, Kitob 9274 uzsmart.uz, amaliy -1, 150, 5-amaliyot .Algebraik va transsendent tenglamalarni taqribiy yechish algoritmlari (1), 50610401 Kompyuter injiniring ЯНГИСИ 3 (1), O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta mahsus talim vazirligi to, 6. 11-mavzu Yordamchi sferalar usuli. Reja-fayllar.org, Strategiyà va raqobatchilik ustunligi reja, animatsiya mtm SHAHLO
    O‘zgarishlar va munosabatlar – mazmun sohasida turli jarayonlarda 
    o‘zgaruvchilar orasidagi munosabatlarni matematik ifodalash bilan bo‘gliq 
    topshiriqlar beriladi va u matematikaning «Algebra» bo‘limiga tegishli.
    Bu mazmun sohasi bo‘yicha quyidagi ko‘nikmalar baholanadi:
    – Funksiyalar: funksiya tushunchasi (bunda asosiy urg‘u chiziqli
    funksiya larga qaratiladi), ularning xossalari, ularning turli ko‘rinishlarda 
    berilishi va tasvirlash usullari. Odatda, funksiyalar so‘zlar yordamida, 
    timsolli, jadval va grafik ko‘rinishlarda tasvirlanadi
    – Algebraik ifodalar: algebraik ifodalarning so‘zlar yordamida talqini, 
    algeb raik ifodalar ustida amallar, o‘zgaruvchilar, timsollar qiymatlari bilan 
    ishlash, o‘zgaruvchilar o‘rniga qiymatlarini qo‘yish va ifodaning qiymatini 
    hisoblash;
    – Tenglama va tengsizliklar: chiziqli tenglamalar, chiziqli tenglamalar 
    sistemalari va tengsizliklar, sodda kvadrat tenglamalar, analitik va noana­
    litik yechish usullari (masalan, «urinish va xatolar asosida o‘rganish» 
    usuli);
    – Koordinatalar sistemasi: ma’lumotlar, ularning joylashuvi va o‘zaro 
    munosabatlarini ifodalash va koordinatalar sistemasida tasvirlash;
    – O‘sish hodisasi (PISA–2021): o‘sishning turli tiplari: chiziqli, chiziqli 
    emas, kvadratli va ekponensial (tizimning qo‘shiladigan, navbatdagi o‘sish 
    qiymati uning shu paytgacha bo‘lgan qiymatiga proporsional bo‘lishi). 
    Fazo va shakl – bu mazmun sohasida fazoviy va yassi geometrik 
    shakllar va munosabatlarga doir topshiriqlar beriladi va uni «geometriya» 
    deb atasak ham bo‘ladi.
    Bu mazmun sohasi bo‘yicha quyidagi ko‘nikmalar baholanadi:
    – Yassi va fazoviy geometrik shakllar (obyektlar) orasidagi munosabatlar: 
    shakllar elementlari orasidagi bog‘lanishlar (masalan, Pifagor teoremasi, 
    uchburchak tomonlari orasidagi bog‘lanishlar), shakllarning o‘zaro joyla­
    shuvi, tengligi va o‘xshashligi, dinamik munosabatlar, fazo va tekislikda 
    harakatlar, yassi va fazoviy obyektlar orasidagi bog‘lanishlar. Ikki parallel 
    to‘g‘ri chiziq va kesuvchi hosil qilgan burchaklar orasidagi munosabatlar. 
    Uchburchak yuzasi, to‘rtburchak peri metri va yuzasi formulalari;
    – Fazoviy shakllar (to‘g‘ri burchakli parallelepiped, piramida, silindr, konus, 
    sfera, shar) va ularning xossalari: fazoviy jismlar sirtining yuzasi va hajmini 
    hisoblash formulalari;
    – O‘lchashlar: shakllar va obyektlar hamda ular orasidagi xossalari ning 
    sonli xarakteristikalari: burchak qiymatlari, masofalar, uzunliklar, perimetr, 
    aylana uzunligi, yuza va hajm.
    – Geometrik yaqinlashish (PISA–2021): berilgan murakkab va notanish 
    geometrik obyektlarning elementlari va xossalarini o‘rganish uchun ularni 



    Download 33.76 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   76




    Download 33.76 Mb.
    Pdf ko'rish