Davlat inspeksiyasi




Download 33.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/76
Sana23.10.2022
Hajmi33.76 Mb.
#27911
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   76
Bog'liq
пизаҚўлланма
Mavzu Ona plata bilan tanishish uning turini, imkoniyatlarini a, Vebinar platformasida konfrensiya yaratish va unga foydalanuvchi-fayllar.org, 2-мавзу. ПСИХОДИАГНОСТИКА ТАРИХИ, Guruhlar dinamikasi Reja, Бино ва иншоотларни техник холатини бахолаш фанидан ОБ саволлари, Kitob 9274 uzsmart.uz, amaliy -1, 150, 5-amaliyot .Algebraik va transsendent tenglamalarni taqribiy yechish algoritmlari (1), 50610401 Kompyuter injiniring ЯНГИСИ 3 (1), O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta mahsus talim vazirligi to, 6. 11-mavzu Yordamchi sferalar usuli. Reja-fayllar.org, Strategiyà va raqobatchilik ustunligi reja, animatsiya mtm SHAHLO
«Kasbiy» kontekstlarda berilgan muammolar turkumiga tegishli top­
shiriqlarda:
– o‘quvchining maktabdagi hayoti yoki mehnat faoliyati bilan bog‘liq 
va ziyatlar;
– shaxsiy;
– kasbiy;
– ijtimoiy; 
– ilmiy


28
– maishiy qurilish sohasi yoki maktab hayoti bilan bog‘liq o‘lchash 
ishlari, qurilish materiallariga buyurtma berish va narxlarni hisoblash
to‘lovlar, muayyan yumushni bajarishga doir vaziyatlar;
– o‘quvchilar uchun tushunarli bo‘lgan kasbiy faoliyatga va kasblar 
olamiga doir vaziyatlar tasvirlanishi mumkin.
Kasbiy kontekst ishchi kuchining ixtiyoriy darajasiga (maxsus malakani 
talab qilmaydigan ishlardan tortib to yuqori malaka talab qiladigan 
ishlargacha) bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bunda PISA tadqiqotida berilgan 
topshiriqlar 15 yoshli o‘quvchining yosh xususiyatlariga mos bo‘lishi 
lozim. 
«Ijtimoiy» kontekstlarda berilgan muammolar turkumiga tegishli 
topshi riqlarda:
– jamiyat (jamoa, mahalla, millat yoki butun dunyo xalqlari) ijtimoiy 
hayoti bilan bog‘liq vaziyatlar; 
– o‘quvchining yaqin atrofida sodir bo‘ladigan muammolarga (masalan, 
valuta almashtirish, bankdagi pul omonatlari) doir vaziyatlar;
– jamiyatda sodir bo‘ladigan (saylovlarda ovoz berish, transport 
qatnovi masalalari, hukumat qarorlari, aholi sonining o‘zgarishiga doir 
muammolar, milliy iqtisodiyot statistik ko‘rsatkichlari bilan bo‘gliq) 
vaziyatlar tasvirlanishi mumkin.
«Ilmiy» turkumiga tegishli topshiriqlarda:
– fan va texnikada matematikaning qo‘llanishi bilan bog‘liq vaziyatlar;
– tabiatda kechadigan hodisalar (ob­havo va iqlim o‘zgarishlari, 
ekologiya, tibbiyot, kosmos, genetika)ga doir vaziyatlar;
– bevosita real hayotiy vaziyatlar bilan bog‘liq bo‘lmagan, nazariy xarak­
terga ega bo‘lgan sof matematik masalalar ham tasvirlanishi mumkin.
Kontekstda berilgan muammoni yechish uchun matematikani qo‘l­
lash – ma tematik savodxonlikning muhim jihatidir.
Kontekst – bu mazkur muammolar paydo bo‘ladigan inson olamining 
bir qismi. 
Tegishli matematik strategiyalar va ifodalarni tanlash ko‘pincha 
muammo kontekstiga bog‘liq, shuning uchun modelni ishlab chiqishda 
real olam konteksti haqidagi bilimlardan foydalanish kerak.
Aytish joizki, matematik savodxonlikni muvaffaqqiyatli namoyish 
qilish matematikani o‘qitishda rivojlantiriladigan universal kognitiv 
kom peten siyalarga bog‘liq ekan. Shuning uchun ham kutilayotgan 
2021­yil PISA tadqiqotida aytib o‘tilgan matematik kompetensiyalardan 
tashqari, yuqorida aytib o‘tilgan «XXI asr ko‘nikmalari» deb ataluvchi 
kompetensiyalarni baholash ko‘zda tutilgan: 
– tanqidiy fikrlash;


29
– ijodkorlik, kreativlik;
– tadqiqot va tahlil qilish;
– mustaqillik, tashabbuskorlik va qat’iylik;
– ma’lumotlardan foydalanish;
– tizimli fikrlash;
– muloqot qilish;
– mulohaza yuritish.
Quyidagi rasmda PISA–2021 tadqiqotida baholashda matematik 
mulohaza yuritish, masalalar yechish (modellashtirish) sikli, matematik 
mazmun, kontekstlar hamda XXI asr ko‘nikmalari orasidagi bog‘lanish 
ko‘rsatilgan.
8-rasm. Matematik savodxonlik: Matematik mulohaza yuritish, masa la lar 
yechish (modellashtirish) sikli, matematik mazmun, kontekst lar hamda XXI asr 
ko‘nikmalari orasidagi bog‘lanish. 



Download 33.76 Mb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   76




Download 33.76 Mb.
Pdf ko'rish