31
hisoblash uchun kerak bo‘ladigan ayni shu to‘rtta kesmani belgilang va
ular yordamida uy polining umumiy yuzini hisoblang.
1-savol to‘g‘risida ma’lumot
Savol tavsifi: fazoviy tasavvurdan foydalanib, uyning chizmasida
umumiy yuzini aniqlash uchun o‘lchash kerak bo‘lgan minimal sondagi
tomonlarni ko‘rsatish.
Matematikaga oid mazmun sohasi: fazo va shakl.
Kontekst: shaxsiy.
Aqliy faoliyat turi: ifodalash.
1-savolning baholash mezoni
Quyidagi holda javob to‘liq qabul qilinadi:
To‘g‘ri javob: Quyidagi chizmada uy polining umumiy yuzini
hisoblash uchun kerak bo‘ladigan to‘rtta kesmalar 9 xil usulda keltirilgan.
Javobda bu usullardan birinchisi ko‘rsatilgan
va uyning umumiy yuzi
hisoblangan.
Bu holda 4 ta kesma: katta to‘g‘ri to‘rtburchakning tomonlari (9,7 cm
va 8,8 cm), hamda chizma yuqori qismining o‘ng tomonida joylashgan
kichik to‘g‘ri to‘rtburchak tomonlari (4,4 cm va 2 cm). Uyning umumiy
polining yuzini topish uchun uy chizmasi yuqori qismi o‘ng
tomoni
kichik to‘g‘ri to‘rtburchak bilan to‘ldiriladi va katta to‘g‘ri to‘rtburchak
32
hosil qilinadi. Bu holda uy yuzi berilgan katta to‘g‘ri to‘rtburchak
yuzidan to‘ldirilgan kichik to‘g‘ri to‘rtburchak yuzi ayirib topiladi.
Bunda berilgan masshtabga ko‘ra kichik to‘g‘ri to‘rtburchak tomonlari
2 m va 8,8 – 4,4 = 4,4 m ga teng bo‘ladi.
S = 9,7 . 8,8 – 2 . 4,4 = 85,36 – 8,8 = 76,56 (m
2
)
S=76,56 m
2
[Talab etilgan yuzini o‘lchab, hisoblab chiqish uchun faqatgina
to‘rtta kesmadan foydalanilgan.]