Davlat inspeksiyasi




Download 33.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/76
Sana23.10.2022
Hajmi33.76 Mb.
#27911
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   76
Bog'liq
пизаҚўлланма
Mavzu Ona plata bilan tanishish uning turini, imkoniyatlarini a, Vebinar platformasida konfrensiya yaratish va unga foydalanuvchi-fayllar.org, 2-мавзу. ПСИХОДИАГНОСТИКА ТАРИХИ, Guruhlar dinamikasi Reja, Бино ва иншоотларни техник холатини бахолаш фанидан ОБ саволлари, Kitob 9274 uzsmart.uz, amaliy -1, 150, 5-amaliyot .Algebraik va transsendent tenglamalarni taqribiy yechish algoritmlari (1), 50610401 Kompyuter injiniring ЯНГИСИ 3 (1), O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta mahsus talim vazirligi to, 6. 11-mavzu Yordamchi sferalar usuli. Reja-fayllar.org, Strategiyà va raqobatchilik ustunligi reja, animatsiya mtm SHAHLO
2-savol. Mazkur masalani yechilishida e’tibor qaratish lozim bo‘lgan 
jihat kesma uzunligini hisoblashda Pifagor teoremasidan foydalanish va 
teng yonli to‘g‘ri burchakli uchburchaklar katetlarining tengligi haqida 
bilimlarga ega bo‘lish (burchagi 45
0
). Masalaga mos chizmaning va bir 
necha javob variantlarini berilishi savolning yechilishini bir qadar 
yengillashtiradi. Sa volning topshirig‘i noan’anaviy tarzda berilgan, shu 
sababli bu savol ko‘pgina o‘quvchilarda qiyinchilik tug‘dirgan bo‘lishi 
mumkin. Masalaning yechilishi quyidagicha: 
Arqonning uzunligi =√150
2
+150
2
≈212,13. To‘g‘ri berilgan javob variant­
lari bilan taqqoslab, B javob tanlanishi kerak edi (212).
Savol bo‘yicha berilgan javob natijalari qoniqarli emas: OECD tarkibi­
dagi davlatlar o‘quvchilarining 50 foizi mazkur masalaga to‘g‘ri javob 
topishgan.
3-savol. Murakkablik darajasiga ko‘ra ancha qiyin savollar turkumiga 
kiradi. Bu masalani yechishda o‘quvchilardan vaziyatning modelini 
yaratish, foizlarga oid masalani yechish algoritmidan foydalanish
hamda ko‘p xonali sonlar bilan bajariladigan arifmetik amallarni bajarish 
talab etiladi. Savoldan kelib chiqib, o‘quvchidan topilgan o‘nli kasr 
ko‘rinishidagi javobni (8,5) yaxlitlash so‘raladi. Mazkur masalani ye­
chish da talab eti ladigan bilim va ko‘nikmalar 5–6­sinflarda shakllanadi.
Test nazoratini o‘tkazish chog‘ida o‘quvchilarga kаlkulatordan foyda­
lanishlariga ruxsat berilishi hisoblash jarayonini yengillashtirishga va 
vaqtni tejashga imkon bergan.
Bu turdagi masala va topshiriqlar darsliklarda berilmagan. Masalaning 
murakkabligi undagi topshiriq matnining nisbatan katta hajmda berilishi 
va u masalani yechimiga tegishli bo‘lmagan ortiqcha ma’lumotlardan 
iborat ekanligi bilan bog‘liq. O‘quvchilardan masalani yechishda kerak 
bo‘ladigan ma’lumotlarni matnning turli joylaridan qidirib topish talab 
etiladi. Shu sababli mazkur masalaga berilgan javoblar natijasi uncha 
yuqori emas: OECD tarkibidagi davlatlar o‘quvchilarining 15 foizi mazkur 
masalaga to‘g‘ri javob topishgan. Yetakchi mamlakatlarning o‘quvchilari 
tomonidan ushbu masalaga bergan javoblarining eng yuqori natijasi
47 foizni tashkil etgan.



Download 33.76 Mb.
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   76




Download 33.76 Mb.
Pdf ko'rish