52
boshqa javoblar bo‘lsa;
javob berilmagan bo‘lsa.
2-SAVOL
Hilola xolasining uyigacha 6 kilometr yo‘l bosib o‘tdi. Velosipedning
spido metri butun yo‘l uchun soatiga 18
kilometr tezlikda yurganini
ko‘rsatdi.
Quyida berilgan tasdiqlarning qaysi biri to‘g‘ri?
A) Hilola xolasining uyiga borish uchun 20 minut vaqt sarfladi.
B) Hilola xolasining uyiga borish uchun 30 minut vaqt sarfladi.
C) Hilola xolasining uyiga borish uchun 3 soat vaqt sarfladi.
D) Hilola xolasining uyiga borish uchun qancha vaqt sarflaganini aniq
lashning iloji yo‘q.
2-savol to‘g‘risida ma’lumot
Savol tavsifi: berilgan o‘rtacha tezlik va masofa bo‘yicha bosib o‘tilgan
yo‘l uchun sarflangan vaqtni hisoblash.
Matematikaga oid mazmun sohasi: o‘zgarish va munosabatlar.
Kontekst: shaxsiy.
Aqliy faoliyat turi: qo‘llash.
2-savolning baholash mezoni
Quyidagi holda javob to‘liq qabul qilinadi:
To‘g‘ri javob: A) Hilola xolasining uyiga borishi uchun 20
minut
sarfladi.
Quyidagi hollarda javob qabul qilinmaydi:
boshqa javoblar bo‘lsa;
javob berilmagan bo‘lsa.
3-SAVOL
Hilola uyidan 4 kilometr uzoqlikda joylashgan daryoga velosipedda
bordi. U daryoga borish uchun 9 minut vaqt sarfladi. Uyga qaytishida u
uzunligi 3 kilometr bo‘lgan qisqa yo‘ldan borishga qaror qildi. Qisqa yo‘l
dan u uyiga 6 minutda yetib keldi. Hilolaning daryoga borib qaytgandagi
o‘rtacha tezligi soatiga necha kilometrni tashkil etgan?
3-savol to‘g‘risida ma’lumot
Savol tavsifi: ikki xil masofaga sarflangan o‘rtacha
tezlik va vaqtni
hisoblash.
53
Matematikaga oid mazmun sohasi: o‘zgarish va munosabatlar.
Kontekst: shaxsiy.
Aqliy faoliyat turi: qo‘llash.