«Mamlakatimiz o‘z taraqqiyotining yangi




Download 33.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/76
Sana23.10.2022
Hajmi33.76 Mb.
#27911
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76
Bog'liq
пизаҚўлланма

«Mamlakatimiz o‘z taraqqiyotining yangi 
davriga qadam qo‘ygan hozirgi kunda O‘zbekiston 
Respublikasini 2017–2021-yillarda rivojlantirishning 
beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar 
strategiyasi asosida barcha sohalarda keng 
ko‘lamli o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Ana shu 
islohotlarning muvaffaqiyati, mamlakatimizning 
dunyodagi rivojlangan, zamonaviy davlatlar qatoridan 
munosib o‘rin egallashi, avvalo, ilm-fan va ta’lim-
tarbiya sohasining rivoji bilan, bu borada bizning 
dunyo miqyosida raqobatdosh bo‘la olishimiz bilan 
uzviy bog‘liq...»
Shavkat Mirziyoyev,
o‘zbekiston respublikasi Prezidenti
«


5
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga
1
muvofiq umu-
miy o‘rta va maktabdan tashqari ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor 
yo‘nalishlarini belgilash, o‘sib kelayotgan yosh avlodni ma’naviy-
axloqiy va intellektual rivojlantirishni sifat jihatidan yangi darajaga 
ko‘tarish, o‘quv-tarbiya jarayoniga ta’limning innovatsion shakllari va 
usullarini joriy etish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasining 2030-
yilga kelib PISA xalqaro dasturi reytingida jahonning birinchi 30 ta il-
g‘or mamlakatlari qatoriga kirishiga erishish hamda xalq ta’limi tizimida 
ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish 
asosida o‘quvchilarning o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi 
fanlardan savodxonlik darajasini baholashga yo‘naltirilgan ta’lim sifatini 
baholashning milliy tizimini yaratish vazifalari belgilangan.
Konsepsiya doirasida, o‘quvchilarning tanqidiy fikrlash, axborotni 
mustaqil izlash, tahlil qilish malakalari va kompetensiyalarining 
rivojlanishiga alohida urg‘u berishni hisobga olgan holda, zamonaviy 
innovatsion iqtisodiyot talablariga javob beradigan umumta’lim 
dasturlari va yangi davlat ta’lim standartlarini joriy etish, o‘quvchilar-
ning bilim darajasini baholashda ta’lim sifatini baholash bo‘yicha
xalqaro PISA, TIMSS, PIRLS va boshqa dasturlarda doimiy ishtirok etish 
na zarda tutilgan.
Shuningdek, xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasi-
dagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish, xalqaro aloqalarni o‘rnatish, 
o‘quvchi-yoshlarning ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatini, eng 
avvalo, yosh avlodning ijodiy g‘oyalari va ijodkorligini har tomonlama 
qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirish maqsadida hukumat qaroriga 
muvofiq
2
:
O‘quvchilarning savodxonligini baholash bo‘yicha xalqaro dastur (The 
Programme for International Student Assessment – PISA); 
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining matnni o‘qib tushunish darajasini 
baholash xalqaro dasturi (Progress in International Reading and Literacy 
Study – PIRLS); 
O‘quvchilarning matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan o‘z-
lashtirish darajasini baholash dasturi (Trends in International Mathe-
matics and Science Study TIMSS);
Rahbar va pedagog kadrlarning umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida 
o‘qitish va ta’lim olish muhitini hamda o‘qituvchilarning ish 
______________________
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini
2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida» 2019-yil 29-apreldagi PF-5712-sonli 
Farmoni;
2
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Хalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash 
sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2018-yil 8-dekabrdagi
997-sonli qarori.


6
sharoit larini o‘rganish bo‘yicha xalqaro baholash dasturlarini (The 
Teaching and Learning International Survey – TALIS) tashkil etishga 
kirishildi. 
Ushbu maqsad yo‘ida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi huzurida 
Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish 
milliy markazi tashkil etildi. 
Shu bilan birga, Milliy markazga hukumat qarori asosida, xalqaro 
tadqiqotlarning baholash dasturlari yo‘nalishlaridagi savollar milliy 
bazasini shakllantirish, xalqaro tadqiqotlar haqida qo‘shimcha metodik 
qo‘llanma va adabiyotlar yaratish, iqtidorli pedagog kadrlarni xalqaro 
baholash dasturlari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarga jalb qilish vazifalari 
yuklatildi. 
Ta’lim sifatini baholashga yo‘naltirilgan PISA kabi baholash dasturlari 
O‘zbekiston ta’lim tizimi uchun ilk marta o‘tkazilayotganligi sababli 
ularni shaffof va obyektiv o‘tkazish soha xodimlari zimmasiga yuksak 
mas’uliyat yuklaydi. Bu borada pedagog kadrlarning xalqaro tadqiqotlar 
haqidagi tasavvurlarini boyitish, shu orqali ta’lim sifatini oshirishga hissa 
qo‘shish maqsadida metodik qo‘llanmalar tayyorlandi. 
Mazkur qo‘llanma PISA dasturining matematik savodxonlik yo‘na-
lishiga oid ma’lumotlar asosida tayyorlangan bo‘lib, unda 2000–2015-
yillarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda foydalanilgan topshiriq namunalari 
hamda baholash mezonlari keltirilgan.
Ushbu qo‘llanmadan umumta’lim muassasalarida sinfdan tashqari 
to‘garak mashg’ulotlari davomida o‘quvchilarning matematik savod-
xon ligini oshirish, berilgan topshiriqlarni yechish orqali ularning 
ijodiy, mantiqiy, tanqidiy fikrlash va hayotiy muammolarni hal 
qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish, bu borada o‘quvchilar bilimidagi
bo‘shliq larni aniqlash, shuningdek, 2021-yilda o‘tkaziladigan PISA 
tadqiqot lariga ularni tayyorlashda foydalanish tavsiya etiladi. 
Bundan tashqari, mazkur qo‘llanmadan o‘quvchilarning matematik 
savodxonligini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borish, 
qo‘shimcha o‘quv-uslubiy qo‘llanma va adabiyotlar yaratishda foyda-
lanish mumkin. 
Qo‘llanmada berilgan topshiriqlar o‘qituvchi va o‘quvchilarga bu 
topshiriqlarning turlari, ularning berilish va bayon qilish usullari, o‘ziga 
xos xususiyatlari haqida tasavvur hosil qilishga yordam beradi. 
Har bir topshiriq bittadan to‘rttagacha savolni o‘z ichiga olgan bo‘lib, 
savollar oddiy bitta yoki bir nechta to‘g‘ri javobli test, qisqa yoki mufassal 
javobli yopiq savol, shuningdek, mufassal javob berish lozim bo‘lgan ochiq 
savol ko‘rinishda berilgan.


7
Har bir savolning javobi yoki masalaning yechimi, savollarning javobi 
bo‘yicha alohida izohlar hamda tavsiyalar berilgan. 
O‘qituvchilar mazkur topshiriqlardan darsning mavzusini mustah-
kamlash, takrorlash yoki hayotiy vaziyatlarga tadbiq qilish bosqich-
larida hamda darsdan tashqari to‘garak va fakultativ mashg‘u lotlarida 
foydalanishlari mumkin. Shuni ta’kidlash lozimki, har bir PISA 
topshirig‘ini o‘rganayotgan vaqtda oldin unga oid tayanch bilimlarni 
faollashtirish, o‘quvchilarni bu topshiriqni yechishga tayyor lash 
lozim bo‘ladi. Shuningdek, bitta topshi riq ning bir savoli bir sinfning 
qaysidir mavzusiga tegishli bo‘lsa, ikkinchi savoli boshqa sinfning
boshqa mavzusiga tegishli bo‘lishi, shuningdek, hech qaysi mavzuga 
mos kelmasligi ham mumkin. Shu bois, o‘qituvchi lardan PISA topshi-
riq lari savollarida qaralayotgan mavzuni aniqlab, ulardan o‘z o‘rnida,
tegishli mavzuni o‘rganayotgan vaqtda foyda la nishlari tavsiya etiladi. 
PISA tadqiqotlarining ochiq topshiriqlarini atroflicha o‘rganish, 
shu topshiriqlarga o‘xshash yoki ularni yechishga yordam beradigan 
topshiriqlarni ishlab chiqishga qiziqqan mutaxassislar uchun mazkur 
qo‘llanma munosib manba bo‘lib xizmat qiladi. Lekin shuni ta’kidlash 
lozimki, PISA topshiriqlari yetuk tajribaga ega bo‘lgan xalqaro ekspertlar 
tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, bunga o‘xshash topshiriqlarni
ishlab chiqish uchun tizimli va maxsus bilim talab etiladi. PISA topshiriq-
lariga qo‘yiladigan talablarga rioya qilmasdan tuzilgan topshiriqlar 
o‘quvchilarga yordam berish o‘rniga, ularni chalg’itib qo‘yishi ham 
mumkin. Shuning uchun PISA sinovlariga o‘quvchilarni tayyorlash 
jarayonida asosiy e’tiborni alohida olingan PISA topshiriqlarini
yechishga emas, balki ularni va ularga o‘xshagan topshiriqlarni yechish 
uchun kerak bo‘ladigan o‘quvchilarning umumiy matematik tayyor gar lik 
darajasini oshirishga qaratish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
PISA tadqiqoti haqidagi mazkur qo‘llanma ilk bor yaratilayotganligi, 
undagi materiallar xalqaro tadqiqot dasturi manbalaridan olinganligi 
sababli ayrim juz’iy kamchiliklardan xoli bo‘lmasligi mumkin.

Download 33.76 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76




Download 33.76 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



«Mamlakatimiz o‘z taraqqiyotining yangi

Download 33.76 Mb.
Pdf ko'rish