• Quyidagi malakalarga ega bo’lishlari lozim
  • Quyidagi ko’nikmalarni egallashlari zarur
  • Davlat ta’lim standartining mazmuni. Ta’lim darajasi. O’quvchilarning tayyorlanish darajasini standart aniqlaydigan va uni baholaydigan tizimga qo’yilgan talablar




    Download 42.94 Kb.
    bet8/11
    Sana23.08.2022
    Hajmi42.94 Kb.
    #25369
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    15-MAVZU
    12-MAVZU, Metrologiya Asosiy tamoyillar, Adolat apkani qizi, treatise97611 (1), Mavzu, Компьтер тармаклары латынdocx, Йўл ҳаракати буйруғи, JAHON SAVDOSIDA RAQOBATNING KUCHAYISHI, «huquqshunоslik» fаnidаn ма`ruzаlаr маtni buхоrо – 2007yil, Qo’shma gaplar, 6-Chiniqishni gigiyenik asoslari, Excel dasturida avto hisoblashlar, 1749241, 3.Узбекистан 1-4Q 2017
    2. Dasturlash.
    O’quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo’lishlari zarur: Dasturlash tillarining turlari. Dastur, dasturchi va dasturlash haqida tushuncha. Dasturlash tilining umumiy qoidalari. Miqdorlar va operatorlar haqida tushuncha.
    Quyidagi ko’nikmalarni egallashlari zarur: Dasturlash tilida ifodalarni to’g’ri yoza olish. Dasturlash tilida standart funksiyalarni yoza olish. CHiziqli algoritmlarni dasturlash tilida yoza bilish. Tarmoqlanish operatorlarini qo’llay olish. Takrorlash operatorlarini qo’llay olish. Dasturlash tilining operator va funksiyalarini qo’llay olish. Dasturlarni xotirada saqlash.
    Quyidagi malakalarga ega bo’lishlari lozim: Sodda hayotiy masalalarni kompyuter yordamida hal etish.
    3.Web-sahifa yaratish.
    O’quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo’lishlari zarur: Gipermurojaat,
    shaxsiy Web-sahifa, Web – sahifa, HTML – hujjat, deskriptor, Web-brauzer, forma. Web-sahifaga jadval va ro’yxat, rasm va gipermurojaat joylashtirish.
    Quyidagi ko’nikmalarni egallashlari zarur: Web – sahifaga matn joylashtirish. Web – sahifaga jadval va ro’yxat joylashtirish. Web – sahifada gipermurojaat. Web – sahifaga rasm joylashtirish. Web – sahifada rasm yordamida o’tishni tashkil etish. Boshqa Web-sahifalar bilan aloqa va tarkibiy Web-sahifalar tashkil etish. Web-sahifaga formalar joylashtirish. Interaktiv Web – sahifani tashkil etish.
    Quyidagi malakalarga ega bo’lishlari lozim: Gipermurojaatlarni ishlatgan holda shaxsiy Web-sahifa yarata olish.
    Avvolo biror masala yechimiga kelishdan, qaror qilishdan oldin ushbu masala (soha) ga aloqador bo’lgan, juda ko’plab ma’lumotlarni to’plash, ularni qayta ishlash va tahlil qilish zarur bo’ladi. Ba’zan bunday ma’lumotlar to’plami shunday ko’payib ketadiki, ularni qayta ishlash va tahlil qilishni maxsus texnik tizimlari yordamisiz amalga oshirib bo’lmay qoldi. Bundan tashqari kundalik hayotda qabul qilishga ham ulgarmay qolamiz. Axborotlar va ma’lumotlar hajmining bu qadar ko’payib ketishi, oqimning tezlashib borishi EHM qurilmalarining yaratilishiga olib keldi. Bu qurilma esa, o’z navbatida jamiyatning yuqori darajali axborotlarni, ma’lumotlarni boshqarish va inson mehnatini yengillashtirishga asoslangan bo’lish kerak edi.
    Informatika fanining ildizi boshqa fan bo’lgan kibernetika faniga borib taqaladi. Kibernetika haqida tushuncha dastlab XX asrning yarmida paydo bo’ldi. Maktabda fizika kursidan ma’lum bo’lgan fizik olim A.M.Amper o’zicha mavjud bo’lgan jami fanlarni yagona guruhlash masalasini yechishga urindi. Uning fikricha qandaydir yana bir fan borki, bu fan boshqarish sa’natini o’rganish bilan shug’ullanadi. Amper texnik tizimlarini yechish murakkab texnik tizimlarni boshqarishni nazarda tutmagan edi. CHunki u vaqtda bunday tizimlar mavjud emas edi. U boshqaruv sa’nati deganda odamlarni, ya’ni mavjud jamiyatni boshqarishni nazarda tutgan edi, bu fanni yunoncha so’z kibernetikos, ya’ni «boshqaruvchidagi san’at» degan ma’noni beruvchi so’zdan olib, kibernetika deb atadi.
    SHundan buyon deyarli 100 yil kibernetika hakida eslashmadi. 1948 yilda amerikalik olim N.Viner hozirgi zamon kibernetika fanini paydo bo’lishiga sababchi bo’ldi hamda ushbu fan texnik tizimlarda va tabiatdagi boshqaruv haqidagi fan deb tan olindi. Ma’lum vaqt ushbu fan ancha qarshiliklarga baxslashuvlarga duch keldi.
    Lekin, o’tgan vaqt ichida ushbu fan hamma uchun kerakli fan deb kelindi. Hozirda kibernetika sun’iy tafakkur yaratish uslublarini ishlab chiqishda matematik mantiq bilan psixologiya o’rtasidagi o’zaro aloqani, shuningdek axborotlar bilan ishlash uchun XT vositalarini tatbiq etish muommolarini o’rganmoqda. Hozirda Buyuk Britaniya va AQSHda ushbu fanni computer science (XT haqidagi fan), Rossiyada esa informatique (informatika) deb atashadi. Ushbu fan xorijiy davlatlardan bizga O’zbekstonga ham informatika nomi bilan kirib keldi. O’zbekistonda mazkur fanning taraqqiyotida "Kibernetika" ilmiy ishlab-chiqarish birlashmasining yetuk olimlari, O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademiklari V.K.Qobulov, M.M.Komilov, F.B.Abutaliev, T.F.Bekmurodov, N.B.Bondarenko va boshqa bir qancha olimlarning hissalari katta bo’ldi.
    Informatika-axborotlarni olish, saqlash, ishlov berish,uzatish va undan foydalanishni hamma qirralarini o’rganuvchi fandir.
    Umumiy o’rta ta’limda informatika kursining maqsadi – o’quvchilarga axborotlarni qayta ishlash texnologiyalari, ulardan foydalanish jarayonlari puxta va ongli ravishda o’zlashtirish uchun bilim asoslarini berishni ta’minlashdan, ularga o’quv va keyingi ish faoliyatlarida kompyuterlardan oqilona foydalanish ko’nikma va malakalarini berishdan, shular asosida yangi axborot texnologiyalarining mamlakatimiz taraqqiyotiga qo’shadigan hissasi to’g’risida tasavvur hosil qilishdan iborat. Informatika o’rganish o’quvchilarni amaliy faoliyatda qo’llash, o’zoro bog’liq fanlarni o’rganish, ta’limni davom ettirish uchun zarur bo’lgan informatikaga oid aniq bilimlar bilan qurollantiradi. U o’quvchilarning intellektual rivojlanishiga muhim hissa qo’shadi.

    Download 42.94 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 42.94 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Davlat ta’lim standartining mazmuni. Ta’lim darajasi. O’quvchilarning tayyorlanish darajasini standart aniqlaydigan va uni baholaydigan tizimga qo’yilgan talablar

    Download 42.94 Kb.