Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati




Download 16.05 Kb.
Sana25.04.2023
Hajmi16.05 Kb.
#53686
Bog'liq
Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati
5-мавзу бозор и тисодиётининг мазмуни ва белгилари

Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati (Oʻzbekiston Respublikasida) — yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat qiluvchii, harakatni tartibga solib turuvchi idora; Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi tarkibidagi bosh boshqarma. Oʻzbekistonda dastlab 1936-yilda ichki ishlar xalq komissarligining IshchiDehqon militsiyasi bosh boshqarmasi tarkibida "Davlat avtomobil inspeksiyasi" tashkil etildi. Bu inspeksiya turli yillarda GAI — DAN (Davlat avtomobil nazorati) nomi bilan atab kelindi. 2001-yil may oyidan D.y.h.x.x. deb yuritila boshlandi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar ichki ishlar Bosh boshqarmasi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari tarkibida yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmalari, shahar, tuman ichki ishlar boshqarma va boʻlimlari tarkibida avtomototransport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish meʼyorlari va qoidalariga amal qilishni nazorat etuvchi guruhlar tuzilgan. D.y.h.x.x. oʻz faoliyatida "Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasining qonuni (1999-yil 19 avgust), Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi va 2001-yil 1 martdan kuchga kirgan yangi tahrirdagi "Yoʻl harakati qoidalari"ga asoslanadi. D.y.h.x.x. zimmasiga yoʻl harakatini tartibga solish, harakatlanish xavfsizligini taʼminlash, haydovchi va piyodalar tomonidan "Yoʻl harakati qoidalari"ga rioya etilishini nazorat qilish, jamoat tartibini saklash, ichki ishlar idoralarining boshqa xizmatlari bilan birgalikda jinoyatchilikka qarshi kurash, avtomototransport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish qoidalariga amal qilishni nazorat etish, transport vositalarini roʻyxatga qoʻyish, roʻyxatdan chiqarish, haydovchilik guvohnomalari berish kabi vazifalar yuklatilgan. D.y.h.x.x. tarkibiga oliy va oʻrta maxsus maʼlumotga ega boʻlgan, shuningdek, Oʻzbekistan Respublikasi ichki ishlar vazirligi Akademiyasining maxsus fakultetini tamomlagan mutaxassislar qabul qilinadi.
Download 16.05 Kb.




Download 16.05 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati

Download 16.05 Kb.