Davolash fakulteti fakultet va gospital jarroxlik kafedrasi «tasdiqlayman»




Download 2.6 Mb.
bet3/14
Sana25.03.2017
Hajmi2.6 Mb.
#2205
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
O‘TKIR IChAK TUTILIShI

O‘tkir ichak tutilishi (ichakning o‘tkir tutilishi, ileus, utkir ileus) – ichak yo‘lidagi tarkibiy kism passajining buzilishi bilan rivojlanuvchi xolat.

Korin bo‘shligi a'zolarining o‘tkir xirurgik kasalliklari o‘rtasida o‘tkir ichak tutilishi 3,5-9% ni tashkil etadi. Ko‘pincha ichak tutilishi 40-60 yoshda uchraydi. Ichak tutilishi ayollarga karaganda erkaklarda ko‘prok uchraydi. Yoz va kuz oylarida (iyul-oktyabr) o‘tkir ichak tutilishi bilan kasallanganlar soni ko‘prok uchraydi, chunki bu davrda o‘simlik ozukalari tarkibidagi kletchatka tushishi xisobiga ichaklar ko‘prok zo‘rikadi.

O‘tkir ichak tutilishi bilan bemorlarni davolashning natijalari avvalo kasallikni o‘z vaktida aniklashga boglik. Operatsiyadan keyingi o‘lim ko‘rsatkichi kasallik boshlanishidan boshlab 6 soatgacha kasalxonaga yotkizilgan bemorlar orasida 2,1—3,1% ni, 24 soatdan kechikib yotkizilganlar orasida 16,4—19,9% ni tashkil kiladi (Zaytsev V. T. muallifdoshlari bilan, 1989).

O‘tkir ichak tutilishidagi xar xil aspektlarni o‘rganish uzok tarixga ega. Bu kasallik xakidagi birinchi tushunchani Gippokrat bergan. Uning fikricha, ileus ichaklardagi gazlar xisobiga xosil bo‘ladigan yalliglanishlar natijasidagi kelib chikadigan xolat. Galen o‘z ishlarida ichak tutilishiga yalliglanish xisobiga ichaklar peristaltikasi buzilishi sabab bo‘lishiga e'tibor kilgan. Bu olimlar laborator, patalogoanatomik tekshiruvlarsiz xamda zamonaviy anatomiya va fiziologiya bilimlariga ega bo‘lmay, ichak tutilishi patogenezida zaruriy elementlar – ichak xarakatini buzilishi, gaz va suyukliklar natijasida ichaklar kengayishini ko‘rsatib o‘tishgan. XVII asr boshlarida Riolan o‘tkir ichak tutilishida mexanik, obstruktiv va strangulyasion turlari mavjudligini isbotladi. Bu esa ileusni operativ davolash urinishlar boshlanishiga olib keldi.

Xozirgi kunda V.P. Petrov va I.A. yeryuxin (1985) taklif etishgan klassifikatsiyasi ko‘llaniladi.




Download 2.6 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Download 2.6 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Davolash fakulteti fakultet va gospital jarroxlik kafedrasi «tasdiqlayman»

Download 2.6 Mb.