• (Spasokukotskiy simptomi)
  • (Loteissen simptomi)
  • Val simptomi
  • (Kivul simptomi)
  • (Mate-Sklyarov simptomi)
  • Obu­xov kasalxonasi simptomi
  • Davolash fakulteti fakultet va gospital jarroxlik kafedrasi «tasdiqlayman»




    Download 2.6 Mb.
    bet6/14
    Sana25.03.2017
    Hajmi2.6 Mb.
    #2205
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
    Klinikasi va diagnostikasi.

    O‘tkir ichak tutilishini diagnostika kilish kasallik anamnezi va bemor shikoyatlarini to‘gri taxlil kilish, umumiy xolatga va patologik jarayonning lokal ko‘rinishlariga, shuningdek turli xil ko‘shimcha yoki maxsus tekshirish usullari natijalariga baxo berishga asoslanishi kerak.

    Ichak mexanik tutilib kolishining eng xarakterli simptomi - korinning tutib-tutib ogrishidir.

    Ichakdagi suyuklikning so‘rilishiga to‘sik paydo bo‘lganligiga organizm muxofaza reaksiyasi bilan javob beradi, bu to‘lgoksimon ogrik ko‘rinishida yuzaga chikadigan kuchli peristaltika bilan ifodalanadi.

    To‘sik xajmi ogrik xurujlarining kuchi, tezligi va davomliligi o‘zgarib turishi mumkin.

    Obturatsion tutilib kolish uchun, masalan, u yo‘gon ichakda bo‘lsa, ogrik unchalik kattik bo‘lmaydi. Bemordan so‘rab-surishtirganda ogrik uni bir necha sutkadan bun bezovta kilayotganini aniklasa bo‘ladi. Aksincha tutilib kolishning strangulyasiya shakllari (buralib kolish va ayniksa tugun xosil kilish) deyarli to‘satdan keskin ogrik paydo bo‘lishi bilan kechadi, bunda nisbatan kiska fursatlar ichida birin-ketin ogrik xurujlari bo‘lib turadi.

    Ogrik asta-sekin orta boradi, parez rivojlangandan keyin to‘sikdan yukorida u doimiy bo‘lib koladi. Bu peristaltikaning susayib ketishi bilan boglik. Buralgan joy kanchalik yukori joylashgan bo‘lsa, ogrik xuruji davomliligi shunchalik kam va xurujning o‘zi ogirrok bo‘ladi.

    Ogrik reaksiyasini sinchiklab taxlil kilish kator xollarda mexanik tutilib kolishni dinamik tutilib kolishdan ajratibgina kolmay, balki uning strangulyasion turini obturatsion turidan ajratish imkonini beradi. Obtu­ratsion tutilib kolishda xurujlar yo‘k paytida bemorlar deyarli ogrik sezmaydilar. Strangulyasion tutilib kolishda esa bemorlarda xuruj bo‘lmagan vaktida xam ogrik saklanib koladi, chunki ularda ogrik sindromi ikkita yo‘l bilan kelib chikadi: keskin to‘lgoksimon ogrik peristaltik to‘lkinlar natijasi bo‘lsa, to‘lgoksimon ogrik bo‘lmay turgan vaktlardagi simillagan doimiy ogrik - jarayonga tortilgan ichak tutkich segmenti tomirlari va nervlarining kisilishi okibati xisoblanadi.

    Kasallikning boshida ayrim bemorlar ogrik paydo bo‘lgan yoki yo‘kolgan joyni yetarli darajada ko‘rsatib bera oladilar. Birok ko‘pincha ogrik butun korin bo‘ylab yoyiladi yoki kindik yoxud bel soxasida joylashadi.

    Ogrik sindromi xarakteri va xususiyatlarini bemorni birinchi marta ko‘zdan kechirishning o‘zidayok aniklab olishga xarakat kilish kerak. Bemorning vakti-vakti bi­lan bezovtalanib turishi, yuz kiyofasidan ogrikdan iztirob chekayotganini paykash, peristaltik shovkinlarning shundokkina eshitilib turishi xurujsimon ogrik borligidan dalolat berishi mumkin. Xaddan tashkari ozgan bemorlarda ba'zan korin devori orkali ichak peristaltikasini ko‘rish mumkin.

    Birok peristaltika xolati to‘grisidagi batafsil axborotni olish uchun korin bo‘shligini auskultatsiya kilish kerak bo‘ladi. Bunda uning fakat kuchayishi yoki sekinlashishini emas, balki paydo bo‘lgan joyi, shuningdek tarkalish zonasini xam kayd kilishga muvaffak bo‘ladi.

    Korinni vakti-vaktida eshitib turish kasallik dinamikasi to‘grisida ma'lum darajada xulosa chikarishga imkon beradi. Korin bo‘shligini auskultatsiya kilishda aniklanadigan «tushayotgan tomchilar» simptomi (Spasokukotskiy simptomi) ichak o‘tkir tutilib kolishining xarakterli patognomonik belgisi xisoblanadi. Bu singib ketgan nom simptomining kelib chikishiga unchalik muvofik kelmaydi: gan «tushayotgan tomchilar» ustida emas, balki o‘zida suyuklik yoki gaz saklab turgan biror bo‘shlikka suyuklik yoki xavo pufakchalari kuyilishi to‘grisida borayapti.

    Bu simptom ichakning shishib chikkan kovuzloklarida suyuklik va ozod gaz borligidan dalolat berib, ularda o‘tkazuvchanlikning bo‘zilganligini ko‘rsatadi. U to‘lik sustlashib kolgan va tez orada yo‘koladigan peristaltika vaktidagina aniklanadi. Bu simptomning topilishi xirurgga ichakning o‘tkir tutilib kolishi diagnozini kuyishga to‘lik asos bo‘la oladi.

    Ayrim xolatlarda korinni auskultatsiya kilganda nafakat ichak peristaltikasi yo‘kolishi, balki yurak urishi va nafas olish eshitiladi (Loteissen simptomi).

    «Ogrik boskichi» tugagandan va peristaltika yo‘kolgandan keyin ichakning mexanik tutilib kolishi emas, balki funksional tutilib kolishi birinchi o‘ringa chikadi. Dam bo‘lgan korinda doimiy tutash ogrik bo‘lgan, intoksikatsiya xodisalari ortib borayotgan bu davrda - kasallikning dastlabki tabiatini aniklash goyat kiyin.

    Odatda, xirurg ichakning mexanik tutilib kolishining asorati - peritonit deb diagnoz ko‘yadi.

    O‘tkir ichak tutilishda ko‘ngil aynishi va kusishning mustakil diagnostik axamiyati yo‘k. Chunki korin bo‘shligi a'zolarining deyarli xar bir o‘tkir kasalligida ko‘ngil aynishi va kusish bo‘ladi. Lekin kusish xarakteri ichak tutilib kolishining xar xil turlarida bir xil bo‘lmaydi. Odatda past strangulyasion tutilib kolishning boshlanishi bir yoki ikki marta reflektor kusish bilan o‘tadi. Yukori tutilib kolishda bemor ko‘p kusadi, kusish uni xoldan toydiradi, ko‘ngil bexuzur bo‘ladi, ko‘pincha xikichok tutishi va kekirish bezovta kiladi.

    Mexanik va funksional tutilib kolishning kechikkan muddatlaridagi kusish birmuncha xarakterli, bunda peritonit belgilari paydo bo‘lishi motorika buzilib, ichak bo‘shligida yigilib borayotgan suyuklik yukoriga otilib chikadi. Shunga ko‘ra kusish xech kachon axvolni yengillashtirmaydi. Kasallik zurayib ketgan xollarda ichakning to‘sikdan yukori kismidagi suyukligi chirib parchalanishi natijasida axlat aralash kusish degan xolat ro‘y beradi.

    Ichak tutilib kolishining patognomonik simptomi ichning kechikib kelishi yoki kelmasligi va yel chikmasligi xisoblanadi. Ayrim mualliflar ma'lumotlariga ko‘ra bemorlarning 60-70% ichning sira kelmasligi va yel chikmasligini, 16% - kisman ich kelmasligini kayd kilgan.

    Ich kelmasligi va yel chikmasligining diagnostik axamiyatiga to‘gri baxo berish uchun kasallikning xar bir xodisasiga aloxida yondoshish kerak. Bu simptom ikkita xolda: chambar ichak terminal bo‘limida mexanik to‘sik bo‘lganda (sigmasimon chambar ichak buralishi, chambar ichak chap yarmi bo‘shligining to‘lik obturatsiyasi) va xazm trakti to‘lik adinamiyasida (falaji) bo‘ladi. Ichakda ajralmalar chikmasligi aksariyat uning tutilib kolganidan darak beradi.

    Birok bemorda ich kelishi va yel chikishi bu patologiyani inkor etmaydi. Yil sayin ichakning bitishmalar sababli tutilib kolish xollari ko‘payib borayapti, bu aksariyat ingichka ichak kovo‘zloklaridagi jarayon bilan chegaralanib koladi. Shuning uchun bitishma jarayoniga ko‘shilmagan yo‘gon ichak bo‘shalib turishi mumkin. Shu munosabat bilan bemordan so‘rab-surishtirishda necha marta ich kelishi, uning o‘zicha kelish-kelmasligini aniklash muxim. Aksariyat ko‘shimcha ragbatlantiruvchi tadbirlardan keyingina juda oz mikdorda ich kelishi va yel chikishi kuzatilib turadi.

    Korinni ko‘zdan kechirish ko‘p xollarda diagnoz ko‘yishda xal kiluvchi omil bo‘lishi mumkin. Korinda xar kanday xarakterdagi ogrik bo‘lgan bemorning korin devoridagi jarroxlik amaliyotdan keyingi chandiklar ichakning bitishmalardan tutilib kolganligini ko‘rsatadi. Bir muncha mualliflar ma'lumotlariga ko‘ra korin bo‘shligidagi bitishmalar 75—80% xollarda mexanik tutilib kolishga, 30—45% xollarda funksional (dinamik) tutilib kolishga sababchi bo‘ladi.

    Korin dam bo‘lishi ichak tutilib kolishining muxim simptomi xisoblanadi. Darxakikat, ich kelmasligi va yel chikmasligi tez orada korin xajmining kattalashuviga olib keladi. Birok ko‘rsatib utilgan belgiga tankidiy baxo berish lozim. Aftidan, korinning dam bo‘lib shishib chikishi ichak tutilib kolishining erta belgisi bo‘lmasa kerak.

    Ichakning mexanik tutilib kolishining xarakterli bel­gisi Val simptomi xisoblanadi. Val simptomi shishib chikkan ichak kovuzlogi tufayli chegaralangan meteorizm paydo bo‘lishidir.

    Korinni paypaslab ko‘rish va perkussiya kilish korin bushligidagi o‘zgarishlar to‘grisida eng to‘lik tasavvur be­radi. Perkussiya yordamida sigmasimon chambar yoki ko‘richak buralganda kisilgan kovuzlok chegarasini aniklash - yukori chegaralangan timpanit simptomi (Kivul simptomi), peritonit sababli funksional tutilib kolishda korin bo‘shligida ozod suyuklik borligidan paykash mumkin.

    Ichak tutilib kolganligini aniklashda korinni pal­patsiya kilish auskultatsiya singari katta axamiyatga ega. Xirurg korinni paypaslab ko‘rishda korin pardasi ta'sirlanish simptomlari bor-yo‘kligini, «chaykalish shovkini» (Mate-Sklyarov simptomi) borligini aniklashga xarakat kilib ko‘rishi kerak.

    O‘tkir ichak tutilishida korin, odatda, yumshok bo‘ladi va ichak devori destruksiyasida va peritonit rivojlangandan keyingina muskullari tarang tortadi. Birok bu simptom anik namoyon bo‘lish davri odatda kiska bo‘ladi, chunki tez orada meteorizm paydo bo‘ladi.

    Shishib chikmagan korinni paypaslab ko‘rishda invaginatsiyada kolbasasimon shish, yalliglanish infiltrati va boshka tuzilmalar anikdanishi mumkin.

    «Chaykalish shovkini» ichak o‘tkir tutilib kolishining patognomonik simptomi xisoblanadi. Uni ichak kovuzloklarida ma'lum mikdorda dimlangan suyuklik paydo bo‘lganda va kamrok xollarda bitta kovuzlok kisilib kolganda aniklash mumkin.

    Tugri ichakni barmok bilan, ayollarda esa kinni tekshirish zarur. Bu tadbir kovuk bo‘shatilgandan keyin bajarilishi kerak. Ichakning obturatsion tu­tilib kolishida o‘sma yoki obturatsiya kiladigan boshka to‘zilma aniklanishi mumkin. Birok u yoki bu patologik tuzilmalar aksariyat kasallikning kechikkan boskichlarida topiladi. Kichik chanok bo‘shligida suyuklik yigilishi kin gumbazi orka kismining osilib kolishi yoki kalkib turishi, tekshirishda ogrishi bilan yuzaga chikadi.

    Sigmasimon chambar ichak uchun xarakterli belgi - to‘gri ichak sfinkteri ochik turgan xolatda uning ampulasi bo‘sh xolatda (ballonsimon kengayish) bo‘lib, unga Obu­xov kasalxonasi simptomi deyiladi.



    Download 2.6 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




    Download 2.6 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Davolash fakulteti fakultet va gospital jarroxlik kafedrasi «tasdiqlayman»

    Download 2.6 Mb.