Davolash fakulteti fakultet va gospital jarroxlik kafedrasi «tasdiqlayman»




Download 2.6 Mb.
bet7/14
Sana25.03.2017
Hajmi2.6 Mb.
#2205
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Instrumental tekshirish usullari.

O‘tkir ichak tutlishi bilan bemorlarga tashxis ko‘yishda rentgenologik tekshirish kata axamiyatga ega. Rentgenologik tekshirish ichak tutilib kolishining xarakterini va darajasini aniklashga imkon beradi.

Ichak tutilishida rentgenologik tekshiruv asosini (kontrast moddalar ko‘llamasdan) ichak kovuzloklarida yel va suyuklik satxlarini (Kloyber kosachalari) aniklash mumkin. Rentgenologik tekshiruvida normada korin bushligi gomogen korongilashgan, fakat chap diafragma ostida me'daning gaz pufagi va undagi suyuklik satxini ko‘rish mumkin; chambar ichakning chap yarmi xam odatda ozrok mikdorda gaz tutadi. Ingichka ichak kovuzloklarida gaz bo‘lmaydi.

Kloyber kosachalarini aniklash uchun bemorni verti­kal xolatda turganda tekshirish kerak. Birok bemor axvolining ogirligidan xamma vakt shunday kilishga imkon bo‘lavermaydi. Bunday xollarda tekshirishni lateropozitsiyada o‘tkazish, ya'ni bemorni o‘ng yoki chap yonboshi bilan yotgan xolatida tekshirish maksadga muvofik bunda rentgen nurlari orka tomondan yunaltirilishi lozim.

Kloyber kosachalarini joylashishi va shakliga karab ichak tutilishini joyini aniklash mumkin. To‘sik ingichka ichakda bo‘lsa Kloyber kosachalari kichik bo‘lib, suyuklik satxining gorizontal kengligi uning ustidagi gazning vertikal o‘lchamidan uzun bo‘ladi. Gaz fonida shillik kavat burmalari yaxshi ko‘rinadi (Kerkring burmalari). Ular spiral shakllga ega buladi. Kloyber kosachalari ko‘prok korin bo‘shligining o‘rtasida joylashgan bo‘lib, soni ko‘p bo‘ladi.

Yo‘gon ichak tutilishida Kloyber kosachalari korin bo‘ligining chetlarida joylashib, soni kam bo‘ladi. Suyuklik satxining gorizontal kengligi uning ustidagi gazning vertikal o‘lchamidan kiska.

Dinamik ichak tutilishida gorizontal suyuklik satxilar xam ingichka, xam yo‘gon ichaklarda bo‘ladi.

Ayrim xollarda rentgenkontrast tekshiruv kilish lozim bo‘ladi. Ularga ayaydigan irrigoskopiya va yarimstakanli bariy sinamasi kiradi.

Bu tekshiruvlardan tashkari zond orkali enterografiya kilish xam mumkin. Bunda kontrast modda to‘gridan-to‘gri 12 barmogli ichakka tushadi va oshkozonda kontrast moddani turib kolishlardan ozod kiladi.

Xozirgi kunda o‘tkir ichak tutilishi tashxisi ko‘yishda ultratovush tekshiruvlari ko‘llanilyapti. UTT da ichak bo‘ligida ichak maxsuloti yigilib kolganini aniklash mumkin.

Konni taxlil kilganda degidratatsiya va gemokonsentratsiya belgilarini aniklash mumkin – gemoglobin va eritrotsitlar ko‘pligi, gematokritni oshishi. Kasallikni oxirgi boskichlarida esa leykotsitoz va EChTni oshishi kuzatiladi. Konni taxlil kilgada ko‘prok uning elektrolitlar mikdori axamiyatga ega. Unda kaliy va xloridlar mikdorini kamayib ketganligi xamda kislota-ishkoriy muxitni alkalozga (kasallik boshlanish davrida) yoki atsidozga (kasallik rivojlanish davrida) o‘zgarganligi aniklanadi.



Download 2.6 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Download 2.6 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Davolash fakulteti fakultet va gospital jarroxlik kafedrasi «tasdiqlayman»

Download 2.6 Mb.